Shayxontohurda yonida 80 gramm marixuana saqlagan shaxs qo‘lga olindi

Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida Shayxontohur tumani hududida 1989-yilda tug‘ilgan Abdulla Madaliyev to‘xtatib tekshirilganda, uning yonidan og‘irligi 80,10 gramm bo‘lgan marixuana topildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar bermoqda. Foto: IIBB matbuot xizmatiMazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan JKning 276-moddasi 2-qismi “a” bandi (giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay, ko‘p miqdorda qonunga xilof ravishda saqlash) alomatlari bilan jinoyat ish qo‘zg‘atildi.Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, uning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda. шаблоны для dle 11.2
0
Добавить комментарий

Оставить комментарий