Ozbekistonga kelgan sayyoh etirozi: muborak manzillarda tahorat olish uchun sharoit yoq

Xorijlik sayyohlarning Ozbekiston haqidagi iliq taassurotlarini tinglashga organib qolganmiz. Ular asosan ozbek xalqining mehmondostligi va milliy taomlarini koklarga kotaradi. Sayyohlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, servis xizmati haqida deyarli lom-lim demaydi, deb yozadi OzA. Foto: OzATurizm sohasini rivojlantirishga katta etibor qaratilayotgan ayni paytda xorijlik sayyohlarning ham fikrlariga quloq solish kerakmasmikan?Men Turkiyaning kurort shahri bolgan Antaliyada oqiyman, shu bois turizm boyicha oz qarashlarim bor, deydiAkdeniz universiteti doktoranti, moldovalik Dmitriy Neagu. Buxoro, Samarqand shaharlarga uyushtirilgan sayohatlar davomida korganlarimdan kelib chiqib, bazi bir mulohazalarimni bildirmoqchiman.Odatda, sayyohlik industriyasi rivojlangan mamlakatlarda turistlarga bir tur davomida kompleks dastur taklif etishadi va unga umumiy xarajat stavkasi belgilanadi: transport, ovqatlanish, suv havzalari, tarixiy obyektlarga tashrif, gid xizmati va h.k. Ozbekistonda shu jihatdan biroz oqsash bor ekan: har bir obidaga borganda biz alohida pul toladik, u yerdagi qoshimcha xizmatlarga ham alohida pul olishar ekan. Buxoro, Samarqand, Xiva kabi shaharlardagi tarixiy obidalar vakillari ozaro kelishib, mahalliy va xorijiy shaxslar uchun bitta tolov tizimini joriy etishi mumkinku.Korsatiladigan xizmatlar va sotib olishi mumkin bolgan tovar va mahsulotlarning ortacha narxini chiqarib, kichik buklet korinishida tarqatish kerak. Sayyohlarda bunga ehtiyoj katta. Qolaversa, har bir sayyohning qolida yonalish xaritalari bolishi lozim.Avtoturargohlarda noqulayliklarni kuzatdim, ularni zamonaviy talablar asosida tashkil qilish kerak, deb oylayman, deydi Kuniya shahridagi Selchuk universiteti talabasi, bangladeshlik Labib Faysal Xan.Ozbekistondagi tarixiy obidalar, asosan islom olamida oz orniga ega bolgan yirik shaxslar sharafiga qurilgan, deydiIzmirdagi 9-sentabr universiteti doktoranti, qirgizistonlik Dostonbek Razzoq ogli. Tabiiyki, bu yerga keluvchilar ham islom diniga etiqod qiluvchilar boladi. Ular bunday muborak joylarda namoz oqib, ulug insonlarning ruhiga duo qilishni istaydilar. Ammo biz borgan manzillarning kopida tahorat olish uchun sharoit yaratilmaganiga guvoh boldik. Hojatxonalar ham talablarga javob bermaydi.Serbiyalik Elmaza Sabanovich, Marmara universiteti 3-kurs talabasi: Yevropadan kelgan sayyoh Ozbekistonda hech bolmasa rus tilini bilmasa qiynalar ekan. Tarixiy obyektlarni tomosha qilish maroqli, ammo turist uchun buning ozi yetarli emas. Chet ellik odamlarni qiziqtirish uchun turli tadbirlarni uyushtirish kerak. Masalan, Istanbuldagi Dolma Baxche saroyida maktublar yoziladi. Bu Otaturk yashagan va vafot etgan saroy bolib, agar Otaturk tirik bolganida qanday tilak va istaklaringiz bolgan bolardi qabilida... song ularning ichidan yaxshilari tanlanib, saytga qoyiladi, yani ziyoratchilarni qiziqtirishadi.Moldovalik Anna-Mariya Panku, Kayseri shahridagi Erjiyes universiteti magistranti: Ozbekiston haqida Garbiy Yevropada targibot bor shekilli, sayohat davomida Germaniya, Fransiya kabi mamlakatlardan kelgan insonlarni uchratdim. Ammo polyaklarga, vengrlarga (vaholanki ularning ozbek zaminiga tarixan bogliqlik tomoni bor), slovaklarga, bolgarlarga Ozbekiston haqida malumot berilmaydi? Menimcha, aynan shu hududlarda Ozbekiston targib qilinsa, bu yerga kelishni istovchilar aynan shu yerda koproq topiladi. Masalan, mening otam ham sovet zamonida geolog sifatida Vataningizga kelgan. Birinchi marta mazkur loyiha haqida eshitganimda, otam borgan yurtga borish ishtiyoqi uygongan edi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0