IIBB Toshkentdagi ish bilan taminlash byurolarida fuqarolarga nisbatan noorin xatti-harakatlar sodir etilganini inkor qildi

2017-yilning oktabr va dekabr oylarida Yoshlar ittifoqining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida hamda Xabar.uz saytida Toshkent shahrida joylashgan bir qancha vaqtinchalik, bir martalik ish bilan taminlash byurolari boyicha, xususan, Yashnobod tumanida joylashgan byuroda Yashnobod tumani IIB xodimlari tomonidan fuqarolarga nisbatan noorin xatti-harakatlar sodir etilayotgani haqida maqolalar chop etilgan edi. Toshkent shahar IIBB bu borada rasmiy axborot berib, bunday harakatlar sodir etilganini inkor qildi. Foto: IIVUshbu malumotlarda korsatilgan holatlar yuzasidan Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi tomonidan xizmat tekshiruvi otkazildi, deyiladi xabarnomada.Yuqorida qayd etilgan ikki internet nashrdagi xabarlar boyicha Toshkent shahar Bektemir va Yashnabod tumani IIB xodimlari tomonidan poytaxtimizga pul topish maqsadida kelgan respublikamiz fuqarolariga nisbatan ichki ishlar idoralari xodimlari tomonidan goyoki otkazilayotgan tazyiq hamda fuqarolarga nisbatan qopol muomalada bolish kabi holatlar oz tasdigini topmadi, takidlanadi bayonotda.Shuningdek, bu borada mavjud uchta videoyozuvda sozlagan barcha fuqarolarning shaxsi aniqlanib, ular bilan xavfsizlik xizmati xodimlari suhbatlashdi. Otkazilgan suhbat davomida videoyozuvlardagi ayol kishi oz intervyusida bayon etgan ichki ishlar organlari xodimlarining noorin xatti-harakatlari bevosita unga nisbatan sodir etilmagani, bu kabi holatlarni kormagani, ushbu malumotlarni faqatgina boshqa fuqarolardan eshitgani malum boldi.Shu bilan birga, videoyozuvlardagi erkak kishi keltirib otgan holatlardagi ichki ishlar organlari xodimining shaxsi aniqlanib, surishtiruv davomida fuqaro va xodimning vajlarida qarama-qarshiliklar mavjudligi sababli holatga qonuniy baho berilishini taminlash maqsadida toplangan hujjatlar prokuratura idoralariga yuborildi.Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi ommaviy axborot vositalarida, shu jumladan, internet tarmogidagi axborot portallarida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan sodir etilgan qonun buzilishi holatlari togrisida berilgan malumotlar yuzasidan xolisona tekshiruvlar otkazilishini, har bir xabarning haqqoniyligini, xabar berayotgan fuqarolarning shaxsi atroflicha organib chiqilishini va yakunida qonuniy baho berilishini kafolatlaydi, deb takidlab otdi IIBB vakillari. dle 11.2
0