Qurolli Kuchlar Akademiyasining talim strategiyasida yangicha yondashuv qollanilmoqda

Ozbekiston Qurolli Kuchlari Akademiyasiga Mudofaa vazirligi harbiy talim strategiyasi hamda umuman talim tizimini taraqqiy ettirishda yetakchilik qilish topshirilgan. Bu haqda Qurolli kuchlar matbuot xizmatiDaryoga malum qildi. Foto: Ozbekiston Qurolli Kuchlari matbuot xizmatiQurolli Kuchlar Akademiyasida talim muhitining hozirgi holati uning jamoasi tomonidan ijodiy fikr yurita oladigan hamda boshqaruv, muhandislik-texnika, pedagogika va boshqa soha yonalishlari lavozimlari iyerarxiyasida moslasha oladigan yuqori malakali ofitserlarni tayyorlash boyicha vazifalarni hal etish yollari tanlanayotgani va jarayonga yangicha yondashilayotganini korsatmoqda.Yuqoridagilarni amalga oshirishda yetakchi xorijiy davlatlarning ofitser kadrlarni tayyorlash, turli korinishdagi mashgulotlarning yakuniy natijalariga erishishning samarali shakl va usullarini organish, shuningdek, konferensiyalar, ilmiy-uslubiy seminarlar va davra suhbatlarini otkazish boyicha tajribalarini puxta organish boyicha olib borilayotgan ishlar muhim ahamiyat kasb etmoqda.Oquv auditoriyalarining zamonaviy multimedia va interfaol kompyuter texnologiyalari bilan toliq jihozlangani, talim oluvchilarning shaxsiy kompyuter texnologiyalari bilan taminlanganini hisobga olgan Qurolli Kuchlar Akademiyasi jamoasi, birinchi navbatda, talim oluvchi tomonidan sifatli bilim olishiga qaratilgan talimning yangi shakl va uslublarini ishlab chiqdi.Ofitser kadrlarni tayyorlash jarayonida mamlakatning yetakchi oliy talim muassasalari, xorijiy mamlakatlarning harbiy-talim va tadqiqot markazlari ekspertlari va mutaxassislarini Qurolli Kuchlar Akademiyasida dars otishga jalb qilish masalalariga alohida etibor qaratilgan. Ushbu yonalishda bir qator kelishuv va memorandumlar imzolangan bolib, birgalikda olib boriladigan ishlarning Yol xaritalari amalga oshirilmoqda.Qurolli Kuchlar Akademiyasi faoliyatidapedagoglar tarkibiningprofessionallik hamda uslubiy tayyorgarligiga alohida, birinchi darajali etibor qaratilgan. Ofitserlarni professor-oqituvchilar tarkibiga mansub lavozimlarga tanlov asosida saralash va tayinlash tizimi joriy etilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0