Xalqlar dostligi saroyi rahbari Isroil Gulomov saroy rekonstruksiyasi, Krid va Bochelli talablari, chiptalardagi fonogramma yozuvi va nega tomoshabin har doim haq bolishi haqida

Bir oy muqaddam afsonaviy Xalqlar dostligi (sobiq Istiqlol) saroyi maydonida qurilish ishlari boshlab yuborildi. May oyida esa davlat rahbari sanat saroyi va maydonga eski nomini qaytarish taklifi bilan chiqqan edi. Hozirda quruvchilar jamoasi binoning old tomonini yangilashga kirishgan. Malum bolishicha, binoning ichki qismini yangilash boyicha ham keng kolamli ishlar olib borilmoqda. Yaqinda 40 yilligi nishonlanuvchi Xalqlar dostligi saroyi rahbari Isroil Gulomov, konsert saroyidi nimalar ozgarishi, nima uchun konsert dasturlariga bir nech oy tayyorlanish lozimligi va yulduzlar bilan ishlash haqida gapirdi. Otgan yili Isroil Gulomov davlat rahbari tomonidan Dostlik ordeniga munosib deb topilgan.1980-yilda qurilgan saroy shu vaqtgacha necha martta rekonstruksiya qilindi va bu safar qanday ozgarishlar kutilmoqda?Aslida bu birinchi martta amalga oshirilmoqda. Kichik tamirlash ishlari otkazilgandi, ammo kapital tamirlash ishlari ilk marotaba otkazilmoqda. Bu yil binoning tomi va tashqi tarafini tamirlab, butun tamirlash ishlarini 3 yilda tugatishni rejalashtirandik. Biroq yaqin oylarda bir necha katta tadbirdar otkazilishi rejalashtirilganiligi sababli interyerni ham yangilashga qaror qildik. Sahna, zal va orindiqlarni ozgartiramiz. Oylaymanki, rejalashtirilgan ishlarning 70% ni yil oxiriga qadar bajarishga ulguramiz.Bunda hamma narsani hisobga olish lozim. Ozingiz bilasiz, bazi konsert dasturlari 2-3 soat davom etadi. Agar tomoshabin ozini noqulay sezsa, konsertdan baha ololmaydi. Shu sababli qulaylik yaratishga qoldan kelgancha harakat qilamiz, orindiqlar esa bu borada muhim rol oynaydi. Ularni yangilash arafasidamiz.Xalqlar dostligiga bolgan etibor, ishonch va gamxorlik uchun Prezident, Bosh vazir va shahar hokimidan minnatdormiz. Barcha ijobiy ozgarishlar ularning sharofati, qollab-quvvatlashi natijasidir.Saroy 38 yoshda. Konsert faoliyati bilan 37 yildan beri shugullanib kelasiz. Uning tarixi va usha paytda nima bilan shugullanganingizni eslay olasizmi?Oz kasbiy faoliyatimni talabalik davrimda boshlaganman. Oshanda teatr institutida oqirdim osha paytlarda Leningradda iqtisodiyot va madaniyatni boshqarish boyicha yagona fakultet edi. Oqishga 1981-yilda kirib, 1986-yilda tamomlaganman. Oqish bilan birgalikda prodyusserlik faoliyati bilan ham shugullanganman. Usha davrlarda konsert dasturlarini tashkillashtirish boyicha tajriba orttirdim.Umuman olganda, barchasi afishalarni yopishtirishdan boshlangan. Men hurmat qiladigan ustozlarimdan biri konsertlarni tashkil etishdagi professional faoliyat aynan afishalarni yopishtirishdan boshlanadi, deb hisoblar edi.Afishalarni yopishtirish ham bir sanat odamlar gavjum boladigan yerlarni bilish, shaharni organish lozim edi. Dastabki uyushtirilgan konsert dasturlari uchun afishalarni ozim yopishtirib chiqqanman.Akamni ozimning birinchi ustozim deb bilaman. U taniqli qoshiqchi edi, men esa 1213 yoshimdayoq uning mamuri vazifasini bajarardim. Barcha chiqishlar hisobini qilar, odamlar bilan kelishib, tashkiliy ishlarni bajarardim.Birinchi martta tashkillashtirgan konsert dasturingiz esingizdami?Albatta. 1988-yil sirkda ishlagan paytimda Italiya modalar namoyishini olib kelganmiz. Bu mening ilk katta konsert dasturim edi. Osha yillarda koplab gastrolchilarni taklif qilganman. Sirkda ishlagan paytim biz kop marotaba butun ittifoq boylab sayohatga chiqardik. Ozimiz boshqa davlatlar boylab gastrol safarlariga chiqqanimizda esa artistlarni kamida 20 kunga taklif qilardik. Shunda har bir shahar va unga yaqin mamlakatlar uchun 4 kundan togri kelardi.Osha yillarda konsert dasturlarini tashkil etish qanchalik murakkab edi?Hammasi butunlay boshqacha bolgan. Bunday masalalar telefon orqali hal qilinardi: dastlab kelishib olardik, song sanatkor oziga chipta sotib olardi. Biz esa unga mehmonxona va transport tayyorlab qoyardik. Sanatkor kelgach, tegishli miqdorda pul otkazib barcha xarajatlarni qoplaganmiz. Hozirgi paytda sanatkorlar boshqacha. Kopchilik sanatkorlarga 100 % oldindan tolov kiritishingiz lozim, aks holda kelishmaydi. Xarajatlar oldindan toliq tolamaganligi sababli ular kelmaganligi oqibatida qancha konsert dasturlari bekor qilingan paytlar bolgan. Umuman olganda, eng yomoni bu sanatkorning pand berishidir. Siz allaqachon ishning katta qismini bajarib boldingiz, tomoshabinlar yigilishni boshlamoqda. Shunday paytda sanatkor pand bersa biz tomoshabinlarni, ularning ishonchini yoqotamiz. Men doim konsert dasturini otkazuvchi tashkilotchilar pand bermasligiga harakat qilaman. Biz doim obro-etiborimizga dog tushmaslik haqida qayguramiz. Agar biror shaxs (tashkilotchi) hali konsert bermagan bolsa, uning pand berishi ehtimoli yuqori boladi. Men tomoshabinlar mamnun bolishi uchun odamlarga ishonch hosil qilishni xohlayman.Hamma narsada tartib-etiborni saqlash lozim. Men doim bizning sahnada ijro etuvchi sanatkor repertuarini shaxsan kuzataman. Agar lozim bolsa maslahatlarimni ayamayman. Bunda sanatkor mentalitetining oziga xosligini ham hisobga olaman. Bazan yosh sanaatkorlar kelib butun boshli katta zalda konsert bermoqchi boladi. Agar ijrochi zalni toldirishiga shubha qilsak, rozi bolmaymiz. Uning oziga ham yarim bosh zalda ijro etishi yoqimli bolmasa kerak? Bu sanatkor kayfiyatini kotarmasligi aniq.Shunday sanatkorlar borki, ularning muxlislari 20 yil davomida, deyarli barcha konsert dasturlariga tushadilar. Biz ularni tanib ham qolganmiz. Bunday sanatkorlarning muxlislari kopayib boradi, lekin doimiy tomoshabinlar ozgarmaydi. Masalan, Giyos Boytoyev uning konsertida biz ilk konsert dasturiga kelgan odamlarni uchratamiz.Konsert chiptalari tez sotilib ketgan sanatkorlar esingizdami?Ozimizning sanatkorlardan, aynan qaysi yili bolganini aytmayman, Sherali Jorayevni misol qilib keltirishim mumkin. Bir paytlar Sherali Jorayev mamuri bolganimda uning konsertini tavakkal qilib 3 kun ichida tashkillashtirishga qaror qilganmiz. Shu kuni elon qildik va 2 kunlik konsert chiptalari osha kunning ozidayoq sotilib ketdi. Bu 8000 ta chipta edi.Yana, rahmatli Xojiboy Tojiboyev konsertini misol qilib keltirishim mumkin. Oshanda 8 kunlik konsert chiptalari bir haftada sotilib ketgani esimda. Osha yillarda (19901991-yillar) Oxunjon Madaliyev chiptalari ham tez sotilib ketardi, shuningdek Rossiya konsertlari chiptalari ham yaxshi sotilardi.Ozbek tomoshabinlariga chet el sanatkorlaridan kim koproq yoqadi?Chet el sanatkorlaridan eng kop talab qilinadigani bu Bochelli konsertidir. Rossiya ijrochilaridan birini aytish qiyin. Tomoshabinlar yoshi, xohishi va boshqa mezonlardan kelib chiqqan holda tanlaydilar. Yegor Kridni taklif qilganimizda, yoshlar tos-topalon qilib yuborishgan. Biz uni qanday olib chiqib ketishni bilmaganmiz. Muxlislar tolib ketgan, butun bino atrofini orab olgandi.Songgi yillarda Ozbekistonga xalqimiz sevib tinglaydigan jahon yulduzlarlari tashrif buyurmoqda. Buning uchun ularni Ozbekistonda konsert berishga taklif qilayotgan Alisher Usmonovga katta rahmat.Barchaga malumki, yulduzlarning oz talabnomalari (reyd) mavjud va ularning bazilari nihoyatda katta va qiyindir. Shunday talablar haqida gapirib otsangiz.Agar ishonsangiz, Bochellining talabnomasi 57 varoqdan iborat edi. Bularning barchasi ikir-chiqirlarigacha bajarilishi lozim edi. Har bir sanatkorning bu talabnomalari bir-biridan farq qiladi. Ularning mamurlari buni qatiy nazorat qiladilar. Bazi yulduzlarning talablariga hayron qolmay iloj yoq. Bazan bizda yoq bolgan ovqat yoki ichimlikni sorashlari mumkin. Bir paytlar, hatto Moskvadan ham topolmagan vinoni qidirganimiz esimda. Usha sanatkorni Samarqand konyagi bilan mehmon qilganmiz. Boshida unchalik xushlamadi-yu, ammo tatib kordi. Oxir oqibat unga juda yoqib qoldi va ozi bilan bir necha butilka olib ketishga qaror qildi.Yulduzlar Ozbekistonga qanday samolyotda keladi? Bu oddiy reyslarmi yoki charterlar?Aksariyati oz jamoasi bilan oddiy samolyotda uchib kelishadi. Yevropalik yulduzlar odatda charter reyslarda kelib, ozlari bilan katta jamoani, bazan esa musiqa apparaturalarini ham olib keladilar. Shaxsiy samolyotida kelgan biror bir yulduzni eslay olmayman.Konsert chiptalari narxi qanday belgilanadi? Nima uchun bazi chiptalar juda qimmat, bazilari esa aksincha, arzon boladi?Bu konsert dasturini otkazuvchi tashkilotchilarga bogliq. Aynan ular chiptalarni sotish va tarqatish bilan shugullanadilar, ularning narxini belgilaydilar. Shu sababli bunga bizning hech qanday aloqamiz yoq.Aksariyat konsert chiptalarida fonogrammadan foydalaniladi, deb yoziladi, lekin yulduzlar jonli ijroda kuylashlarini aytadilar. Buni qanday izohlash mumkin?Orinli savol. Deylik, jonli ijroda qoshiq aytyapsiz, musiqasi ham jonli. Faqat birgina musiqa asbobi ovozi fonogramma orqali berilmoqda. Mana shunday vaziyatlar uchun qatiy belgilangan talablar bor, ular buzilsa, katta jarima solinishi mumkin. Bu qonunchilik talabi bolib, barcha sanatkorlar unga rioya qilishlari shart.Saroyda konsert beruvchi har bir sanatkor bilan uchrashishingizga togri keladimi?Albatta, rahbar sifatida shunday qilishim shart. Uchrashaman, hamma narsalarning sozligi va aytilgan talablar bajarilganligini surishtiraman. Ozingiz bilasiz, agar konsert yaxshi otsa rahbarni maqtashadi, yomon otsa ham hamma gapni rahbar eshitadi. Men ozim gastrol safarlarini tashkillashtirish bilan shugullanganman va sanatkorning hamma narsadan kongli tolishi muhim ekanligini bilaman. Agar sanatkorning kayfiyati bolmasa muxlislar buni darrov sezishadi va ularning konsertdan kongli tolmaydi.Ayni damda Xalqlar dostligida nechta odam faoliyat yuritadi?Hozirda bizning jamoa 119 kishidan iborat. Ularning kopchiligi bu yerda 20-30 yildan beri ishlab kelayotganlardir. Menga ularda yoqadigan bir jihat - Xalqlar dostligi saroyini ozlarining uyi deb hisoblashlaridir. Ular ishlarini yaxshi koradilar va unga masuliyat bilan yondashadilar. Ular oz ishlariga 100% sodiq bolgan insonlardir. Bilasizmi, shunday xodimlaringiz bolsa ishlash ham oson, ham zavqlidir. Hozir bizda ishchilar jamoasi tashkil etilgan bolib, ular eng qiyin va hatto 3 kishi qilishi kerak bolgan ishlarni ham bajaradilar.Nima bolgan taqdirda ham biz tomoshabinlar uchun ishlaymiz. Ular har doim haq. Tomoshabin biror konsert dasturiga kelgan boladi-yu, unga yoqmasa, bu yerga boshqa kelmaslikka haqqi bor. U ozini qulay sezishi, uni yaxshi kutib olib, kuzatib qoyishlari, oz joylarini topishda yordam berishlari va bularning barchasi professional tarzda amalga oshirilishi muhim. Bizga bolgan munosabat aynan kichik narsalardan shakllanadi. Agar tomoshabinga qopollik qilinsa, butun konsert davomida kayfiyati bolmaydi va konsertdan norozi bolib ketadi.Sanat saroyi rahbarining kun tartibi qanday?Odatda ertalab 07:00 da uygonaman. Menda shunday odat bor har kuni ertalab bir soat kochada sayr qilaman. Bu yangi kun boshlashdan avval kichik bir badantarbiyadir. Konsert bolgan kunlari soat 23:00 dan vaqtli ketmaymiz. Saroydan oxirgi tomoshabin chiqquniga qadar shu yerda bolamiz. Song tungi tozalash ishlari boshlanganini shaxsan tekshiraman. Konsertdan song albatta tozalanishi shart. Konsert mavsumi qariyb yil boyi davom etadi, shuning uchun deyarli dam olish va tatilga chiqmasdan ishlaymiz.Oilangiz haqida gapirib bersangiz.Besh nafar farzandim bor ikkitasi birinchi turmushimdan, ular allaqachon voyaga yetgan, uchtasi esa ikkinchi turmushimdan, ular hali yosh. Ochigini aytsam, eng kichik oglim bilan birga katta bolyapmiz, u endi 8 yoshga toldi. Bilasizmi, bolalarning ulgayishini kuzatish odamga qandaydir yengillik bagishlaydi. Oglim bilan qizim maxsus musiqa maktabida oqiydi. Qizim vokal boyicha oqiydi, oglim klarnet chaladi va u ham vokal bilan shugullanadi. Men, har qanday ota kabi ularni yutuqlaridan quvonaman va tanlovlarini maqullayman. Bolalarim ozlarini musiqa yoki aktyorlik sanatiga bagishlashni xohlaydi. Eng kichik oglim esa matematikaga qiziqadi. Men bunga albatta roziman. Ota-ona farzandiga faqat yaxshilikni ravo koradi.Yaqin kelajakda Xalqlar dostligi saroyi bilan bogliq qanday rejalar bor?Bizning rejalar bir yilga moljallangan. Ozimning kelasi yil iyun oyiga qadar ish tartibimni aytib berishim mumkin. Biz konsert dasturlari va repertuarlar tartibiga doim puxta tayyorgarlik koramiz. Bizga kelgan tashkilotchilarga ham shuni maslahat beramiz. Bazan shunday holatdar ham boladiki, kimdir bir hafta konsert berishni rejalashtiradi. Song chiptalar sotilishi yoki ozining ishidan qoniqmaydi. Iloji boricha hammasini puxta rejalashtirish lozim.Bolalar konsertiga urgu berish niyatidamiz. Ular hozirda mashhur bolib, yosh avlod rivojlanishida muhim orin tutadi. Shu bilan birgalikda bolalar konsertga bir ozi tushmasligini unutmaslik lozim. Ular ota-onalari, bobo-buvilari hamrohligida kelishadi. Shu sababli spektakl yoki konsert bolalarga ham, kattalarga ham qiziq bolishi lozim. Biz bunga erishishga astoydil harakat qilmoqdamiz!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0