Toshkentni aylangan Shavkat Mirziyoyev, Million-bashara degan tarif uchun Ozbekkonsert tanbehi, Yoshlar Ittifoqi klubining shafqatsizlarcha kaltaklangan futbolchilari va kunning boshqa muhim xabarlari

1-iyunning etiborga molik yangiliklari Daryoning kechki dayjestida. Foto: Prezident matbuot xizmati1. Shavkat Mirziyoyev Toshkentni aylanishni boshladi. Birinchi bolib yangi aeroport qurilishini borib kordi. Shundan song Prezident uch qavatli yol qurilishini, yer usti halqa metro yoli qurilishini, Humo Arena qurilishini, Bunyodkor stadioni oldidagi yol otgazgich qurilishini borib kordi. Chilonzor mahallalarida boldi.2. Shavkat Mirziyoyev Tashkent City qurilishi bilan tanishdi. Sitida qurilajak loyihalarning hozirgi kun uchun aktual suratlarini bu yerda tomosha qilishingiz mumkin.3. Ozbekistonda turistlar tashrif buyurishi taqiqlangan hududlar ochildi. Ozbekistonda chet elliklardan vaqtinchalik propiska uchun javobgarlik olib tashlandi.4. GM Uzbekistan shu yilning ozida Chevrolet Tracker krossoverini ishlab chiqarishni boshlaydi. Mazkur avtomobil 2016-yilda ozbek avtomobilsozlari tomonidan murakkab sharoitlarda sinovdan otkazilgandi.5. Yoshlar ittifoqining Iftixor jamoasi futbolchilarini vaxshiylarcha kaltaklagan klub direktori va jamoa murabbiyi butun umrga futboldan chetlatildi. Klub direktori Ahror Ergashev va jamoa katta murabbiyi Nodir Qoziboyev ikki futbolchining shifoxonaga tushishiga sababchi bolgan.6. Abdulla Qurbonov intervyuda Million jamoasini Million basharalar degani uchun Ozbekkonsert tomonidan tanbeh berildi. Bundan keyin intervyu berishda ham ozingizga ehtiyot bolinglar, dedi Ozbekkonsert rahbari.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0