Shavkat Mirziyoyev: Qurolli kuchlarimiz mamlakat barqarorligi va taraqqiyotining mustahkam kafolatiga aylanmoqda (toliq nutq)

10-yanvar kuni Ozbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashining majlisi bolib otdi. OzAOzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ushbu majlisdagi nutqini keltirib otdi. Foto: Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Matbuot xizmatiHurmatli yigilish ishtirokchilari!Bugungi yigilishimiz mamlakatimiz hayotidagi muhim voqea Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni arafasida otkazilmoqda.Avvalo, sizlarni va barcha yurtdoshlarimizni ana shu umumxalq bayrami bilan chin qalbimdan samimiy tabriklashga ruxsat bergaysiz.Bundan roppa-rosa bir yil avval mana shu oquv yurtida Ozbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasida mamlakatimiz Qurolli Kuchlarini yanada isloh qilish boyicha oldimizda turgan vazifalarni atroflicha muhokama qilgan edik.Uchrashuvda harbiy kadrlar tayyorlash sohasidagi dolzarb vazifalardan biri sifatida Akademiya faoliyatini takomillashtirish masalasi korib chiqilgan edi. Bugungi yigilishimiz mutlaqo yangilangan Akademiyada otkazilayotgani hammamizni quvontirmoqda. Bu yerda tashkil etilgan zamonaviy situatsion markaz yil davomida amalga oshirgan ishlarimiz natijasidir.Otgan yil mobaynida biz bu borada erishgan yutuq va ijobiy misollarni koplab keltirish mumkin. Shu bilan birga, mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlash sohasida hali ancha muammolar borligini qayd etish zarur. Ularni hal qilish yuzasidan 2018-yilda va kelgusi yillarda qattiq ish olib borishimiz lozim.Men yil davomida Qurolli Kuchlarning jangovar tayyorgarligi va qobiliyatini tahlil qilib bordim. Harbiy oquv mashqlarini Kattaqorgon poligonida kuzatdim, Janubi-Garbiy, Sharqiy va Toshkent harbiy okruglarida Mudofaa vazirligi va chegara qoshinlari bolinmalarini, bugun esa Chirchiq shahridagi harbiy qismni borib kordim. Harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashdim, mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitdim. Natijada kop yillar davomida yigilib qolgan jiddiy, tizimli muammolar aniqlandi. Bular kadrlar masalasi, qoshinlarni zamonaviy qurol-yaroglar bilan taminlash, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish, yoshlar va harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga taalluqli muammolardir.Albatta, otgan yili birinchi navbatda hal etilishi kerak bolgan koplab masalalar boyicha aniq qarorlar qabul qilindi.Lekin, tan olishimiz kerak, ularning barchasi tizimli emas, balki malum bir yonalish va bogindagi muammolarni bartaraf etishga qaratilgan ishlardir. Ana shu holatni hisobga olib, Vatanimiz xavfsizligini mustahkamlash, uning mudofaa qobiliyatini kuchaytirishdek goyat muhim sohada koplab muammolar mavjudligini anglagan holda, biz yangi Mudofaa doktrinasini qabul qildik. Ushbu hujjatda mamlakatimizning harbiy qurilishi va Qurolli Kuchlarni rivojlantirish masalalari boyicha asosiy yonalish va zamonaviy yondashuvlar aks ettirildi.2017-yil 12-dekabrda Prezident farmoni qabul qilinib, unda mavjud murakkab holatdan chiqishning tasirchan va samarali chora-tadbirlari belgilab berildi.Bugun sizlar bilan otgan yilda amalga oshirgan ishlarimizga yakun yasab, kelgusidagi vazifalarimiz haqida gaplashib olishimiz zarur.Hurmatli yigilish qatnashchilari!Hozirgi vaqtda mintaqamizda va dunyoda hukm surayotgan, oldindan aytib bolmaydigan murakkab sharoitda mamlakatimiz xavfsizligi va hududiy yaxlitligini taminlash, jamiyatimizda tinchlik va hamjihatlikni mustahkamlash qanchalik katta ahamiyatga ega ekanini barchamiz chuqur anglaymiz. Bu esa otgan davr mobaynida erishgan yutuqlarimiz va yol qoygan kamchiliklarimiz, toplanib qolgan muammolarni chuqur tahlil qilish, bugun hayotning ozi ilgari surayotgan talablarni hisobga olishni taqozo etmoqda.Biz ayni shu asosda mamlakatimiz mudofaa salohiyatini mustahkamlashniOzbekistonni rivojlantirish boyicha Harakatlar strategiyasining ustuvor yonalishlaridan biri sifatida belgilab oldik. Strategiyaga binoan 2017-yilda boshqa sohalar qatorida harbiy qurilish borasida ham keng kolamli ozgarishlar amalga oshirildi. Qisqa muddatda dastlabki aniq natijalarga erishdik va yangilanayotgan Qurolli Kuchlarimiz boyicha strategik yondashuvni ishlab chiqdik.Birinchidan,tashqi siyosatimizning moslashuvchanlik va ochiqlik prinsiplariga, eng asosiysi, qoshni davlatlar bilan dostona va amaliy munosabatlarni rivojlantirish, Vatanimiz suvereniteti va mustaqilligini mustahkamlashdek biz uchun ustuvor bolgan tamoyillarga tayangan holda, mamlakatimizMudofaa doktrinasi sifat jihatidan yangilandi.Bu doktrinaning mano-mazmuni birinchi marta ochiqlik xususiyatiga ega boldi. Bu esa bizning mudofaa siyosatimizning ochiqligini namoyish etmoqda. Doktrinada Ozbekistonning mudofaa sohasidagi siyosati boyicha prinsipial yondashuvlar, ularni qollash asoslari, Qurolli Kuchlar oldida turgan vazifalar, shuningdek, milliy armiyamiz qurilishi va rivojlanishini davom ettirish boyicha istiqbolli yonalishlar belgilab berildi.Barchangizning etiboringizni muhim bir masalaga qaratmoqchiman: Mudofaa doktrinasi qoidalari qogozda qolib ketmasligi, biz ularni hayotga sozsiz joriy etishni taminlashimiz shart.Shu munosabat bilan Oliy Majlis Mudofaa doktrinasini amalga oshirish, bu masala boyicha muntazam ravishda parlament nazoratini olib borishi maqsadga muvofiqdir. Umuman olganda, deputat va senatorlarimiz mudofaa va harbiy qurilish masalalariga befarq bolmasdan, bu borada oz faoliyatlarini kuchaytirishlari, har bir chorakda ikki marta Oliy Majlis palatalarining yigilishlarida ushbu yonalishdagi ishlarning ahvolini muhokama qilib borsalar, ayni muddao bolardi.Quyi palata hamda Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari boyicha qomitalari raislari, mudofaa vaziri va boshqa tegishli tuzilmalar rahbarlari quyidagi vazifalarni amalga oshirishlari zarur: amaldagi qonunchilikka tegishli ozgartish va qoshimchalar kiritish, Mudofaa doktrinasi asosida Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarini strategik qollash boyicha hujjatlar qayta ishlab chiqilishini taminlash; harbiy xizmatchilar, jamoatchiligimiz va chet ellik hamkorlarimiz ortasida mudofaa siyosatimizning asosiy prinsiplarini tushuntirish boyicha keng kolamli ishlarni tashkil etish lozim. Bu borada mazkur siyosatning ochiqligi hamda xavfsizlik va mudofaa sohasida boshqa xorijiy mamlakatlar bilan amaliy munosabatlarni rivojlantirish biz uchun ustuvor ahamiyatga ega ekaniga etibor qaratish darkor.Ikkinchidan,Mudofaa doktrinasi qoidalari va mamlakatimizning geostrategik joylashuvini hisobga olgan holda,harbiy okruglarning tarkibiy tuzilishi va vazifalaritubdan qayta korib chiqildi.Xususan, Mudofaa vazirligining barcha birlashma va qismlarining tarkibiy tuzilmasi toliq yangilandi. Biz bolinmalarga jangovar tayyorgarlik bilan tolaqonli shugullanish, harbiy xizmatchilarning kasbiy malakasini oshirish va oz yonalishi boyicha vazifalarni aniq bajarish uchun tayyor bolishiga alohida etibor qaratdik. Bunga imkon bermagan tuzilmalardan butunlay voz kechdik.Shundan kelib chiqqan holda, harbir ofitser va serjant egallab turgan lavozimidan qati nazar, oz faoliyatiga tanqidiy baho berishi kerak. Ular Men kelgusida xizmatni davom ettirishga munosibmanmi yoki yoqmi? degan savolga javob berishi shart.Men harbiy xizmatchilarimizning jismoniy va ruhiy tayyorgarligi bilan bogliq bir qator muammolarga etibor qaratmoqchiman. Nega deganda, jismoniy tayyorgarlik harbiy xizmatchilar uchun xizmat faoliyatida, harbiy karerasida va umuman, turmush tarzida hal qiluvchi omillardan biri bolishi zarur.Harbiy xizmatchilarning ruhiy jihatdan chidamli bolishi haqida gapirganda, keyingi paytda dunyoning turli mintaqalarida sodir bolayotgan qurolli toqnashuvlarda kozga tashlanayotgan bir holatga etiboringizni qaratmoqchiman. Yani, jangovar harakatlar davomida shaxsiy tarkib ortasidagi yoqotishlarning asosiy qismi kuchli ruhiy tasir va zarbalar bilan bogliq ekani malum bolmoqda. Bunday ruhiy jarohatlarni hatto tinch hayot sharoitida ham davolash juda murakkab masaladir.Shu munosabat bilan tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari barcha toifadagi harbiy xizmatchilarning jismoniy va ruhiy tayyorgarligi boyicha prinsipial jihatdan yangi meyoriy hujjatlar ishlab chiqishi zarur. Bu borada asosiy etiborni harbiy-amaliy masalalarni hal etishga yonaltirish lozim. Harbiy xizmatchilar har tomonlama soglom va chidamli bolishi, har qanday murakkab jismoniy va ruhiy sinovlarga bardosh berishi kerak.Qoshinlardagi tashkiliy-shtat ozgarishlariga oid masalalarga yana bir bor etibor qaratib, takidlab aytmoqchiman: hozirgi paytda Mudofaa vazirligi tomonidan qoshinlarni yangi tashkiliy tuzilmaga otkazish ishlari boshlandi. Bu ishlar yangi oquv yiliga qadar yakunlanishi zarur.Ana shu chora-tadbirlar haqida gapirganda, mudofaa vaziri va uning orinbosarlari etiborini ushbu vazifalarning naqadar muhim ekaniga qaratmoqchiman. Ularning ijrosini shaxsan ozim nazorat qilib boraman.Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligi P.Ergashev bu borada faqat mexanizm yaratish emas, balki uni samarali ishlatish ota muhim ahamiyatga ega ekanini chuqur anglab yetishi kerak. Qoshinlar istalgan daqiqada oz oldiga qoyilgan vazifalarni bajarishga qodir bolishi kerak. Ular jangovar tayyorgarlikning yangi tizimi boyicha muntazam shugullanib borishi, barcha harbiy xizmatchilar haqiqiy professional kadr bolishi uchun oz sohasini puxta egallashi shart.Nima uchun bu talablar bugun kun tartibiga keskin qilib qoyilmoqda? Chunki, Mudofaa vazirligidagi koplab mansabdor shaxslar ishonchni oqlamagani, ozlarini korsatishda sustkashlikka yol qoygani, ularda tashabbus yoqligi, mustaqil qarorlar qabul qilishni, masuliyatni oziga olishga tayyor emasligi bunga sabab bolmoqda.Holbuki, ularga oz qobiliyatini amalda namoyon etishi uchun barcha imkoniyatlar yaratib berilgan edi. Bunday kamchiliklar mudofaa vazirligi sobiq rahbariyati faoliyatining natijasi, desak xato bolmaydi. Ochiq aytish kerak, ular asosan eski usullar bilan ishlab, qoshinlar bilan muntazam aloqa ornatmagan, harbiy kadrlar tayyorlash masalasiga jiddiy etibor qaratmagan, zarur hollarda mustaqil qaror qabul qilishda ularga qatiyat yetishmagan.Afsuski, buning oqibatida bizda kop hollarda harbiy boshliqlar tepadan buyruq kutib otirishga organib qoldi. Yana bir bor takrorlab aytaman: har bir komandir va qomondon oz harbiy qismi va okrugining sharoitidan, mavjud jangovar vaziyatdan kelib chiqqan holda, tezkorlik bilan har tomonlama asoslangan, mustaqil qaror qabul qilishga qodir bolishi shart.Men mudofaa vazirining tavsiyasiga binoan, vazirning ikkita orinbosari, Qurolli Kuchlar akademiyasi rahbari va Chirchiq harbiy bilim yurti boshligini lavozimidan ozod qildim. Hozirgacha harbiy okrug qoshin qomondoni vazifasini vaqtincha bajarib kelayotganlardan biri bu lavozimga tasdiqlanmadi.Ayni paytda, qoyilgan talablarga javob bermayotgan va qoshinlar bilan faol ishlashdan ozini chetga olgan 40 ga yaqin harbiy xizmatchi mudofaa vaziri tomonidan ishdan boshatilgani, 36 nafarining lavozimi pasaytirilgani nimadan dalolat beradi? Bu birinchi navbatda, sohada harbiy kadrlar faoliyatini aniq baholashning reyting tizimi mavjud emasligini, oqibatda kadrlarni tanlash va joy-joyiga qoyish ishlari qoniqarsiz ekanini korsatadi.Mana shu va boshqa mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tizimda barcha ishlarni zamon talablari darajasida tashkil etish, harbiy sohada islohotlarni yanada chuqurlashtirish maqsadida men Bosh shtab boshligi hamda barcha harbiy okrug qomondonlarini yangitdan tayinladim.Shu munosabat bilan barchangizni ogohlantirib aytmoqchiman: 2018-yil sizlar uchun katta sinov yili boladi. Nega deganda, har qaysi okrug oldida turgan vazifalar, mavjud tahdid va xavf-xatarlar bir-biriga oxshamaydi. Buni har qaysi rahbar chuqur bilishi va oz faoliyati uchun zarur xulosa chiqarib olishi darkor.Yana bir muhim masala Mudofaa vazirligi qismlari va muassasalari sonini optimallashtirish boyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar doirasida harbiy shaharchalarni inventarizatsiyadan otkazish zarurati yuzaga kelmoqda.Shu munosabat bilan Bosh vazirning birinchi orinbosari A.Ramatov va joylardagi davlat hokimiyati organlari rahbarlari mudofaa vaziri A.Azizov bilan birgalikda barcha istiqbolli harbiy shaharchalardagi mavjud holatni, masalaga jiddiy yondashgan holda, puxta tahlil qilishi zarur.Bu borada boshayotgan harbiy shaharchalarni belgilangan tartibda tegishli idoralarga berish va kelgusida ulardan maqsadli va oqilona foydalanish boyicha nazorat ornatish Bosh vazir A.Aripov zimmasiga yuklanadi.Keyingi paytlarda Qurolli Kuchlarning tashkiliy tuzilmasi boyicha amalga oshirilgan chora-tadbirlar haqida soz yuritganda, Milliy gvardiya tashkil etilganini alohida takidlash lozim. Malumki, bu maxsus harbiy bolinma faoliyati jamiyat va davlat xavfsizligini taminlash, inson huquq va erkinliklarini royobga chiqarish, aholini turli terrorchilik xatarlaridan, jinoiy va boshqa noqonuniy xatti-harakatlardan himoya qilishga qaratilgan.Qisqa vaqt ichida Milliy gvardiya mamlakat xavfsizligini taminlash tizimidagi muhim boginga aylandi va Qurolli Kuchlar tarkibiy qismlari bilan yaqin hamkorlik ornatdi.Afsuski, oxirgi 15-20 yil davomida jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash masalalariga notogri yondashuv tufayli bu muhim masala etiborimizdan chetda qolib keldi. Jumladan, Xavfsizlik kengashi ham bunga yetarlicha etibor bermaganini ochiq aytish kerak. Bu tizimning aniq egasi bolmagan, bu masalalar bilan shugullanadigan bolinmalar goh Ichki ishlar vazirligi, goh Mudofaa vazirligi tasarrufida bolib kelgan. Shu sababli ushbu bolinmalar oz ornini topolmadi. Jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash boyicha oquv mashqlari deyarli otkazilmagan. Tezkor vazifalarni bajarish zarur bolgan paytda turli byurokratik tosiqlarga duch kelingan. Natijada tezkor qarorlar oz vaqtida qabul qilinmagan, vazifalar samarali bajarilmagan.Holbuki, butun dunyoda mamlakat ichida tartib-intizom va jamoat xavfsizligini taminlash bilan armiya emas, Mudofaa vazirligi emas, balki alohida tuzilmalar shugullanadi.Malumki, bugungi kunda bizXavfsiz shahar xavfsiz mamlakatkonsepsiyasi asosida yurtimizda jamoat tartibini taminlashga qaratilgan katta ishlarni amalga oshirmoqdamiz. Shu munosabat bilan mana shuyangi tuzilma, yani, Milliy gvardiya tashkil etildi.Endi bundan buyon har bir shahar va viloyatda xavfsiz hudud loyihasini amalga oshirish, jamoat tartibini saqlash uchun Ichki ishlar vazirligi bilan birga Milliy gvardiya masul va javobgar etib belgilanadi. Bu vazifalarni bajarish uchun Milliy gvardiya joylardagi davlat hokimiyati idoralari, jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlikda faoliyat olib boradi.Shu munosabat bilan Milliy gvardiya qomondoni B.Toshmatovga tashkiliy ishlarni tezroq yakunlab, ozining bevosita vazifasi bolgan jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash masalasi bilan yaqindan shugullanish topshiriladi. Bundan buyon mamlakatimizda jamoat tartibi va xavfsizligini saqlash masalasiga ichki ishlar vaziri P.Bobojonov va Milliy gvardiya qomondoni B.Toshmatov shaxsan javobgar boladi.Hozirgi paytda Milliy gvardiya tomonidan qoshinlar faoliyatining samaradorligini oshirishga yonaltirilgan tadbirlar amalga oshirilmoqda, shuningdek, oz Vataniga sadoqatli, yuqori malakali harbiy kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish boyicha ishlar davom ettirilmoqda.Uchinchidan,mamlakatimizdagi barcha turdosh korxonalarni birlashtirganMudofaa sanoati boyicha davlat qomitasining tashkil qilinishimilliy mudofaa-sanoat kompleksini shakllantirish yolidagi birinchi va muhim qadam boldi.Shuni ochiq tan olish kerakki, tegishli ilmiy va sanoat salohiyatiga ega bolgan holda, biz 25 yil davomida mamlakatning mudofaa-sanoat kompleksini tashkil qilishga umuman etibor qaratmadik. Bu esa, tabiiyki, Qurolli Kuchlarni harbiy texnika va qurol-yaroglar bilan taminlash darajasiga salbiy tasir korsatdi.Masalan, radio aloqa uskunalarini ishlab chiqarish boyicha biz amalga oshirgan loyihani olaylik. Ozingiz guvoh bolganingizdek, uni hayotga joriy etish uchun bor-yogi toqqiz oy yetarli boldi. Bu haqda jiddiy oylab korish kerak.Jahon tajribasidan malumki, rivojlangan mudofaa sanoati innovatsion va yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyotning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi.Ishonchim komilki, iqtisodiyotning tolaqonli mudofaa sektorini shakllantirish boyicha biz boshlagan ish yaqin kelajakda milliy armiyamizni qurol-yarog va harbiy texnika bilan taminlash bilan birga qoshimcha ish orinlari yaratish, mamlakatimiz iqtisodiyotini diversifikatsiya qilish imkonini ham beradi.Ushbu yonalishda harbiy va ikki xil maqsadda foydalanish mumkin bolgan, import ornini bosadigan, raqobatbardosh va eksportga yonaltirilgan mahsulotlar ishlab chiqarishni ozlashtirishga qaratilgan kompleks vazifalarni ham hal qilishimiz kerak.Mamlakatimizda mudofaa sanoati kompleksini rivojlantirish boyicha ulkan salohiyat va imkoniyatlar mavjud. Biroq biz ulardan umuman foydalanmayapmiz. Masalan, joylardagi davlat hokimiyati organlari rahbarlari hududlarda harbiy xizmatchilar uchun maxsus kiyim-kechaklar, ekipirovka, turli asbob-uskunalar, quruq payoklar ishlab chiqarish, ikki xil maqsadda foydalanish mumkin bolgan mahsulotlarni tayyorlaydigan sexlarni tashkil qilish boyicha katta imkoniyatlarga ega. Bularning barchasi bizga qoshimcha ish orinlari yaratishda juda qol keladi. Prezidentning yaqinda elon qilingan farmoni bilan sizlarga bu borada tegishli vakolatlar berilgan. Sizlar harbiy qoshin turlarining talab va ehtiyojlarini organib, bu yonalishda ishni togri tashkil etishingiz mumkin-ku!Endi viloyat hokimlari va okrug rahbarlarining faoliyatiga shu vazifa qanday bajarilayotganiga ham qarab baho beramiz.Biz Mudofaa sanoati boyicha davlat qomitasini Toshkent qishloq xojaligi texnikasi zavodi hududida joylashtirish haqida qaror qabul qildik. Nega deganda, mazkur qomitaning boshqaruv apparati bevosita ishlab chiqarish muhitida doimiy faoliyat olib borishi lozim.Bosh vazir orinbosari N.Otajonov va Mudofaa sanoati boyicha davlat qomitasi raisi A.Ibodullayev 2018-yilda qomita faoliyatini samarali tashkil qilish boyicha yol xaritasi ishlab chiqishni qisqa muddatda yakunlab, Qurolli Kuchlarning bugungi holati va kelajak istiqbollarini hisobga olib, uni amalga oshirishga kirishishi zarur.Bu borada tegishli muassasalar va xorijiy hamkorlarimizning yetakchi tashkilotlari bilan bitimlar tuzish va davlatlararo qomitalar yigilishlarini otkazgan holda, togridan-togri yaqin hamkorlikni yolga qoyish kerak.Bosh vazir A.Aripov, Bosh vazir orinbosari N.Otajonov, Xavfsizlik kengashi kotibi V.Mahmudov, Mudofaa sanoati boyicha davlat qomitasi raisi A.Ibodullayev, Fanlar akademiyasi prezidenti B.Yoldoshev 15 kun muddatda bu masala boyicha tegishli hujjatlarni tayyorlab, korib chiqish uchun kiritsin.Tortinchidan,mamlakatimizning mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda joylardagi davlat hokimiyati organlarining faolligini va rolini oshirish boyicha ishlar sifat jihatdan butunlay yangi bosqichga kotarildi.Milliy armiyamiz bizning iftixorimiz va gururimiztamoyili asosida hududlarda mudofaa sohasida yagona davlat siyosatini yuritish, armiya va xalqning yakdilligini taminlash maqsadidaharbiy-mamuriy sektorlartashkil etildi.Barchamiz bir fikrni yaxshi anglab olishimiz kerak: el-yurtimizning tinchligini taminlash maqsadida bugun mudofaa sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning qanchalik samara berishi armiya va xalqning birdamligiga bogliq.Afsuski, yoshlarni, umuman, mamlakatimiz aholisini harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlariga Mudofaa vazirligi va boshqa daxldor idoralar tomonidan yetarli ahamiyat berilmagan, desak, haqiqatni aytgan bolamiz.Biz bu borada quyidagi holatlarni hisobga olgan holda, harbiy-mamuriy sektorlar tashkil etish haqida qaror qabul qildik.Birinchidan,harbiy okruglar va joylardagi davlat hokimiyati organlari ortasidagi ozaro hamkorlik darajasi qoshinlarda vujudga kelgan dolzarb muammolarni hal qilish boyicha ishlarni samarali olib borish imkonini bermayotgan edi.Bu tadbirlar asosan muddatli harbiy xizmatga chaqiruvlar, harbiy xizmatchilarni zaxiraga boshatish va shuningdek, bayramlar paytidagi birgalikdagi faoliyat bilan cheklanar edi.Ikkinchidan,harbiy okruglar va qismlarning mansabdor shaxslari tomonidan aholi bilan muloqot yolga qoyilmagan edi. El-yurtimizni harbiy qurilish va mamlakatimiz mudofaa qobiliyatini mustahkamlash sohasidagi ozgarishlardan xabardor qilish, fuqarolarning ozini ozi boshqarish organlari va fuqarolik jamiyati institutlari bilan ozaro hamkorlik boyicha ishlar olib borilmagan edi.Uchinchidan,mahalliy byudjetlar mablaglarini harbiy qismlardagi ustuvor ahamiyatga molik loyihalarni moliyalashtirish uchun jalb qilish boyicha amaliy mexanizm yoq edi. Bu hol harbiy-vatanparvarlik, harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish, harbiy infratuzilmalarni rivojlantirish bilan bogliq masalalarni tez va samarali hal etish imkonini bermas edi.Tortinchidan,eng yomoni, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik va manaviy-axloqiy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash va oqitish, navqiron avlodimizni bizning xalqimizga mutlaqo begona bolgan buzgunchi goyalardan himoya qilish masalalariga zarur darajada etibor qaratilmadi.Ayniqsa, diniy ekstremizm goyalariga berilib, yoldan adashgan yoshlarni soglom turmush tarziga qaytarishda biz Qurolli Kuchlar safida xizmat qilayotgan askar va ofitserlarimizning salohiyatidan foydalana olmayapmiz.Holbuki, Vatan himoyasida toblangan mard oglonlarimiz ozining mardlik va jasurlik fazilatlari, yuksak vatanparvarlik tuygusi bilan obro-etibor qozongan harbiy xizmatchilarimiz yoshlarga har tomonlama ibrat va ornak namunasi bolishi mumkin.Bir fikrni hech qachon unutmasligimiz kerak: armiyani moddiy jihatdan barcha zamonaviy zarur texnika va jihozlar, qurol-yaroglar bilan taminlash mumkin. Ammo shaxsiy tarkib manaviy jihatdan zaif bolsa, yani, askar va ofitserlarimizda jangovar ruh, Vatanga mehr va sadoqat, uning taqdiri uchun masuliyat bolmasa yoki ularning ortasida beparvolik hukm sursa, bunday holat nihoyatda noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin.Bugungi yigilishning barcha ishtirokchilari va joylardagi davlat hokimiyati organlari rahbarlari ushbu masalani ulkan hayotiy ahamiyatga ega, mamlakatimiz va fuqarolarimiz xavfsizligiga, milliy armiyamizning mudofaa qobiliyatiga bevosita tasir korsatadigan ota muhim vazifa sifatida qabul qilsin.Beshinchidan,yosh avlodimizda qatiy hayotiy pozitsiya va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak masuliyat tuygusini shakllantirish alohida muhim ahamiyatga ega. Shuni hisobga olib, mamlakatimizdaorta maktabdan boshlab oliy oquv yurtlarigacha qamrab oladigan uzluksiz harbiy talim va vatanparvarlik tarbiyasi boyicha oziga xos noyob va yaxlit tizim yaratilmoqda.Ushbu tizim mutlaqo yangi Qurolli Kuchlar akademiyasini shakllantirishni, harbiy bilim yurtlari, litsey va kollejlar faoliyatini takomillashtirishni,Temurbeklar maktabiharbiy akademik litseylari tashkil etishni kozda tutadi.Ayni vaqtda, aytish joizki, korilayotgan chora-tadbirlarga qaramasdan, harbiy kadrlarni tayyorlash tizimi zamon talablariga toliq javob bermaydi. Buning sababi ayrim mansabdor shaxslar, masalaning mohiyati va ahamiyatini yetarli darajada tushunmagani bilan bogliq desak, togri boladi.Akademiyada oquv jarayonini tashkil qilishda eskicha yondashuvlar hali ham bartaraf etilmagan. Bunday holat bilan murosa qilib bolmaydi. Biz bu masalada doimo zamon bilan birga qadam tashlashimiz, kerak bolsa, undan oldinda yurishimiz zarur. Akademiyada va boshqa harbiy oquv yurtlarida zamonaviy shart-sharoitlarni xojakorsinga yaratganimiz yoq. Aksincha, kursantlarimiz va tinglovchilarimiz talim sohasida eng ilgor, innovatsion bilim va konikmalarga ega bolishi zarur. Mana, bizning asosiy maqsadimiz.Bundan tashqari, harbiy qoshinlarni zamonaviy texnika va qurol-yarog bilan taminlash masalasining dolzarb ahamiyatga ega ekanini hisobga olib, yuqori malakali ofitser kadrlarni tayyorlashda xorijiy tillar, jumladan, rus tilini organishga alohida ahamiyat berish darkor.Shuningdek, avlodlar ortasida uzviylik va ustozlik ananalari yoqolgani ham otkir muammo bolib qolmoqda. Buning sababi, birinchi navbatda, ayrim rahbarlarning oziga orinbosarlar tayyorlash, ozining issiq joyini yoshlarga boshatib berishni xohlamasligi bilan bogliq. Ular yoshlarning malakasini oshirish va xizmat pillapoyalaridan kotarilishiga ongli ravishda tosiq bolmoqda, desak, buyam haqiqat.Men etibor qaratmoqchi bolgan yana bir masala, bu kadrlarimizni xorijiy davlatlarda tayyorlash bilan bogliq. Malumki, biz oshib-toshib ketgan boy davlat emasmiz. Shuning uchun bu masalaga chuqur oylamasdan yondashishga haqqimiz yoq. Bu borada nomzodlarni har tomonlama puxta saralashimiz va tayyorlashimiz kerak. Toki, ular olgan bilim va tajribalarini keyinchalik amalda qollash va joriy etishga qodir bolsin. Shu bilan birga, yangi bilim va goyalarni yanada keng yoyish maqsadida harbiy oqituvchilarimizni chet ellarda tayyorlash masalasiga katta etibor qaratish zarur.Bosh vazir A.Aripov, Davlat maslahatchisi R.Qosimov, mudofaa vaziri A.Azizov Akademiya faoliyatini takomillashtirish boyicha ishlarning birinchi bosqichini oz vaqtida va sifatli yakuniga yetkazishni, navbatdagi chora-tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, tegishli infratuzilmalarni yaratishni taminlasin.Milliy gvardiya qomondoni B.Toshmatov Harbiy-texnika instituti faoliyatini takomillashtirish boyicha qabul qilingan chora-tadbirlarni sifatli va toliq amalga oshirishni taminlasin. Bu jarayonda ozi shaxsan ishtirok etib, mazkur institutni mamlakatimizning eng yaxshi oliy oquv yurtlaridan biriga aylantirishi lozim. Kelgusida armiyamiz uchun yuksak malakali tayyor kadrlar, kerak bolsa, Qurolli Kuchlar qomondonlari darajasidagi nomzodlar zaxirasi aynan mana shu oquv yurtidan yetishib chiqishi zarur.Bosh vazir A.Aripov, Bosh vazir orinbosari J.Qochqorov, Davlat maslahatchisi R.Qosimov, Milliy gvardiya qomondoni B.Toshmatov Harbiy-texnika institutining moddiy-texnik bazasi va kadrlar salohiyatini oshirish boyicha bir oy muddatda Prezident qarori loyihasini tayyorlab, belgilangan tartibda kiritsin.Mudofaa vaziri orinbosari A.Ikromov: yuqorida aytib otilgan muammolarni hisobga olgan holda, kadrlar bilan ishlash, ularni tayyorlash va malakasini oshirish boyicha samarali tizim faoliyatini taminlasin, oliy harbiy talim muassasalarimiz bilan mamlakatimizdagi va xorijdagi yetakchi oliy oquv yurtlari ortasida yaqin hamkorlikni yolga qoysin; boy amaliy tajribaga ega bolgan harbiy xizmatchilar va xodimlar orasidan eng munosib shaxslarni oqituvchilik faoliyati uchun tanlab olish boyicha samarali tizimni joriy etsin. Tanlab olingan oqituvchilar malakasini oshirishni shunday yolga qoyish kerakki, ular yosh kadrlarni tayyorlashda oz salohiyatini yanada toliq safarbar etishga erishsin. Shu munosabat bilan biz bazi harbiy pensionerlarni oqituvchilik faoliyatiga jalb etish boyicha qaror qabul qildik.Milliy gvardiya qomondoni B.Toshmatov Milliy gvardiya oquv yurtlarida ham xuddi shunday tizimni joriy etsin.Shu munosabat bilan Qurolli Kuchlar akademiyasi qoshida mamlakatimizdagi barcha harbiy talim yonalishidagi oliy va orta maxsus bilim yurtlari faoliyatini oquv jarayoni va ilmiy nuqtai nazardan muvofiqlashtiradigan Ilmiy-metodik kengash tashkil etilsin. Ushbu kengashga raislik qilish Xavfsizlik kengashi kotibi V.Mahmudovga, kengash raisining orinbosari vazifasi esa Davlat maslahatchisi R.Qosimov zimmasiga yuklatilsin.Oltinchidan,yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish boyicha amalga oshirilayotgan say-harakatlarimizning mantiqiy davomi sifatidaQurolli Kuchlar tizimida Ozbekiston yoshlar ittifoqining boshlangich tashkilotlari tashkil etildiva oz faoliyatini boshladi. Bu, oz navbatida, yosh harbiy xizmatchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga jalb etish, intellektual va ijodiy salohiyatini royobga chiqarishga xizmat qilmoqda.Malumki, hozirgi vaqtda Ozbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan mamlakatimizdagi harbiy tuzilmalar bilan birgalikda unib-osib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boyicha ish olib borilmoqda va uning samarasini oshirish lozim.Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashining mintaqaviy tuzilmalarini tashkil etish orqali mazkur kengashning vazifalari qayta korib chiqildi va kengaytirildi. Ushbu kengash va uning tuzilmalari bugungi kunda jamoat birlashmalari, fuqarolik jamiyati institutlari va harbiy qismlar ortasida yaqin hamkorlikni taminlash boyicha ishonchli koprikka aylandi. Ular harbiy xizmatchilar va chaqiriqqacha bolgan yoshlar ortasida yuksak manaviy-axloqiy fazilatlarni shakllantirish, harbiy xizmat nufuzini oshirish, harbiy xizmatchilarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilishni kuchaytirishga xizmat qilmoqda.Ushbu yonalishda amalga oshirilayotgan ishlarning samarasini oshirish maqsadida Prezidentning Davlat maslahatchisi Q.Quronboyev, Mudofaa vazirligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi raisi I.Mirzaaliyev, Respublika Manaviyat va marifat markazi rahbari A.Qodirovga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda alohida dastur ishlab chiqish vazifasi topshiriladi.Yettinchidan,xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik aloqalarimiz sezilarli darajada faollashdi. Chet ellik sheriklarimiz bilan harbiy va harbiy-texnik hamkorlikni mustahkamlash boyicha13 ta amaliy harakatlar rejasi yoki yol xaritasi amalga oshirilmoqda.Bu orinda shuni takidlash kerakki, harbiy sohada xalqaro miqyosdagi tadbirlar soni kopayishiga qaramasdan, Mudofaa vazirligi qoshinlari faoliyatiga ilgor xorijiy tajribalarni amaliy jihatdan joriy etish darajasi pastligicha qolmoqda. Orttirilgan tajribani organish va joriy qilish borasidagi ishlar tizimli asosda olib borilmayapti.Shu munosabat bilan mudofaa vaziri A.Azizov bu masalaga ham alohida etibor qaratishi zarur. Milliy armiyamizni zamonaviy qurol-yarog va texnikalar bilan taminlash jarayonida harbiy xizmatchilarimizni professional jihatdan shunga mos ravishda tayyorlash hal qiluvchi vazifalardan biri bolib turibdi.Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshligi P.Ergashev qoshinlarning jangovar tayyorgarligi boyicha tizimni takomillashtirish doirasida ushbu masalaga ham jiddiy etibor qaratsin. Ayniqsa, harbiy xizmatchilar tomonidan zamonaviy texnika va qurol-yaroglarni puxta egallash, ularni asrab-avaylab ishlatish, bu borada yoqilgi-moylash materiallari, oq-dori va boshqa resurslardan oqilona foydalanish ustidan qatiy nazorat ornatishga alohida ahamiyat berish zarur.Sakkizinchidan,mamlakatimizdaharbiy xizmatchilarni, ularning oila azolari va faxriylarni ijtimoiy himoyalashni kuchaytirishboyicha katta ishlar amalga oshirilmoqda.Hududlarda kop qavatli uylar bosqichma-bosqich foydalanishga topshirilmoqda. Harbiy xizmatchilarni uy-joy bilan taminlash borasida, jumladan, uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari berilishini kozda tutadigan yangicha yondashuvlar joriy etilmoqda.Hozirgi kunga qadar mamlakatimiz hududlarida 28 ta ana shunday uy-joy foydalanishga topshirildi, 522 nafar harbiy xizmatchining oilasi zamonaviy, shinam kvartiralar bilan taminlandi.Yaqin ikki oy ichida yana 720 nafar harbiy xizmatchining oilasi yangi uylarga kochib otadi. Bu ishlar doimiy asosda davom ettirilib, har yili 1500 nafar Vatan himoyachisining oilasi uy-joy bilan taminlanadi.Afsuski, bu masalada ham barcha rahbarlar berilgan topshiriqning mano-mohiyati va ahamiyatini toliq tushunib yetmayapti. Natijada ushbu loyihani boshlash hech bir sababsiz bir necha oyga chozilib ketdi va shaxsan ozim ushbu masala bilan shugullanishimga togri keldi.2018-yil uchun rejalashtirilgan uylarni qurish boyicha ishlar bugunoq boshlanishi kerak. Nega deganda, joriy yilda harbiy xizmatchilarning oilalari uchun yurtimizning barcha hududlarida 100 ta kop qavatli uy qurish belgilangan. Bu borada qandaydir bahona yoki sabablarni rokach qilishga hech kimning haqqi yoq, bu masala boyicha talab qattiq boladi.Bundan tashqari, qoshinlarni oziq-ovqat bilan taminlash boyicha birinchi martaautsorsing tizimijoriy qilindi. Autsorsing degani shuki, harbiy xizmatchilarga kunlik ovqat tayyorlab berish bilan endi armiyaning ozi emas, balki mustaqil tashkilotlar shugullanadi. Bu ishni tashkil qilish joylardagi hokimiyatlarga topshiriladi. Bunday tizimning joriy etilishi shaxsiy tarkibni unga xos bolmagan vazifalardan ozod qilib, harbiy xizmatchilarning butun kuch-gayratini oz professional malakasini oshirishga qaratish imkonini beradi. Biz bu yonalishdagi ishlarni albatta davom ettiramiz.Hurmatli majlis ishtirokchilari!Barchangizning etiboringizni muhim bir masalaga qaratmoqchiman. Bundan buyon men qaysi hududga xizmat safariga boradigan bolsam, birinchi kuni joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar qanday borayotgani bilan tanishaman. Ikkinchi kuni esa, shu hududdagi harbiy-mamuriy sektorlardagi ahvolni har tomonlama organib chiqaman. Yil davomida shunday tartibda ish olib boramiz. Hokimlar, okrug qomondonlari va boshqa tegishli mutasaddi rahbarlar buni albatta etiborga olishi lozim.Sizlarga malumki, amalga oshirilayotgan chuqur ozgarishlar natijasida Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari jamiyatimizning ajralmas bir qismiga, mamlakatimiz barqarorligi va taraqqiyotining kafolatiga, harbiy xizmatchilar va yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning muhim institutiga aylanmoqda.Ayni paytda butun dunyoda, jumladan, yon-atrofimizda xalqaro terrorizm, ekstremizm va radikalizm xavfi tobora ortib bormoqda, ayrim hududlarda qurolli toqnashuvlar hamon davom etmoqda. Ana shunday keskin vaziyatdan kelib chiqqan holda, mavjud tahdidlarga qarshi munosib zarba berishga tayyor bolishimiz, Ozbekistonning tinch va barqaror rivojlanishini taminlash maqsadida Qurolli Kuchlarimizni yanada isloh qilish, uning jangovar tayyorgarligi va qobiliyatini yuksaltirish boyicha kelgusida amalga oshiradigan ishlarimizni izchil davom ettirishimiz zarur.Shu munosabat bilan asosiy say-harakatlarimizni quyidagi ustuvor vazifalarga qaratishni goyat muhim, deb hisoblayman.Birinchidan,mamlakatimiz mudofaa qudratini mustahkamlashdafuqarolik jamiyati va joylardagi davlat hokimiyati organlarining rolini oshirish va faollashtirishlozim.Barcha bogindagi hokimiyat organlari rahbarlari qoshinlarning kundalik hayotida, harbiy shaharchalar barpo etish va ularning infratuzilmasini yaxshilash, yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy xizmatchilarda gurur, sadoqat va vatanparvarlik tuygusini, jangovarlik ruhi va istalgan paytda Vatan himoyasiga tayyorgarlikni tarbiyalashda faol ishtirok etishi shart.Ushbu sohada yagona davlat siyosatini ishlab chiqishda asosiy masuliyat Mudofaa vazirligi zimmasiga yuklanadi. Bu borada amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar keng dunyoqarash va yuksak intellektual darajaga ega bolgan, oz fuqarolik burchini ado etishga masuliyat bilan yondashadigan yoshlarni tarbiyalashga xizmat qilishi darkor.Shu bilan birga, harbiy xizmatni otab qaytgan yoshlarning ijtimoiy muammolarini hal etish, jumladan, ularni ish bilan taminlashga alohida etibor qaratish lozim. Qurolli Kuchlarimiz barcha davlat idoralari, muassasa va korxonalar uchun yetuk kadrlar tayyorlaydigan haqiqiy mardlik va yuksak vatanparvarlik maktabiga aylanishiga erishishimiz zarur.Harbiy xizmatchilarni harbiy-vatanparvarlik va manaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashni yanada kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishda xalqimizning qadimiy tarixi, buyuk ajdodlarimiz merosi va ularning harbiy sanatni rivojlantirishga qoshgan hissasini chuqur organish muhim ahamiyatga ega.Hech shubhasiz, Vatan oldidagi burchini ado etish chogida yurtimiz ozodligi, xalqimizning bugungi tinch va osoyishta hayotini taminlash yolida halok bolgan mard va jasur oglonlarimizning aziz xotirasiga ehtirom korsatish biz uchun ham farz, ham qarzdir.Shu munosabat bilan tegishli vazirlik va huquq-tartibot idoralari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari ana shunday qahramonlarimizning xotirasini abadiylashtirish, ularning oilasi va yaqinlariga har tomonlama gamxorlik korsatish va qollab-quvvatlash borasidagi ishlarni yanada kuchaytirishi lozim.Oz xizmat burchini bajarish chogida mardlarcha halok bolgan harbiy xizmatchilarimiz jasoratini uluglash, yosh avlod uchun ibrat namunasiga aylantirish maqsadida Bosh vazir A.Aripov, Davlat maslahatchisi X.Sultonovga tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda shu mavzuga bagishlanganXotira kitobini yuqori saviyadanashr etishboyicha taklif tayyorlash vazifasi topshiriladi.Ikkinchidan,harbiy okruglar qoshinlarining jangovar tarkibini yanada takomillashtirish,jangovar shayligi va harbiy qobiliyatini kuchaytirish, shuningdek, qoshinlarni boshqarish tizimini avtomatlashtirish va optimallashtirish orqali armiyamizning oz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish salohiyatini oshirishimiz zarur.Uchinchidan,mamlakatimiz xavfsizligini taminlash va tashkiliy-shtat tuzilmalarini takomillashtirish boyicha konseptual hujjatlar yangilangani munosabati bilanQurolli Kuchlarni rejalashtirish va ularni qollashning meyoriy-huquqiy asoslarini qayta korib chiqishlozim.Tortinchidan,qoshinlarning jangovar va tezkor tayyorgarlik tizimini yanada takomillashtirish, oquv mashqlari faolligini, ularning samaradorligini oshirish muhim vazifadir.Oquv mashgulotlari harbiy bolinmalarni imkon qadar toliq qamrab olgan va ozaro hamkorlikda harakat qiladigan tuzilmalarni jalb etgan holda otkazilishi lozim. Shu asosda boshqaruv organlari va bolinmalar imkoniyatlari, askardan tortib komandirgacha bolgan har bir harbiy xizmatchining xatti-harakati va jangovar vazifalarni bajarishda qollanayotgan taktikaning maqsadga muvofiqligi va togri ekanini baholash mumkin boladi.Beshinchidan,qoshinlarning real ehtiyojlarini tizimli ravishda tahlil qilib borish, ularning zamonaviy qurol-yarog va texnika bilan taminlanish darajasini oshirishdoimo etiborimiz markazida bolishi kerak.Bu borada Mudofaa vazirligi, Mudofaa sanoati boyicha davlat qomitasi tomonidan 2018-2021-yillarga moljallangan qoshinlarni modernizatsiya qilish va zamonaviy qurol-yarog va harbiy texnika bilan taminlash boyicha kompleks dasturni toliq amalga oshirish lozim.Oltinchidan,harbiy xizmatchilarning ijtimoiy taminot tizimini yanada takomillashtirishbiz uchun eng muhim vazifa bolib qoladi. Bu borada 2020-yilgacha moljallangan Qurolli Kuchlarni ijtimoiy rivojlantirish tizimini takomillashtirish boyicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish dolzarb ahamiyatga egadir.Hurmatli majlis qatnashchilari!Bugungi yigilishni yakunlar ekanmiz, quyidagi masalalarni alohida takidlash zarur, deb hisoblayman.Birinchidan,Qurolli Kuchlar, harbiy okruglar qomondonligi, davlat hokimiyati organlari rahbarlari va ushbu yigilishda ishtirok etayotgan barcha mansabdor shaxslar chuqur tushunib olsin: bizning barcha kuch va imkoniyatlarimiz men bugun qisqacha bayon qilgan,kuni kecha qabul qilingan aniq chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish uchun tola safarbar etilishi shart.Ikkinchidan,yaqinlashib kelayotgan Vatan himoyachilari kunini nishonlash masalasiga alohida toxtalib otish lozim, deb hisoblayman.Malumki, hozirga qadar biz ushbu sana munosabati bilan Toshkent shahrida respublika miqyosida tantanali bir tadbir otkazish bilan cheklanar edik. Bunday tajriba endi eskirib qoldi va undan voz kechish vaqti keldi, deb oylayman.Bu masalaning hayotimizdagi ota muhim, aytish mumkinki, hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanini inobatga olib, Vatan himoyachilari kunini rasmiyatchilikdan xoli, kotarinki va tasirchan ruhda, haqiqiy xalq bayrami sifatida, yangicha shaklda tashkil etish zarur. Bunday tadbirlarni ayniqsa hududlarda, Qoraqalpogiston Respublikasi va viloyatlarda harbiy-mamuriy sektorlar mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari ishtirokida, yuksak saviyada otkazishga alohida etibor qaratish darkor.Qadrli dostlar!Sozimning yakunida sizlarni va oila azolaringizni yana bir borOzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kunibilan samimiy tabriklayman.Sizlarning sharafli va masuliyatli xizmatingizda ulkan yutuqlar va oilaviy baxt tilayman. dle 11.2
0