Islom Karimovga tegishli bolgan tarixiy hujjatlar, shaxsiy buyumlar, rasmlar, suratlar va videomateriallar ilk bor keng ommaga havola etiladi

Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovga tegishli bolgan yuzlab muhim tarixiy hujjatlar, shaxsiy buyumlar, rasmlar, suratlar va videomateriallar ilk bor keng ommaga havola etiladi.OzA muxbiri bu haqda Ozbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasi rahbari, tarix fanlari doktori, professor Temur Shirinov bilan suhbatlashdi. Foto: Gazeta.uz Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning 2017-yil 25-yanvarda qabul qilingan Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish togrisidagi hamda 2017-yil 25-apreldagi Ozbekiston Prezidenti huzuridagi Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasi faoliyatini tashkil etish togrisidagi qarorlariga muvofiq izchil ishlar amalga oshirilmoqda. Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasi tashkil etildi. Kocha va xiyobonlar, memoriy inshootlar va talim muassasalariga u kishining nomi berildi. Birinchi Prezidentimiz hayoti va faoliyatiga bagishlangan ilmiy-marifiy seminarlar otkazilmoqda. Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomidagi ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasi uchun nega aynan Oqsaroy qarorgohi tanlandi? Islom Karimov shaxsining tarixiy rolini abadiylashtirish, shuningdek, Ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasini tashkil qilishning tashabbuskori Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevdir. Davlatimiz rahbari majmuani Birinchi Prezidentimizning sobiq qarorgohida joylashtirish, uning ish kabinetini Islom Karimov hayotligida qanday korinishda bolsa, osha holda ozgarmas qilib saqlab qolish taklifini bildirdi.Shavkat Mirziyoyev Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning tarixiy orni va mamlakatimiz kop asrlik otmishidagi ulkan xizmatlarini yuksak hurmat-etibor bilan munosib etirof etdi. Xususan, davlatimiz rahbari takidlaganidek, Birinchi Prezidentimiz otgan asrning 90-yillarida keskin muammolar, millatlararo mojarolar girdobiga tushib qolgan yurtimizni ozining yuksak rahbarlik salohiyati, jasorat va matonati bilan mudhish fojialardan omon saqlab qoldi, Vatanimizni katta taraqqiyot yoliga olib chiqdi. Bu yolda ozining kuch-gayrati, aql-zakovati, bilim va tajribasini ayamadi. Bu, hech shubhasiz, tom manoda qahramonlik va fidoyilik namunasi bolib, tariximizda mangu muhrlanib qoladi.Islom Karimov nomidagi ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasining umumiy maydoni 9,6 gektarni tashkil etadi. Majmua Oqsaroy qarorgohi, korgazmalar zali, kutubxona, anjumanlar zali va mamuriy binolarni oz ichiga oladi. Ozbek xalqining iftixoriga aylangan Oqsaroyda Islom Karimov muzeyi ham joylashgan.Toshkent va Samarqand shaharlarida Buyuk Yolboshchimizning haykallari ornatilgani, 2018-yil yanvar oyida Samarqandda yodgorlik majmuasining ochilishi xalqimizning unga nisbatan, mamlakatimiz mustaqilligini qolga kiritish, milliy davlatchiligimizni qurishga qoshgan ulkan hissasiga hurmat va ehtiromi ifodasidir. Bu yosh avlodni Islom Karimov hayoti va faoliyati misolida vatanparvarlik, Vatan taqdiriga daxldorlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilishi shubhasiz. Majmua zimmasiga qanday vazifalar yuklatilgan? Ilmiy-marifiy yodgorlik majmuasining asosiy vazifalari Islom Karimovning zamonaviy Ozbekiston asoschisi va memori, Ozbekistonning mustaqillik yillarida erishgan yutuqlari bunyodkori, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi nufuzini mustahkamlagan buyuk shaxs sifatidagi hayoti va faoliyatini, shuningdek, uning axloqiy va insoniy fazilatlarini organishdan iborat. Bunday yondashuv mamlakatimizning mustaqil davlat sifatida shakllanishi va rivojlanishini namoyish qilish, aholi, avvalo yoshlar va xorijlik mehmonlarni Ozbekistonning mustaqil taraqqiyot yoli bilan tanishtirish, yurtimiz yutuqlarini targib qilish hamda yosh avlodni tarixiy va siyosiy madaniyat ruhida tarbiyalashga qaratilgan.Majmua xodimlari Islom Karimov hayoti va faoliyati bilan bogliq kitob, katalog, buklet va boshqa materiallarni nashr qilish va tarqatish, kolleksiya va buyumlarni saqlash, hisobini yuritish va korgazmalarga qoyish, muzey ashyolari va toplamlari malumotlar bazasini shakllantirish, yuritish va yangilab borish bilan shugullanadi. Shuningdek, biz muzey ashyolari va toplamlarini bosma va elektron shaklda Ozbekiston Respublikasi Milliy muzey fondiga kiritish boyicha takliflar ham tayyorlashimiz mumkin.Oziga yuklatilgan vazifalarni ijro etish maqsadida yodgorlik majmuasi xalqaro tashkilotlar, joylardagi davlat va xojalik boshqaruvi, davlat hokimiyati va ozini ozi boshqarish organlari, yuridik va jismoniy shaxslar bilan ozaro aloqalar ornatgan. Milliy qonunchilikka muvofiq, bu yerda tarixiy ashyolar, moddiy madaniyat yodgorliklari va arxiv hujjatlarini munosib saqlash, asrab-avaylash, hisobini yuritish, organish va ulardan foydalanishni taminlash uchun barcha sharoitlar yaratilgan.Nashr qilinayotgan bosma, kinematografik, badiiy va boshqa materiallar hamda mahsulotlardagi malumotlarning tarixiy haqiqatga mosligi yuzasidan ekspert xulosasini taqdim etamiz. Shuningdek, majmuaga Ozbekiston va davlat qurilishi sohasida ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish, madaniyat, ilm-fan, talim, marifat, sport, sanat va ijod sohalarida izlanayotgan yosh istedodlar uchun grant va stipendiyalar tasis etish va tayinlash huquqi berilgan.Majmuada Alisher Navoiy nomidagi Ozbekiston Milliy kutubxonasi va boshqa marifat maskanlari bilan hamkorlik qiladigan maxsus kutubxona tashkil etildi, birgalikda marifiy tadbirlar otkazilmoqda. Bugungi kunda xalqaro muzeylar hamjamiyati manfaatlarini ifoda etish, madaniy yodgorliklarni himoya qilish, saqlash va yetkazish bilan shugullanuvchi ICOM xalqaro tashkilotiga qoshilish boyicha ish olib borilmoqda.Shu bilan bir qatorda, majmua negizida rasmiy doiralar vakillari, mamlakatimiz va xorijning taniqli siyosat, fan va jamoat arboblari ishtirokida Ozbekiston tarixi va davlatchiligiga bagishlangan anjuman, simpozium, seminar, brifing, davra suhbatlari, Islom Abduganiyevich Karimovni shaxsan tanigan, bilgan odamlarning xotiralari bilan tanishuv kechalarini tashkil etish kozda tutilgan.Ayni paytda majmua Ozbekistonda va chet ellarda madaniy-marifiy tadbirlar uyushtirishi, maslahat va boshqa turdagi faoliyat bilan shugullanishi mumkin. Majmua negizida qanday ilmiy va marifiy ishlar olib boriladi? Majmua negizida Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning hayoti va faoliyatini, jumladan, uning rahnamoligida amalga oshirilgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va manaviy-madaniy islohotlarni organish boyicha ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish kozda tutilgan. Shuningdek, Birinchi Prezidentimizning hayoti va faoliyatiga bagishlangan dissertatsiya ishlarining ilmiy mavzulari ishlab chiqiladi va belgilangan tartibda kelishiladi.Islom Karimov hayoti va faoliyatining turli jihatlariga bagishlangan mahorat saboqlari, ijodiy kecha, korgazma, seminar, ilmiy-amaliy anjumanlar tashkil etish rejalashtirilgan. Maktab, litsey, kollej oqituvchilari uchun fuqarolik jamiyati asoslari, davlat boshqaruvi nazariyasi va amaliyoti, milliy goya, Ozbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi, manaviyat asoslari, mamlakatimizning eng yangi tarixi boyicha maxsus qisqa muddatli tayyorlov oquvlari otkaziladi. Muzeyni tashkil etish ishlari, unda qollanadigan texnologiyalar haqida sozlab bersangiz. Muzey ekspozitsiyasi noyob hujjatlar va Birinchi Prezidentimizning shaxsiy buyumlaridan iborat boladi. Masalan, bu yerda Mugunxva Katta ordeni (Koreya Respublikasi), Italiya Respublikasi Katta Xoch Sohibining Xizmatlari uchun ordeni, Oltin Burgut ordeni (Qozogiston), Xalqaro Olimpiya qomitasining Oltin medali, Osiyo Paralimpiya qomitasining Oltin ordeni, Xalqaro havaskorlar sambo federatsiyasi Oltin ordeni hamda Islom Karimov hayotligida sazovor bolgan boshqa mukofotlar namoyish etiladi.Muzeyda sovgalar, esdaliklar, foto va videomateriallar, rasmlar toplami jamlanadi. Islom Karimovga turli materiallardan ishlangan va turfa badiiy uslublarda chizilgan koplab portretlar sovga qilingani unga nisbatan ulkan hurmat-etibordan dalolat beradi.Muzey fondi va ekspozitsiyalari tasdiqlangan konsepsiyaga muvofiq tarixiy ashyolar, moddiy yodgorliklar, arxiv hujjatlaridan shakllantirilmoqda. Buyuk Yolboshchimizning hayoti va faoliyatidan sozlovchi bir necha mingeksponat tayyorlash kozda tutilgan.Muzey unga keluvchilarni ulkan multimedia malumotlari bazasi bilan tanishtirish uchun eng yangi texnika vositalari, qoshimcha voqelik proyeksion tizimlari, keng formatli ekranlar, ilgor interfaol axborot portlari bilan jihozlanadi. Bugungi kunda Islom Karimovga bagishlangan materiallar joylashtirib borilayotgan sayt faoliyat yuritmoqda, unda virtual sayohatlar otkazish uchun 3D panoramalar imkoniyatlaridan foydalanilmoqda. Majmua tomonidan Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov tavalludining 80 yilligini nishonlash boyicha qanday tadbirlar tashkil etiladi? Birinchi Prezidentimiz tavalludining 80 yilligini nishonlash doirasida Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimov faoliyatiga bagishlangan kitob, Islom Karimovning Yoshlar bugungi va ertangi hayotimizning hal qiluvchi kuchidir, Yuksak manaviyat yengilmas kuch asarlari, shuningdek, Prezidentga maktublar kitobi taqdimotlarini otkazish rejalashtirilgan.Bundan tashqari, Samarqandda Islom Karimov Ozbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoschisi mavzuida xalqaro ilmiy konferensiya otkazish kozda tutilgan. Shuningdek, 2018-yilning birinchi choragida Islom Karimov xotirasiga bagishlangan eng yaxshi ilmiy-ommabop maqola tanlovi goliblarini taqdirlash marosimi otkaziladi. Tanlov ishtirokchilarining eng namunali ishlari alohida toplamda nashr qilinadi va majmuamiz rasmiy saytida joylashtiriladi.Barcha talim muassasalarida bolgani kabi majmuada ham taniqli adib va olimlar ishtirokida Ozbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti xotirasiga bagishlangan uchrashuvlar tashkil etiladi.Buyuk shaxslarning ishlari tarix silsilasi va butun xalqlar taqdirini belgilab beradi. Buyuk davlat arbobi va siyosatchi, mustaqil Ozbekiston asoschisi va Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov mamlakatimiz taraqqiyoti, xalqimiz manaviyati va turmush darajasini yuksaltirishga qaratilgan ulkan bunyodkorlik ishlari va keng miqyosli islohotlarni amalga oshirgan shaxs sifatida tarix zarvaraqlarida mangu muhrlanadi. dle 11.2
0