Tramp: Rossiyaning saylovlarga aralashuvini tekshirish allaqachon 17 million dollarga tushdi

Rossiyaning 2016-yilgi AQSh prezidentlik saylovlariga taxminiy aralashuvi yuzasidan surishtiruv Amerika budjetiga 17 million dollarga tushdi. Bu haqda 1-iyun kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi, deb yozadi EADaily. Foto: EADailyTramp Adliya vazirligi ma’lumotlarini tahlil qilgan Associated Press axborot agentligi hisob-kitoblariga tayangan. Agentlik hisob-kitoblariga ko‘ra, surishtiruv allaqachon amerikalik soliq to‘lovchilarga 17 million dollarga tushgan.Tramp bu summa tez sur’atlarda o‘sayotganligini ta’kidlagan. “Biroq Demokratik partiyaning aralashuvini istisno etganda AQShdagi saylovlarga aralashuv bo‘lmagan”, — deya qayd etgan Oq uy rahbari.Amerikalik bir qator siyosatchilar allaqachon Rossiyani AQSh prezidentlik saylovlariga aralashganlikda ayblamoqda.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0