Shavkat Mirziyoyev Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tabrik yolladi

Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bayram tabrigi yolladi. Tabrik matni OzAda keltirildi. Foto: OzAHurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz xizmatchilari va faxriylari!Qadrli vatandoshlar!Sizlarni, sizlar orqali butun xalqimizni Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.Bu qutlug sana mamlakatimizda vatanparvarlik, ona yurtga sadoqat, mardlik va jasurlik kabi ezgu qadriyatlarni, xalqimizga, buyuk ajdodlarimizning munosib vorislariga xos bolgan yuksak fuqarolik fazilatlarini ozida mujassam etadigan tom manodagi umumxalq bayramiga aylandi.Hozirgi kunda dunyoda oldindan aytish qiyin bolgan vaziyat hukm surayotgan murakkab bir sharoitda mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini, jamiyatimizda tinchlik va totuvlikni taminlash naqadar muhim ahamiyatga ega ekanini chuqur anglagan holda, biz 20172021-yillarda Ozbekiston Respublikasini rivojlantirish boyicha qabul qilgan Harakatlar strategiyasida yurtimiz mudofaa salohiyatini yanada mustahkamlash va Qurolli Kuchlarimizni rivojlantirishni ustuvor yonalishlardan biri sifatida belgiladik.Ushbu Strategiya asosida biz otgan yil davomida mamlakatimiz hayotining boshqa tarmoqlari qatorida harbiy qurilish sohasida kopgina eng dolzarb va muhim masalalar boyicha aniq chora-tadbir va harakatlarni kozda tutadigan qarorlar qabul qildik, ularni amalga oshirish boyicha ishlarni samarali tashkil etdik.Shu tariqa qisqa vaqt mobaynida aniq natijalarga erishdik, Qurolli Kuchlarimizning kelgusidagi qiyofasini belgilab beradigan strategik tamoyillar va ana shu maqsadga erishishga qaratilgan keng kolamli kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishga muvaffaq boldik.Avvalo, tashqi siyosatimizning moslashuvchanligi va ochiqligi, qoshnilarimiz bilan dostona va amaliy munosabatlarni rivojlantirish, Vatanimiz mustaqilligi va suverenitetini saqlash eng ustuvor vazifa ekani haqidagi prinsiplar asosida Ozbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi yangilangan holda qabul qilindi.2017-yilda Milliy gvardiya va Mudofaa sanoati boyicha davlat qomitasi tashkil etildi, harbiy okruglarning tarkibiy tuzilishi va vazifalari tubdan qayta korib chiqildi, qoshinlarni boshqarish tizimi takomillashtirildi, ularni bosqichma-bosqich zamonaviy qurol-yarog va texnika bilan taminlash boyicha muhim qadamlar qoyildi.Mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, armiya va xalq birligini taminlash borasida joylardagi davlat hokimiyati organlarining rolini oshirish boyicha ishlar butunlay yangi sifat bosqichiga kotarildi.Har bir hududda harbiy-mamuriy sektorlar tashkil etildi, ularga bevosita rahbarlik qilish mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari zimmasiga yuklandi.Unib-osib kelayotgan yosh avlod qalbida mustahkam hayotiy pozitsiya va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak masuliyat tuygusini shakllantirish maqsadida vatanparvarlik tarbiyasi sohasida mohiyat etiboriga kora noyob tizim yaratilib, uning doirasiga mamlakatimiz aholisining keng qatlamlari qamrab olindi.Ozbekiston yoshlar ittifoqining tashkil etilishi va Qurolli Kuchlar tizimida uning birlamchi tuzilmalari faoliyati yolga qoyilishi mamlakatimizda yosh avlod manfaatlarini taminlash boyicha amalga oshirilayotgan davlat siyosati samaradorligini oshirishga qaratilgan say-harakatlarimizning mantiqiy davomi boldi.Harbiy xizmatchilar, ularning oila azolari va faxriylarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish boyicha ozining kolami va miqyosiga kora misli korilmagan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Hududlarimizda uzoq muddatli, imtiyozli kreditlar berish asosida kop qavatli uy-joylar bosqichma-bosqich barpo etilmoqda. Biz bu ishlarni doimiy ravishda davom ettiramiz.Qadrli dostlar!Amalga oshirayotgan say-harakatlarimiz, armiya va xalqning faol hamkorligi natijasida Qurolli Kuchlarimiz tom manoda jamiyatning ajralmas qismiga, mamlakatimiz barqarorligi va taraqqiyotining ishonchli kafolatiga, yoshlar va harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim institutiga aylanib bormoqda.Ayni vaqtda xalqaro terrorizm va ekstremizm xavfining tobora ortib borayotgani, dunyoning ayrim mintaqalarida qurolli toqnashuvlar davom etayotgani, tahlikali vaziyat saqlanib qolayotgani Ozbekistonning barqaror rivojlanishiga tahdid solmasdan qolmaydi, albatta. Bularning barchasi oldimizda paydo bolayotgan tahdid va xatarlarga munosib zarba berishga doimo tayyor bolishni talab etadi.Shu munosabat bilan Qurolli Kuchlarni yanada rivojlantirish, uning jangovar tayyorgarligi va qobiliyatini oshirish doimo etiborimiz markazida boladi va davlatning eng muhim vazifalaridan biri bolib qoladi. Biz ana shu vazifalarni amalga oshirishda Qurolli Kuchlar, harbiy okruglar qomondonligi va mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlarining faol pozitsiyasiga tayanamiz.Hurmatli askar va serjantlar, ofitser va generallar, Qurolli Kuchlarimiz xizmatchilari va faxriylari!Mana shu bayram kunida sizlarning jangovar mehnatingiz otgan yillar davomida Qurolli Kuchlarimizning obroyi va nufuzini oshirishga katta hissa bolib qoshilganini alohida takidlashni zarur, deb bilaman.Aynan sizlarning say-harakatlaringiz bilan Ozbekiston milliy armiyasi jadal rivojlanmoqda, uning jangovar qobiliyati va tayyorgarligi izchil oshib bormoqda, mamlakatimizning mudofaa qudrati mustahkamlanmoqda, xalqimizning tinch-osoyishta hayoti taminlanmoqda.Siz, azizlarni hamda oila azolaringizni Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan yana bir bor samimiy tabriklayman.Jonajon Vatanimizni himoya qilishdek goyat sharafli va masuliyatli vazifani ado etishda barchangizga katta yutuqlar, oilaviy baxt-saodat tilayman.Shavkat Mirziyoyev,Ozbekiston Respublikasi Prezidenti,Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qomondoni dle 11.2
0