Ostrogojskayaning olib ketgan ota-onasida nima ayb?

Balki oqigandirsiz, bir muddat avval Ozbekiston Milliy axborot agentligi (OzA) saytida milliy internet-jurnalistikaning hozirgi ahvoliga bagishlangan katta bir maqola elon qilindi. Osha ziddiyatli maqolada muallif ozbek internet-nashrlarini suniy reyting ortidan quvishda ayblab, bunga misollar keltirgan. Maqola chop etilgan sahifaning biror joyida bu haqda eslatilmagan bolsa-da, muallif bilan OzA tahririyatining fikrlari bir-biridan farqli bolishi mumkin, albatta. Baxtga qarshi, OzA sayti osha maqolada keskin tanqidga uchragan saytlarning kamchiliklarini takrorlayotgandek, nazarimda. Prezident Shavkat Mirziyoyevning ayovsiz tanqidiga uchragan Ella Ostrogojskaya haqida agentlik saytida elon qilinayotgan materiallar sarlavhasi, ularni taqdim etish usuli bu fikrni bir qadar tasdiqlaydi, deb oylayman.OzA saytida Ella Ostrogojskaya haqida etiborga molik dastlabki malumot (OzA aytmoqchi, rasmiy malumotlar) 27-dekabr kuni, katta bir maqolaning ichida Ella Ostrogojskaya aslida kim bolgan? degan kichik sarlavha bilan berildi. Daryo bu malumotlar Prezidentning Murojaatnomasidan song paydo bolgan savollarni kamaytirish orniga yanada kopaytirgani haqida yozgan edi. 9-yanvar kuni OzAda Ella Ostrogojskaya haqidagi eng songgi, eng aniq malumotlar sarlavhali axborot chiqdi. Jamoatchilik tomonidan katta qiziqish bilan oqilgan (bu axborotning Daryoda qayta chop etilgan talqini yarim kunda 100 ming martadan ziyod oqildi) bu eng songgi, eng aniq malumotlar bor-yogi Ella Ostrogojskayaning shaxsiy malumotnomasi bolib chiqdi.Shunday bolsa-da, unda Daryo 28-dekabr kuni bergan bir-ikki savolga javob bor u qachon, qayerda, qancha muddat ishlagan, degandek. Yana qoshimcha ikki axborot ham bor Ostrogojskayaning surati hamda u olgan davlat mukofotlari royxati. Ayni vaqtda, birinchi maqoladan song paydo bolgan asosiy savollar (davlat budjetiga qancha zarar yetkazgan, aynan qaysi yillardagi korsatkichlarni soxtalashtirgan, Davlat rahbariga qanday yolgon hisobotlar bergan va hokazo, va hokazo) ochiq qolib, nazarimda, bir orinsiz malumot Ella Ostrogojskayaning onasi, otasi, shuningdek, eri, qizi va ogli haqida qisqacha axborot berilgan. Foto: OzAUnga kora, Ella Ostrogojskayaning onasi Lyudmila Popova 1959-yili, Ella uch yasharligida vafot etgan. Otasi Ilya Kogan esa uzoq yillar Foton zavodida usta bolib ishlagan, 2002-yili vafot etgan. Ellaning turmush ortogi Igor Ostrogojskiy ATEKS firmasida menejer bolib ishlaydi, 1984-yilda tugilgan qizi Anastasiya Moskvadagi moliya-yuridik akademiyasida, 1986-yilda tugilgan ogli Kirill TATUda tahsil olgan. Nega Ostrogojskayaning eng yaqin qarindoshlari haqidagi bu malumotlar mening nazarimda orinsiz?Ostrogojskayani Prezident qattiq tanqid qildi buni hamma kordi; Prezident va boshqa mutassaddilar tomonidan berilgan bayonotlarda, shuningdek, OzA elon qilgan birinchi maqolada Ostrogojskayaga nisbatan katta ayblovlar ilgari surildi (birgina Davlat rahbariga yolgon hisobotlar bergan degan gapning ozi qanchalik ogir). Bu bayonotlar, ayblovlar ortidan tegishli organlar Ostrogojskayaga nisbatan qandaydir ish ochdimi-yoqmi bexabarman (har holda ular biror ochiq bayonot bilan chiqish qilganicha yoq). Katta ehtimol bilan, u qonunbuzar, uning aybi bor, har holda shamol bolmasa, daraxtning uchi qimirlamaydi. Mana shu u aybdor degan taassurot hosil bolayotgan bir vaqtda, Ostrogojskayaning ota-onasi, turmush ortogi, farzandlari haqida bunday quruq axborot berish ularni aybsiz aybdordek korsatib qoyadi va bu, kamida, oddiygina insoniylikka zid.Vaziyatni juda jon izohi shunday: agar men biror jinoyat qilgan bolsam va bunga faqat ozim aybdor bolsam (yani, otam, onam, ukam, singlim, ayolim va boshqa qarindoshlarim aralashmagan bolsa), bu jinoyat tafsilotlarini ovoza qilyotganlarida faqat meni tilga olishlarini istardim, aybsiz boshqalarni emas. Bu holatda qonun va jamiyat meni jinoyatchi deb turganining oziyoq begunoh qarindoshlarim uchun yetarlicha ogir (ruhiy) jazo, ularni nomma-nom, aybi bor-yoqligiga qaramay jamoatchilikka tanishtirish juda jiddiy, ogir asoratlarga olib keladigan zarba bolur edi. Agar ular orasida men sabab bilib turib aybdorga aylanganlar bolsa, ularning-da ayblari aytilsin, lekin beayblarini tinch qoygan maqul.Zavodda usta bolib ishlash, biror firmaga menejerlik qilish, Moskva yoki Toshkentdagi oliygohda oqish, bilishimcha, biror yomon yo noqonuniy harakat emas minglab odamlar zavodlarda ishlayapti, poytaxtning birgina tumanida yuzlab menejerlarni topish mumkin, ming-minglab ozbekistonlik yoshlar Rossiya oliy talim muassasalarida oqimoqda. Ostrogojskaya qilgani takidlanayotgan nomaqul ishlarga uni 2002-yilda vafot etgan otasi boshlaganmi? Qizi yo ogli onasidan davlat budjetidan qaytarmasa ham boladigan uncha-muncha pul olib berishni soraganmi? Igor Ostrogojskiy xotinining mansabidan foydalanib, biror noqonuniy ishini bitirganmi? Shunday yoki shunga oxshash holatlar bolsa aytilsa yaxshi, aksincha bolsa, qonunbuzar deb gumon qilinayotgan inson bilan uning eng yaqin qarindoshlari ism-familiyalarini bir royxatda besabab sanash orinsiz.Shu orinda qatagon yillarida yashab, ijod qilgan mashhur shoir va yozuvchilarimizning tarjimai hollaridan goyat achinarli, juda tasirli, oqisang osha davr hukmdorlariga nisbatan nafrating josh uradigan voqea-hodisalarni misol qilib keltirish mumkin, lekin rejissor Zulfiqor Musoqovning Vatan filmidagi bir lavha nisbatan tushunarliroq, chamamda. Urushdan qaytib, militsioner bolgan Hamid yomgir vaqti odamlarni paxta dalasidan olib chiqib ketgani uchun Gunafshaning ustidan yumaloq xat tushgani, endi u 15 yilgacha qamalishi mumkinligini aytadi, uni sabotajda ayblaydi. Gunafsha bu gaplarni xavotir bilan eshitsa-da, ozini yoqotmaydi (hatto 15 yilga qamalishi mumkinligi haqidagi gapni eshitganida ham). Ammo Hamid Gunafshaga: Sen XDX, yani Xalq Dushmanining Xotinisan deganida, ayol jon holatda chinqirib yuboradi. Shundan ham tushunarliki, odamlarni paxta terimiga olib chiqmaclikdan kora XDX bolishning aybi ogirroq.Bu bechora nafaqat XDX ekanligi, balki urushga ketgan eri hali ham tirikligidan shu vaqtgacha bexabar, ismini Hamid tilidan solagi oqib aytayotgan Stalin hamda front uchun sidqidildan mehnat qilib yurgan bir ayol edi. U davlatning million-million pulini ogirlamagan, u brigadir bolib, xizmat mansabini suiistemol qilmagan, u qotillik yoki shunga oxshash haqiqatan-da ogir biror jinoyatni sodir etmagan; asosiy aybi undan minglab chaqirim naridagi tirikligi ham dargumon bolgan eri konslagerdan kora nemis sovuni va korjomasini maqul korganida edi.Bunday holat ogil uchun otaning, er uchun xotinning, aka uchun singilning (va hokazo) javob berishi, aybdor qilinishi, xalq dushmanining xotini, xalq dushmanining farzandi, xalq dushmanining onasi degan tamgalar bilan begunoh, beayb odamlarni yakkalab, kamida ruhiy iztirobda qoldirish 1937-yilda toliq quvvat bilan ishga tushgan va aynan Stalinning olimi bilan yaroqlilik muddati tugagan qatagon mashinasining asosiy belgisi; hozirgi dorulomon kunlarda tasodifan shunday holatlarga duch kelib qolsang, yana osha Stalinning zamondoshlari tomonidan Stalinning olimidan song yozilgan qatagon davri xotiralari yodga tushadi. Buni hammamiz bilamiz. Buni, baxtimizga, Prezident ham biladi. Shuning uchun ham u Ozbekiston Konstitutsiyasining 25 yilligiga bagishlangan tantanali marosimda Ozbekistondagi 1937-yillarga xos buning akasi qamalgan, buning otasi bir balo bolgan, undan bolgan degan gaplarga sababchi muhitni yoq qilish kerakligi haqida gapirgan edi.Bunday nomaqul yondashuv tufayli koplab yoshlarimiz, malakali mutaxassislarimiz beayb aybdor bolib, yaqin qarindoshlarining qilmishlari uchun jabr tortib keldi. Ozingiz ayting, bu adolatdanmi? Men oylaymanki, adolatdan emas. Nima sababdan bir jinoyat uchun butun bir avlod javob berishi kerak? Aka uchun ukaning javob berishi togrimi? Men buni mutlaqo notogri, deb oylayman... Bu illat Ozbekistonda yoq bolishi kerak. Aka boshqa, uka boshqa, farzand boshqa, ota boshqa har biri oz jinoyati boyicha ozi javob berishi kerak. Bunday adolatsiz tizimdan butunlay voz kechishning vaqt-soati keldi.Shavkat Mirziyoyev, Ozbekiston PrezidentiDaryodagi avvalgi maqolada ham takidlangan edi jamoatchilikka Prezidentning Oliy Majlisga Murojaatnomasidan song tanilgan Ostrogojskaya va uning atrofidagilar haqida toliq bilishni va, agar aybdor bolsa, ularning javobgarlikka tortilishi tarafdori. Masalan, Murojaatnoma vaqtida Prezident viloyatlar chegarasidagi yol-patrul postlariga hojat yoqligini takidlagan edi ularning olib tashlanayotganini koryapmiz; Murojaatnoma davomida Prezident moliya vaziriga vazirlikni kalamushlardan tozalash haqida topshiriq bergandi 500 dan ziyod kishi ishdan olinib, ular orniga, xususan, Yoshlar Ittifoqi orqali kadrlar tanlab olinayotganidan xabardormiz. Lekin Murojaatnoma vaqtida odamlarni eng qiziqtirgan narsa Ostrogojskaya masalasi edi. Shunday ekan, bu vaziyatda davlat axborot agentligi berayotgan rasmiy malumotlar yetarli emas. Endi navbat tergov va sud idoralariga mansabdor shaxslar va ommaviy axborot vositalari bergan shov-shuvli xabarlar asosida natijasi jamoatchilikni qiziqtirayotgan masalaga qonuniy baho berish maqsadga muvofiq. dle 11.2
0