“O‘zsanoatqurilishbank” Credit Suisse banki bilan 100 mln yevrolik banklararo kredit bitimini imzoladi

Shveysariyaning Syurix shahrida imzolangan ushbu bitim tadbirkorlik subyektlarining Respublikamizda investitsion loyihalarni amalga oshirish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.Bitim Yevropa Ittifoqi davlatlari, Yaponiya, Koreya Respublikasi va XXRdan yuqori texnologik uskunalar, tovarlar va xizmatlar importini moliyalashtirish imkoniyatini beradi. Mazkur bitim doirasida investitsion loyihalar Euler Hermes, SERV, SACE va shu kabi boshqa eksport kredit agentliklari sug‘urta qoplamasi ostida 10 yil muddatgacha moliyalashtiriladi.Ta’kidlash joizki, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB bugungi kunda investitsion loyihalarni va tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirish sohasida hamda xalqaro moliya tashkilotlari va xorijiy banklar bilan hamkorlik borasida eng faol tijorat banklaridan biri hisoblanadi.Birgina joriy yilning o‘tgan davrida bank tomonidan 400 million dollardan ortiq miqdordagi kredit liniyalari jalb qilindi. Xalqaro Tiklanish va Taraqqiyot Banki (86 mln. dollar), Turkiya “Eksimbank”i (26 mln. dollar), Landesbank Berlin AG (50 mln. yevro) hamda KFV Ipeks Bankning (100 mln. yevro) kredit liniyalari shular jumlasidandir.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0

Комментарии 1

Жамшид
Жамшид от 5 декабря 2018 19:40
Ассалому алейкум. Мен Даминов Жамшид Турсунназарович 1985 йилда Наманган вилояти Чуст туманида ту?илганман. Маълумотим олий. Мен хам “O‘zsanoatqurilishbank” нинг хорижий кредит линияларидан кредит олмо?чи эдим. Кредит олишдан ма?садим хориждан тиббиётга оид ускуналарни олиб келмо?чиман шу масалада ёрдам берсангиз ва ?аерга мурожаат ?илсам бўлади. Жавоб учун олдиндан рахмат. Жавобингизни кутаман.

Тел: 972588517
Добавить комментарий

Оставить комментарий