Andrey Babish yana Chexiya bosh vaziri lavozimiga tayinlanadi

Chexiya prezidenti Milosh Zeman 6-iyun kuni Andrey Babishni ikkinchi marta respublika bosh vaziri lavozimiga tayinlaydi, deb yozadi EADaily. Foto: “RIA Novosti”Bu haqda Chexiya yetakchisi 31-may kuni ikki siyosatchining uchrashuvidan so‘ng ma’lum qildi. Shuningdek, muzokaralar yakuniga ko‘ra, ANO harakati yetakchisi lavozimga tayinlangandan so‘ng vazirlar mahkamasini shakllashtirish uchun bir muddat olishini bildirgan. Uning so‘zlariga qaraganda, yangi hukumatga ishonch bildirish bo‘yicha ovoz berish 10-iyuldan 17-iyulga qadar bo‘lib o‘tishi mumkin.Chexiya prezidenti oxirgi kunlar davomida sotsial demokratlarning partiya ichidagi referendumi natijalaridan qat’iy nazar Babishni bosh vazir etib tayinlashi haqida bir necha marta ma’lum qilgan edi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0