Ella Ostrogojskaya sobiq moliya vaziri bilan til biriktirib, Prezidentni aldab kelgan

Prezident Shavkat Mirziyoyev oz murojaatnomasida tilga olgan Ostrogorskiy familiyasi ostida kim nazarda tutilgani muhokamalarga sabab bolgan edi.Gazeta.uzninganiqlik kiritishicha, Prezident bunda Moliya vazirligining Davlat byudjeti bosh boshqarmasi sobiq boshligi Ella Ostrogojskayani nazarda tutgan.Bir muddat ilgari OzA moliya vazirligi bilan bogliq vaziyatga izoh berarkan, yaqin vaqt ichida Prezident tanqid qilgan, ijtimoiy tarmoqlarda koplab shov-shuvlarga sabab bolayotgan Ostrogojskaya xonim haqidagi chin malumotlar bilan tanishtirishni vada qilgan edi. 27-dekabr kuni agentlik elon qilgan maqoladan Ostrogojskayaga bagishlangan bir necha abzats orin oldi. Quyida bu malumotni keltiramiz. Foto: Gazeta.uzElla Ostrogojskaya aslida kim bolgan?Ijtimoiy tarmoqlardagi malumotlarda Ella Ostrogojskayaning aql bovar qilmas darajada "ozlashtirib yuborilgan" mablaglari va uning chet elda oqib, osha yerda yashab qolgan farzandi haqida bayon etilgan. Shuningdek, uning chet davlatlarda mulklari borligi va boshqa mamlakat fuqaroligiga ham ega ekani qayd etilgan.Bizda bu faktlarni tasdiqlovchi malumotlar yoq. Qolimizdagi rasmiy malumotlar esa quyidagicha:E. Ostrogojskaya kop yillar moliya vazirligining davlat budjeti bosh boshqarmasining boshligi lavozimida ishlagan. Faoliyati davomida mamlakatimiz iqtisodiyotiga va davlat budjetiga katta zarar yetkazgan. Ozini xon, kolankasini maydon, deb hisoblagan bu amaldor budjet profitsiti korsatkichlarini soxtalashtirish, bu orqali esa soxta obro-etibor qozonishga harakat qilgan. Har yili hisobot yilining 15-dekabridan boshlab budjet tashkilotlari boyicha barcha turdagi xarajatlarni, jumladan, oziq-ovqat, dori-darmon va boshqa zaruriy tolovlarni suniy toxtatib qoygan. Sobiq vazir (maqolada gap qaysi sobiq vazir haqida ekanligiga aniqlik kiritilmagan Daryo) bilan til biriktirib, davlat rahbariga yolgon hisobot berishni odatiy holga aylantirgan.Oqibatda hududlarning rejadan oshirib bajargan daromadlari respublika budjetiga majburan olib qoyilgan. Ularning ustidan hukm otkazib, bosh egib kelmaguncha erkin mablaglar qoldigi ularning ixtiyoriga qaytarib berilmagan.Vaziyat shu darajagacha yetib borganki, E. Ostrogojskaya sobiq vazir va xodimlar boshqarmasining sobiq boshligi bilan til biriktirib, vazir orinbosarlariga ham tazyiq otkaza boshlagan. Oziga yoqmaganlarning lavozimini pasaytirgan yoki ularni ishdan boshatgan. Birgina misol: hududlarning moliyaviy haq-huquqlarini himoya qilgan vazir orinbosarlaridan birini dastlab jamgarmaga, keyinchalik eng quyi boginga ishga yuborgan. Bugungi kunda haqiqat qaror topib, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan mazkur shaxs munosib lavozimga tayinlandi.Davlat budjeti loyihasini tayyorlashda xalqimizning eng zarur ehtiyojlari umuman hisobga olinmagan. Shu orinda bir fakt: 2016-yilgi davlat budjetida tez tibbiy yordamning bir chaqiruvi uchun bor-yogi 483 som kozda tutilgan. Mamlakatimiz boyicha dori-darmon va tibbiyot vositalariga 229 milliard som mablag ajratilgan. Bu raqamlarni taqqoslash uchun 2018-yilgi davlat budjeti parametrlarida tez tibbiy yordamning bir chaqiruvi uchun 5 ming som yoki dori-darmon va tibbiyot vositalariga 915 milliard som (4 baravar kop) rejalashtirilganligini korsatib otish mumkin. Endi tasavvur qiling, tez tibbiy yordamning bir chaqiruvi uchun 483 som belgilagan bu jonkuyarlar nahotki ketadigan haqiqiy xarajatlarni hisobga olmagan bolsa?Bitta shprits yoki bint ham bundan qimmat-ku?!Texnika xarajatlari, shifokorning bir kunlik mehnatini kim qoplaydi?!Aslida tez tibbiy yordamga chaqirilgan shifokorlarning kozingizga qarab turishiga, jamiyatimizda korrupsiyaga yol ochgan shaxslar shular emasmikan?!Bu hali bir sohaning bir yonalishi. Endi qolganlarini ozingiz tasavvur qilavering! dle 11.2
0