Fargonalik jurnalistlar Muruvvat uyida tarbiyalanayotgan bolalarni yoqladi

Ozbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Fargona viloyat bolimi vakillari hamda Dono nashriyoti jamoasi Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Fargona shahridagi nogironligi bolgan bolalar Muruvvat uyida boldi. Bu haqda Daryoning Fargonadagi muxbiri xabar berdi. Foto: DaryoUlar bolalarni bayram bilan tabriklab, televizor hamda Olam aro, Bilimdon, Znayka, Dono vord jurnallarining yangi sonlarini sovga qildi. Bolajonlar bilan otkazilgan viktorinada ular ozlari yod olgan sher, badiy asarlardan parcha oqib berdi. Goliblar Dono nashriyotining maxsus sovgalari bilan taqdirlandi. Foto: DaryoOzbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi Fargona viloyati bolimi raisi Muhammadjon Obidov Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilariga uyushma homiyligida chop etilgan yangi kitoblarni topshirdi. Foto: Daryo Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilari orasida kelgusida ommaviy axborot vositalarida ishlashga qiziqqanlar bor ekan. Biz ular bilan yuqori sinf oquvchisi bolganlarida alohida mashgulotlar olib boramiz. Dono nashriyoti esa ularni bolalar jurnallarining yangi sonlari bilan bepul taminlab turadi, deydi Muhammadjon Obidov.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0