Yangiqorgonda bayram munosabati bolalarga oquv qurollari toplamlari taqdim etildi

Yangiqorgon tumanida 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kunidagi tadbirlar Ozbekistondagi eng katta musiqiy favvoralardan biri joylashgan Eko-park hududida boshlandi. Bu yerda tumandagi maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilari tomonidan tayyorlangan buyumlar korgazmasi tashkil etildi, deya xabar beradi tuman hokimligi axborot xizmati. Foto: Yangiqorgon tuman hokimligi axborot xizmatiBog maydonida Ertaklar olamiga sayyohat shiori ostida ertaklar, qogirchoq teatridan korinishlar sahnalashtirildi. Asfaltda chizilgan rasmlar korik-tanlovi otkazildi.Shundan song tuman madaniyat bolimi tomonidan tayyorlangan bayram konserti boshlandi. Unda bogcha tarbiyalanuvchilari tomonidan Tovus, Ozbek bolasi, Matryoshkalar, Qogirchoq, Jodu deb nomlangan, shuningdek, hindcha, gruzincha, italyancha raqslar ijro etildi. 3-MTMning jajji gimnastikachi qizlari davradagilarni abjirligi bilan lol qoldirdi.Tuman adliya bolimi tomonidan bola huquqlari sodda tilda va suratlar bilan aks ettirilgan flayerlar tarqatildi. Bolalar homiylar tomonidan muzqaymoq bilan siylandi. Foto: Yangiqorgon tuman hokimligi axborot xizmati17-bolalar musiqa va sanat maktabiga tumandagi umumtalim maktablari oquvchilari nogironligi bolgan, kam taminlangan oilalarning 80 nafardan ortiq farzandi taklif etildi. Bu yerda ularning har biriga talim xodimlari kasaba uyushmasi tomonidan tayyorlangan oquv qurollari toplamidan iborat sovgalar berildi. Ular uchun konsert dasturi uyushtirilib, bayram dasturxoni yozildi. Foto: Yangiqorgon tuman hokimligi axborot xizmatiBayram kunlari tumandagi 20- va 37-ixtisoslashtirilgan maxsus maktabgacha talim muassasalari tarbiyalanuvchilari ham yoqlanib, ularga oyinchoqlar tarqatildi, tuman madaniyat bolimi sanatkorlari tomonidan konsertlar uyushtirildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0