Islom Karimov fondi Birinchi Prezident faoliyatining murakkab davrlari haqidagi esseni elon qildi

Islom Karimov fondi tomonidan Qurbonali Kamolovning Birinchi Prezident haqidagi xotiralari aks etgan essesi elon qilindi. Esseda Islom Abduganiyevich Karimov hayoti va faoliyatining eng dolgali davrlaridan sanalgan 1986-1989 yillar xususida soz boradi. Osha kezlar u Qashqadaryo viloyat partiya qomitasining birinchi kotibi lavozimida faoliyat yuritgan. Qashqadaryo Islom Abduganiyevich uchun tashkilotchilik va arboblik borasida tajriba orttirishda oziga xos maydon, kelgusida mamlakat boshqaruviga kotarilishida esa pillapoya boldi. Foto: Facebook / Islam Karimov foundationU yonboshdan bu yonboshga bezovta agdarilaman, qani endi kozim ilinsa! Yuzidan qatiyat zuhur etib turgan, kozlari kiborlarcha qisilgan rahbarning oktam va hukmfarmo ovozi hech qulogim ostidan ketmaydi: Meni Karimov deydilar. Bir marta gapiradigan odamman. Ertagayoq obkomga ishga chiq. Aks holda, allomai zamon bolsang ham, seni tanimayman, tanishni ham istamayman.Gap shundaki, bir kun avval ishlashdan bosh tortgandim. Partiya idoralarida 15 yil faoliyat yuritgan kamina, ne tongki, Ozbekiston Kompartiyasi Markaziy Qomitasi XVI Plenumi qaroriga kora partiyaviy tozalash royxatiga tushib, Kashkadarinskaya pravda viloyat gazetasiga yuborildim. Hol-u quruq baravar yongani odamga alam qiladi. Barcha kadrlar alishtirilsin degan mazmunda topshiriq berilgan, tozalash boyicha avvaldan foiz ham belgilangan ekan.Buyogini sorasangiz, tabir joiz bolsa, tasodif sabab Islom Abduganiyevich Karimovning etiboriga tushib qoldim. Qashqadaryo viloyat partiya qomitasi birinchi kotibi lavozimida ish boshlaganidan bir necha oy otib u Qarshida Galaba kuni munosabati bilan uchrashuvda maruza qiladigan boldi. Tadbirga ikki kungina qolgan, ammo Islom Abduganiyevichga tayyorlangan maruza matnlari hech maqul kelmas edi.Osha kunlari u Kashkadarinskaya pravda muharriri V.Sosninni huzuriga chorlab soraydi: Nahotki, butun boshli viloyatda durustroq yozadigan jurnalist bolmasa?! Vaqtim bolganda-ku, ozim bilardim. Bittasi bor, deb javob beradi V.Sosnin, faqat u sobiqlardan-da. Nima farqi bor! Hoziroq oldimga yubor!Shunday qilib, u meni kutilmaganda chorlab qoldi. Kozlarini qisgancha sinovchan boqib soradi: Ertalabgacha maruza yoza olasanmi? Shunday bolsinki, eshitgan odamning qalbini titratsin. Harakat qilib koraman, deb javob berdim.Osha kuni va tuni bilan bosh kotarmay ishladim, mavzuga oid talay maruzalarga koz yugurtirdim, qalamni tishlagancha tasirli jumlalar topishga urindim. Yozdim, ochirdim, yana qayta yozdim. Ertalab soat sakkizda uyqusizlikdan qizargan kozlarimni ishqalagancha besh sahifali matnni qoltiqlab qabulxonaga keldim. Xonaga oshigich kirib kelgan Islom Abduganiyevich ortimdan yur degandek sozsiz ishora qildi. Sanoqli soniyalar ichida matnga koz yugurtirib chiqqach, oziga gapirgandek eshitilar-eshitilmas mulohaza yuritdi-da, song: Mana, harqalay, qoralama bor-ku. Qani, otir! dedi.Ozi esa yeng shimarib tahrirga kirishib ketdi. Matn qizilga boyalib, naq lolazorga aylandi, yozganlarimdan faqat Hurmatli ortoqlar degan jumlagina omon qoldi. Qani, dedi u, moshinkada ter-chi. Koramiz qanday chiqdi ekan.Yarim soatdan keyin yangi matn ham beayov tahrirga uchradi. Har bir xatboshi, har bir gap, har bir jumlani muhokama qildik.Ishni tugatib ketayotganimda Islom Abduganiyevich Karimov bunday dedi: Izdihomda menga korinadigan old qatorda turgin.Aytganidek qildim. Minglarcha shaharlik jam bolgan: faxriylar, ishchilar, xizmatchilar, talabalar. Islom Abduganiyevich nutq irod qilarkan, qogozga aqalli bir marta ham qaramadi. Titroq ovozi hayajonini fosh etar (ilgari bunday katta izdihom qarshisida gapirmagan edi, axir), bu esa notiqning samimiyatidan darak berar edi. Minbarga yaqinroqda turgan keksa ayol namlangan mijjalarini dastromol bilan artar edi.Ozimning ham tomogimga nimadir qadalgandek edi. Sirasi, uchrashuv juda hayajonli tarzda otdi.Mana, obkomda ishga taklif qilinganimga sabab bolgan voqeaning muxtasar bayoni. Keyin nima boldi deysizmi, albatta, idoraga bordim. Xonam kalitini tutqazishdi. Islom Abduganiyevichning ozi meni yordamchi-kotib deb atagan bolsa-da, oradan bir oy otib kamina rasman inspektor sifatida ishga tasdiqlandim. Asosan maruza, nutqlar tayyorlash, xullas, matn yozish bilan bogliq barcha yumushlarda yordamlashdim.Islom Abduganiyevich Karimov bilan ishlash ham oson, ham qiyin, asosiysi, qiziqarli edi. Gohida bir necha sahifa matnni badihagoylik bilan sharillatib aytar, men esa usta stenografistlardek ogzidan chiqqan gaplarni qogozga tushirib olishga harakat qilardim. Dam-badam favqulodda dadillik bilan ohorli goyalarni taklif etar, bu jihatdan u zamonasidan ancha ilgarilab ketganiga keyinroq amin bolganman.1988-yil. Qayta qurish yangicha yondashuv va yechimlar davri. KPSS Markaziy Qomitasi viloyat partiya qomitalaridan takliflar soradi. Islom Abduganiyevich odatiga kora qolini shimi chontagiga solgancha, xonaning u boshidan bu boshiga borib kelgan koyi: Savdo, maishiy xizmat, umuman, barcha xizmat korsatish tizimini xususiy mulkdorlar tasarrufiga otkazishni taklif qilamiz, deb qoldi.Eski partokrat emasmanmi, beixtiyor unga xavotirli boqdim. Yoz, yozaver, qorqma! dedi u bunga javoban.Bilmadim, ehtimol, tor doiralarda bunday goyalar muhokama qilingandir, ammo keng jamoatchilikka ochiq-oshkora aytilmagani aniq edi. U vaqtda hatto kooperativlarga ogay koz bilan qaralardi-da.Yoki yana bir misol. KPSS Markaziy Qomitasidan Islom Abduganiyevich Karimovga Qozogistonda shahar va tuman partiya qomitasi birinchi kotiblari mintaqaviy seminarida chiqish qilish taklifi yuborildi.Uning quyidagi isyonkor mulohazasi yana mening xavotirimni kuchaytirdi: Partiyaning iqtisodiyotga aralashuvi togri emas. Bu sohani iqtisodchi, moliyachi va xojalik mutaxassislariga qoyib berish kerak. Partiya esa xalq ichida siyosat yuritsin Qanaqasiga partiya rahbariyati iqtisodiyotga aralashmaydi? deya etiroz bildirdim. Har bir hujjatda bunga alohida bob ajratilgan-ku. Yoz, yozaver, dedi Islom Abduganiyevich oziga ishonch bilan.Markaziy Qomitaning Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarini birlashtirish boyicha yakdil toxtamiga qarshi chiqqani-chi! Bu ish yuqorida pishitib bolingan edi, ammo Islom Abduganiyevich Karimov oziga xos qatiyat bilan Qashqadaryoning alohida hudud bolishi lozimligini ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan asoslab bera oldi. Bu borada yer-suv manbalaridan to ananalar, odatlar va udumlardagi farqlarga qadar talay salmoqli dalillar keltirildi. Qashqadaryo yigitlari buxorolik qizlarga uylanmasligi ham etibordan chetda qolmadi.Bilishimcha, Islom Abduganiyevich bu masalada atayin Moskvaga borib, oliy rahbariyat bilan gaplashgan. Aytishlaricha, Moskvadagi muzokaralar keyinroq Islom AbduganiyevichKarimov nomzodining respublika rahbari lavozimiga ilgari surilishiga ham tasir korsatgan.Islom Abduganiyevich buni alohida takidlashni istardim nafaqat keng qamrovli tafakkur, ayni chogda, hayot maromini bexato ilgaydigan savqitabiiy sohibi ham edi. Kim nima dardda ekani, kimga nima lozimligini yaxshi bilardi. Fikrim tasdigi sifatida Chiroqchi tumani Chiyali qishlogidagi saylovoldi uchrashuvini keltirsam.U vaqtlar Chiyalida kattagina eskibozor bolib, u yerdan taqchil-u tanqis buyumlarni ham topish mumkin edi. (Qaynatib pishirilgan qoy goshti yaxnani aytmaysizmi! Ogzingizda erib ketadi!) Bu yerga nafaqat qoshni tumanlar, boshqa viloyatlardan ham odam kelardi.Alhosil, Chiyali saylovchilari bilan uchrashuvda Islom AbduganiyevichKarimov quyidagi voqeani sozlab bergan edi. Qoshni tumanlik bir qariya osha mashhur bozorga kelibdi. Eshagidan xurjunni olib, xarid uchun rasta oralabdi. Bozorni keza-keza xurjunini qayerga qoygani ham yodidan kotarilibdi. Bozorning oxiri korinmaydi, boz ustiga, odam kop. Xosh, somon orasidan igna topib bolarkanmi?! Qariya kechgacha sabr bilan kutibdi. Bozor yopilganidan keyin yol-yol xurjunini rastadan topibdi. Qariya xarid qilgan mollar bus-butun turgan ekan! Chiyali xalqi ana shunday halol, omonatdor, deya sozlarini yakunladi Islom Abduganiyevich.Oq nishonga urilgan edi odamlar uni olqishlarga komib yubordi. Saylovda ham kopchilik unga ovoz berdi.Darvoqe, sharqona donishmandlik, gohida ayyorlik Islom AbduganiyevichKarimov faoliyatida bot-bot namoyon bolgan va unga qol kelgan edi. Qashqadaryo oziga xos hudud. Osha yillari kadrlar siyosati, umuman, boshqaruvga viloyatdagi turli uruglar, xususan, arab urugi kuchli tasir korsatar edi. U kezlar demokratiya deganlari nashu namo topgan edi-da (osha vaziyatni bundan boshqacha tariflab bolmaydi). Urug-aymoq yetakchilari oz nomzodlarini raykom kotibligi yoki sovxoz direktorligiga otkazish uchun bir toda odamni obkomga keskin talab-u tahdidlar bilan yuborar edi. Militsiya ularni haydashga jurat qilmasdi. Surbet toda esa kaltak-tayoq kotarib rahbarlar xonasigacha kirib borardi. Mana shunday boshboshdoqlik hukm surar edi.Shunday sharoitda Islom Abduganiyevich urug-aymoqchilikka qarshi kurashish yolini topa bildi. Huquq-tartibot idoralari yordamida todaboshilarning shaxsini aniqlaydi, ularning tarjimai holini organib, eng ogriqli nuqtalarini topadi va shu yoli bilan tasir korsatadi. Masalan, namoyish tashkilotchisining ogli yoki arzanda jiyanining ishxonasiga tekshiruv guruhini yuboradi. Keyin esa urug boshligi obkomga uzrxohlik qilib keladi: mazur tuting, bir qoshiq qonimizdan oting. Shu tariqa urug-aymoqchilarning aqlini kirgizib qoydi: ular oz haddini bilib yuradigan boladi.Osha demokratiya muhitida Islom AbduganiyevichKarimov asta-sekin bosh kotarayotgan tajovuzkor diniy mutaassiblar, millatchi va mahalliychi guruhlarga qarshi kurashmoq uchun qanchalar siyosiy iroda va donolik korsatdi ekan! Ulyanov tumanida arab, Kosonda esa tojik avtonomiyasini tashkil etish goyalari qanchalar qimmatga tushmogi mumkin edi?! Birlik harakatining ayrim vakillari, turli etnik guruh peshvolari bilan uchrashib, ular tanlagan yol xato va xatarli ekanini anglatishga qancha fursat va quvvat sarfladi ekan?! Kezi kelganda Islom Abduganiyevich birlikchilarning ayrim oqilona fikrlariga quloq solgan edi.Songgi yillarda, xususan, Islom AbduganiyevichKarimov mamlakat rahbari bolgan kezlar uni ayrimlar diktator deb atadi. Men uni bunday sifatlamagan bolar edim. Odam vaziyatni soglom aql bilan baholashi kerak. Osiyo mintaqasi sharoitida boshqacha bolishi mumkin emas. Ozgina boshanglik qilsangiz, jamiyatni agdar-tontar qiladigan, rangli inqiloblar uyushtirib, hokimiyatni agdaradigan, boshboshdoqlikni avj oldiradigan kuchlar maydonga chiqadi. Bunga istagancha misol keltirish mumkin. Shu bois Islom Abduganiyevich xalq tinchligi va osoyishtaligiga birlamchi vazifa sifatida etibor qaratdi.Ahamiyatsiz tuyulsa-da, oz tajribamdan bir misol keltirsam. Otgan asrning 90-yillari boshida Narodnoye slovo respublika gazetasining Qashqadaryo viloyati boyicha oz muxbiri bolib ishlar edim. Osha kezlar narx-navo oshishi oqibatida Qarshi bozorida roy bergan topolonlar haqida maqola yozdim. Maqola sabab viloyat partiya qomitasining birinchi kotibi A.Otajonov, tahririyat rahbariyati va shaxsan kamina Islom AbduganiyevichKarimovdan eshitadiganimizni eshitdik! Goyo butun mamlakatni tartibsizliklarga targib qilgan emishmiz.Ayni hodisa uchun Islom Abduganiyevichni men qattiqqol yoki temir intizomli arbob deb atar edi, minbad diktator emas. Ha, u barcha muhim masalalarda bosh-qosh bolib, butun masuliyatni dadil oz zimmasiga olgan. Ammo bu degani barcha qarorlarni oz bilganicha qabul qilgan degani emas. Biror masalani byuro yoki plenum muhokamasiga qoyishdan avval oqillar kengashini chaqirgan. Unga sanoat bolimi mudiri A.Zayniyev, partiya komissiyasi raisi A.Farmonov, qishloq xojaligi bolimi mudiri T.Karimov va boshqa bir qator xojalik mutasaddilari kirgan. Zikr etilgan dastlabki ikki arbob keyinroq navbati bilan Qashqadaryo viloyatiga rahbarlik qilgan.Islom AbduganiyevichKarimov xodimlarning kasbiy mahorati va ayni choqda, sadoqatini alohida qadrlagan. Rahbarlik lavozimlariga urug-aymogi, qarindosh-urugi yordamida yoki boshqa yollar bilan otirib olgan tashabbussiz, uquvsiz kimsalarga aslo toqat qilmagan. Ammo Ozbekiston Kompartiyasi Markaziy Qomitasi XVI Plenumida baribir asosiy maqsad amalga oshmadi butun partiya boshqaruvini halol va professional kadrlarga alishtirish imkoni bolmadi. Rotatsiya qoidasiga kora, partiya rahbariyati boshqa viloyatlardagi bosh-bayov xodimlarni bot-bot Qashqadaryoga yuborar edi Islom Abduganiyevich laganbardor va xushomadgoylarni xushlamas edi. Bunday kimsalardan nafratlanar, ularni jini suymasdi. Nomlarini aytmay qoyaqolay, ammo bu toifa kadrlar orasida viloyat rahbarlari, hatto obkom kotiblari bor edi. Ularning aksari Markaziy Qomita nomenklaturasiga kirgan, shu bois ularni ishdan boshatish amrimahol edi. Islom Abduganiyevich, aslida, Markaziy Qomita bilan ham kop-da osh-qatiq emas edi. Buning oziga xos sabablari bor edi, albatta. Toshkent elitasi kuchayib borayotgan raqobatchidan xalos bolish uchun Islom AbduganiyevichKarimovni respublika hukumati rahbari muovinligidan Qashqadaryo viloyatiga surgun qilgan, degan gaplar ham yurardi. Keyinroq Islom Abduganiyevich mamlakat rahbari bolgach, elitaning bir qismi Ozbekistondan bosh olib ketadi, ayrimlari viloyatlarga astrobod qilinadi.Islom AbduganiyevichKarimov halol va pokiza vijdonli inson edi. Kop yil bittagina kostyum va koylakda yurganiga guvohman, ammo kiyimi hamisha ozoda va dazmollangan bolardi. Taom borasida ham injiqlik qilmasdi, allamahalgacha ishlagan paytlari bir burda nonu tushyonkaga qanoat qilar edi. Mehnatkashlik qon-qoniga singib ketgan edi. Ishni birinchi oringa qoyar edi. Qashqadaryoda rahbar bolgan yillari mamlakatning bolajak yetakchisi bir ozi obkom dachasida yashagan. Menimcha, bu ham bejiz emas. Ilgari bu yerdan sobiq viloyat rahbarlari va ularning oila azolari oldiga iltimos bilan keluvchilarning qadami uzilmas edi, endi esa buning imkoni yoq edi. Islom Abduganiyevich yaqinlari rafiqasi Tatyana Akbarovna, sevimli kenja qizi Lola, tongichi Guli-Gugushani (uni osha kezlar shunday atardi) qanchalar soginganiga ozim guvohman. Keyinroq tongich qizining aybi bilan ularning orasi buzildiBir gal olim toshagida yotgan oglimni oyoqqa turgazgan shifokorning ukasi iltimos qilib qoldi. Islom Abduganiyevichdan yaqindagina ishdan boshatilgan OBXSS boshligini lavozimiga qaytarishni sorashim zarur edi. Bayram kuni navbatchi bolgani holda mast holda qolga tushgan ekan. Iltimos qilgan odam har qancha xarajat bolsa qochmasligini ham qistirib otgan edi. Esing joyidami, nimalar deyapsan?! dedim kapaligim uchib. U qanday odamligini bilmaysan-da! Dori-darmon uchun tiyin-tiyinigacha ozi tolaydi, ovqat uchun birov pul tolashiga ikki dunyoda rozi bolmaydi.Odamning yuzi issiq, har qancha etiroz bildirmay, axiyri xonasi kelganda bu haqda sorab korishga vada berdim. Tez orada bunga imkon ham tugildi. Odatdagidek, qandaydir mavzuda matn yozishimiz kerak edi. Ish kongildagidek kochdi. Islom Abduganiyevich har qachongidan bardam, tetik edi. Fursatdan foydalanib ming istihola bilan tanishimning iltimosidan gap ochdim. Islom AbduganiyevichKarimovning kayfiyati birdan buzildi, meni dargazab alfozda, yeb yuborgudek nigoh bilan soroqqa tutdi: Hali xizmating uchun shirinkoma ham vada berishgandir?Ogiz ocholmay qoldim, osha lahza uyatdan yer yorilsayu yerga kirib ketsam deb oyladim. Quloq sol, dedi Islom Abduganiyevich, sen gapirmading, men eshitmadim. Esingdan chiqarma: men Karimovman. Tushundingmi? Meni Karimov deydilar. Minbad bunday iltimoslar bilan boshimni qotirma.Bu voqea sabab uzoq vaqt konglim xijil boldi. Bu ham yetmagandek bir necha kundan keyin ishga kechikib qoldim, idoraga soat 8 da emas, 11 da bordim. Odatda, dunyo, ittifoq va respublikadagi holat boyicha kunlik sharh tayyorlar edim. Osha kuni, tabiiyki, sharh tayyorlashga ham ulgurmadim. Kun boyicha xonada otirdim, ammo Islom Abduganiyevich biror marta meni yoqlamadi. Ertasi kuni qabulxonaga sharhni qoldirdim. Ammo kechgacha na telefon orqali soradi, na xonasiga chaqirdi. Avvallari hech bunday bolmagan edi. Uchinchi kun ham shu alfozda otdi.Aybdor ekanimdan boyin tovlamayman, ammo bunchalik qattiq xafa bolishini kutmagan edim. Uchinchi kun kechqurun bor juratimni yigib, Islom AbduganiyevichKarimov xonasiga kirib bordim. Ayb ish ustida qolga tushgan bolakaydek oyoqlarimni qaltirar edi. U menga etibor bermay, qandaydir hujjatni varaqlab otirar edi. Endigina ortimga qaytib chiqmoqchi bolib turganimda, menga tanish istehzoli ovoz yangradi: Xosh, nima ishing bor, progulchi?Agar bolam yoki xotinimning tobi bolmadi, deya turli vaj-karsonlar toqisam bormi, kavushimni togrilab qoyishi aniq: alvido, Karimov! Unga yolgon gapirish u yoqda tursin, hatto bunga urinmagan ham maqul. Naq rentgen uskunasi deysiz, xayolingizdagi fikrni ham bexato oqirdi. Buni men yaxshi bilardim. Gavdam ogirligini dam u oyogimga, dam bu oyogimga solib, xijolatdan yer chizib turardim. Moskvadan dostlarim kelgan edi, deya gap boshladim, Necha zamondan beri korishmagan edik. Allamahalgacha otirdik. Togri, ozgina anavi zormondadan ham ichdik. Xullas, uxlab qolibman. Uxlab qolganmish, dedi Islom Abduganiyevich ham gina, ham tana ohangida. Issigida oldimga kirib, togrini aytsang bolmasmidi? Men ham erkakman, axir! Ahvolingni tushunardim. Mayli, boraqol, uyquchi! Bunaqa tomosha boshqa takrorlanmasin. Bilasan-a, meni Karimov deydilar.Bu ulkan arbobning bilimu mahorati, xususan, iqtisodiyotda yorqin namoyon boldi. Sir emas, u Qashqadaryoga kelgunga qadar Toshkentdagi yirik korxonalarda xojalik boshqaruvi borasida katta tajriba topladi, Moliya ministri, Respublika Davlat plan komiteti raisi boldi. Iqtisodiy bilimdonlik uning olmosdek serqirra faoliyatining bosh fazilatlaridan edi. Islom AbduganiyevichKarimov bir necha oy ichida Qashqadaryodagi ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni toliq organib, hududni rivojlantirish boyicha aniq vazifalarni belgilab berdi. Yonboshlab yotgan hudud tez orada oyoqqa turib, dadil odimlab ketdi. Sanoat va qishloq xojaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish korsatkichi qoshib yozish mahsuli bolgan hujjatlarda emas, amalda osdi.Gap shundaki, osha yillari qoshib yozishga qarshi kurash favqulodda muhim ahamiyat kasb etgan edi.Mashhur paxta ishi esa dastlab bunga malum manoda tasir korsatgan bolsa-da, koproq zarar va ziyon keltirgan. Osha kezlar sorib-surishtirib otirmasdan begunoh brigadirlar, hatto tabelchilar qamoqqa tashlandi. Qashqadaryoda ham Gdlyan terrori kolankasi kirib bormagan biror xojalik, biror oila qolmadi. Kadrlarning orta tabaqasini yana tiklash, qorquv muhitiga barham berish va hokimiyatni ishonchni qaytarish lozim edi.Qisqa muddat ichida barcha tuman va xojaliklarni kezib chiqqin Islom Abduganiyevich vaziyatni teran anglar, koplab brigadir va fermerlarni nomma-nom bilar edi. Xususan, u brigadir Lev Kim bilan (uni oziga xos tarzda Lyova deb atar edi) iliq munosabatda edi. Ilgari u piyoz yetishtirib, yaxshigina hosil kotarar edi. Keyin esa paxtachilikka otgandi. Islom AbduganiyevichKarimov u bilan bir piyola choy ustida soatlab gurunglashar, dala kezar, suhbatlashar edi. Shu tariqa ushbu xojalikda orta tabaqa kadrlar uchun maktab-seminar tashkil etildi, u yerda minglab paxtakor brigadir va dehqonlar tarbiyalandi.Aytish joizki, Islom Abduganiyevich ishda hamisha kutilmagan yondashuvlar oylab topib, amalga tatbiq etar edi. Bu borada soz borarkan, u Toshkent qishloq xojaligi mashinalari zavodida ishlaydigan eski qadrdonlaridan viloyatni otaliqqa olib, qishloq xojaligi texnikasini tamirlash, paxta terish mashinasi hamda kombayn mexanik-haydovchilarini oqitishda yordam korsatishni soraganini qayd etish orinlidir. Bu esa birinchi yiliyoq oz samarasini berdi.Bunday misollarni koplab keltirish mumkin. Ammo, baribir, Islom AbduganiyevichKarimov uchun odamlarga gamxorlik qilish, ularning ogirini yengil qilish, hojatini chiqarish bosh masala edi. Bu borada quyidagi hodisani eslamasam bolmaydi.Qish tonglarining birida Islom Abduganiyevich obkom binosiga endigina kirib ketayotganda keksa rus ayoli: Otinaman, dardimga quloq tuting! deya yolini tosib chiqdi.Qoriqchi militsioner shoshgancha ayolni chetga olib otmoqchi bolgan edi, Islom Abduganiyevich uni toxtatdi. Song ayolga yuzlanib, soradi: Qulogim sizda, nima demoqchi edingiz? Uyingiz issiq, yorug, hamma narsa muhayyo bolsa kerak, shunday emasmi? deya yozgira ketdi ayol. Biz kabi oddiy odamlar yashaydigan mikrorayonda esa quvurlar issiq kormayotir. Gaz bosimi kamligi bois xonalarni isitish imkonsiz. Bir kosa ovqat pishirish uchun ham anchagina vaqt ketadi. Issiq suv bir necha soatga beriladi, bu ham muntazam emas.Islom AbduganiyevichKarimov ayolning arzi holni diqqat bilan tinglab, unga manaviy dalda berdi. Ayol haqidagi malumotlarni yozib olishni soradi. Men endigina ishni boshladim, ammo elburutdan aybdorman, dedi kuyunchanlik bilan. Shunday bolgani maqul. Ishni el-ulusga gamxorlikdan boshlash kerak. Islom Abduganiyevich dastlab Qashqadaryoda, keyin mamlakat rahbari lavozimida ana shu bosh qoidaga amal qildi. Odamlar uni hurmat ila ota deb atagani ham bejiz emas.Boyagi ayolning arzi natijasi tez orada malum boldi. Bir yarim-ikki oydan keyin kechqurun plenum uchun maruza tayyorlayotgan edik. Nafas rostlab otirganimizda Islom Abduganiyevich: Yur, haligi ayoldan xabar olib kelamiz, dedi qoldi.Shahar ijroqomi raisi A.Shukurovga bu borada topshiriq berilgani va kerakli choralar korilganidan xabardor edim.Mikrorayonga birorta qoriqchisiz bordik. Obkomdan ayolning uyigacha 10 daqiqalik yol ekan. Eshikni taqillatdik. Ayol Islom Karimovni tanib, otqazgani joy topolmay qoldi. Rahmat, Xudo yarlaqasin Sizni! Kam bolmang, Islom Abduganiyevich! Sizga qancha minnatdorlik bildirsam kam! deya alqardi boyoqish.Xonadonga kirdik. U yerdan yangi boyoq hidi kelardi. Xonadon boshdan-oyoq tamirlanibdi: deraza romlari soz holatga keltirilib, yangi yogoch pol yotqizilibdi, santexnika yangilanib, kafel plitalari alishtirilibdi. Xonalar iliq, butun mikrorayonda bolgani kabi issiq va sovuq suv ham bor. Kordingmi, dedi Islom Abduganiyevich xonadonni mamnun kozdan kechirarkan, baribir odamlar koriga yarash yaxshi-da.Keyin ham necha bor qoshni mikrorayonlarni aylandik. Islom AbduganiyevichKarimov har gal aholining xohish-istagiga diqqat bilan quloq solar, bu kabi uchrashuvlar boyicha bergan topshiriqlari ijrosini qatiy nazorat qilar edi. Mana shunday mubolagasiz buyuk inson bilan ishlash baxtini ravo korgani uchun taqdirimdan minnatdorman. U mamlakat va Qashqadaryo tarixida, shuningdek, mening hayotimda ochmas nom va yorug xotiralar ila qoldi.Peshonada bor ekan, rafiqam buyrak polikistozi xastaligiga chalindi. Bu asli bedavo dard. Mavridi bilan Islom Abduganiyevichga bu haqda aytdim. U shifo tilab, rafiqamni zudlik bilan Toshkentdagi 16-shifoxonaning D.Arustamov mudirlik qilayotgan buyrak bolimiga olib borishni taklif qildi. Shu yerning ozida unga qongiroq qildi. Malum bolishicha, Islom AbduganiyevichKarimov osha shifokorda davolangan, qolaversa, u bilan dostona munosabatda ekan. Salkam yarim yil davomida har oy rafiqamni Toshkentga olib bordim, ammo baribir uni asrab qola olmadik. Islom Abduganiyevich birinchilardan bolib menga taziya bildirdi va dafn marosimini tashkil etishga yordam korsatish borasida topshiriq berdi.Vaqt otgani sari Ozbekiston Birinchi Prezidenti Islom Abduganiyevich Karimovning nurli siymosi va xayrli amallari yanada yorqinroq namoyon bolaveradi. Kochayu maydonlar, talim dargohlari va xiyobonlar, dahayu mavzelar uning nomi bilan ataladi. Lola Karimova-Tillayeva va uning safdoshlari bu borada dastlabki ishlarni allaqachon boshladi. Istardimki, Toshkent, Samarqand va Qarshida xotira yodgorliklari ornatilib, muzeylar tashkil etilsa va kamina qalamiga mansub uning Qashqadaryodagi hayoti hamda faoliyatiga bagishlangan ushbu esse ham turfa eksponatlar qatoridan munosib orin olsa

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0