Toshkentda mashinasi olib qochib ketilgani haqida yolg‘on ma’lumot bergan fuqaro javobgarlikka tortildi

Toshkent shahrining Chilonzor tumanida ichki ishlar xodimlariga o‘g‘rilik haqida yolg‘on axborot bergan erkak javobgarlikka tortildi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB ma’lum qildi. Foto: Wikipedia“10-yanvar kuni soat 22:50 larda Chilonzor tumani Ichki ishlar boshqarmasiga fuqaro Xamidov Baxtiyor Shukurovichdan unga tegishli Matiz rusumli avtomashinasi tuman hududida olib qochilgani haqida habar kelib tushdi”, — deyiladi axborotda.Xabar asosida hodisa sodir bo‘lgan joyga tergov-tezkor guruhi yetib bordi.O‘tkazilgan tekshiruv natijasida B.Sh. Xamidovning boshqaruvida bo‘lgan Matiz Chilonzor tumani S-mavzesi hududida qulflangan va soz holatda turgani, fuqaro mast holda bo‘la turib, uning avtomashinasi olib qochilgani haqida yolg‘on xabar bergani aniqlandi.Holat yuzasidan B.Sh. Xamidovga nisbatan MJtKning 199-moddasi (maxsus xizmatlarni qasddan aldab chaqirganlik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. шаблоны для dle 11.2
0
Добавить комментарий

Оставить комментарий