Yangiyo‘l tuman IIB tomonidan qidiruvga berilgan shaxs Toshkentda qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan “Sergeli” YPX maskanida o‘tkazilgan tadbir davomida Nexia rusumli avtomashina tekshirish uchun to‘xtatildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi. Foto: IIBB matbuot xizmatiAvtomashina haydovchisi va yo‘lovchilari IIV axborot markazi bazasi orqali tekshirilgan vaqtda yo‘lovchi, 1981-yilda tug‘ilgan Qodir Abdullayevga nisbatan Toshkent viloyati, Yangiyo‘l tuman IIB Tergov bo‘limi tomonidan qidiruv e’lon qilinganligi aniqlandi.Qodir Abdullayev JKning 184-moddasi 3-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan. шаблоны для dle 11.2
0
Добавить комментарий

Оставить комментарий