2018-yilgi davlat dasturi muhokamasi doirasida propiska masalasida 120 dan ortiq taklif kelib tushdi

20172021-yillarda Ozbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi boyicha harakatlar strategiyasini Faol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yilida amalga oshirishga oid davlat loyihasining 28-bandi jamoatchilik tomonidan eng kop muhokama etilayotgan yonalish bolib turibdi, deb xabar beradi OzA. Foto: Nuz.uzFaol tadbirkorlik, innovatsion goyalar va texnologiyalarni qollab-quvvatlash yili davlat dasturi loyihasining internetda muhokamaga qoyilishi natijasida birgina 2018.strategy.uz saytida 1-yonalish davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yonalishlari boyicha qariyb 700 ga yaqin izoh va taklif kelib tushdi, dedi Prezident huzuridagi amaldagi qonun hujjatlari monitoringi instituti bolim boshligi, yuridik fanlar doktori Miravzal Mirakulov. Ulardan eng kop izoh tushgani 28-banddagi Fuqarolarni doimiy va vaqtincha royxatga qoyish (hisobga olish) tartibini soddalashtirish, ularning mamlakat hududida erkin harakatlanish hamda mehnat qilish huquqlarini taminlashga oid loyiha bolib, 120 dan ortiq izoh kelib tushdi.Ikkinchisi bu milliy biometrik pasportni xorijga chiqish pasporti sifatida etirof etish, Ozbekiston hududida yashash, harakatlanish uchun fuqarolik pasporti orniga shaxsni tasdiqlovchi ID-karta joriy etish bolib, 50 dan ortiq izoh kelib tushgan.Uchinchisi Davlat xizmati togrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqish, davlat xizmatchilarining mehnatiga haq tolash va ijtimoiy taminoti tizimini takomillashtirish masalalari boyicha 70 ga yaqin izohlar kelib tushgan.Tortinchisi, innovatsion texnologiyalarni qollash orqali davlat xizmatlari korsatishning yuqori sifati, tezkorligi, ochiqligini taminlash, aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatini yanada oshirish boyicha 30 dan ortiq izohlar kelib tushgan. dle 11.2
0