Yelizaveta II o‘z kabinetiga Megan Markl va Garrining birga tushgan suratini qo‘ydi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II ning kabinetida shahzoda Garri va Megan Marklning nikoh to‘yida tushgan surati paydo bo‘ldi. Jurnalistlar uni siyosatchi Jorj Brandisning Bukingem saroyiga tashrifi chog‘ida suratga olishga muvaffaq bo‘lgan. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi. Foto: “Korrespondent.net”An’anaga ko‘ra, qirolicha mehmonni o‘z kabinetida qabul qilgan. Jurnalistlar kabinetga kira turib, stol ustidagi Garri va Meganning suratini payqab qolgan. Surat qirolichaning qizi Annaning portreti yonidan joy olgan.Ta’kidlanishicha, bu Megan Marklning Bukingem saroyidagi birinchi rasmi hisoblanadi. Foto: “Korrespondent.net”Surat Yelizaveta II ning yangi kelinga nisbatan adovati borligi haqidagi mish-mishlar fonida hammani hayratga soldi. Suratning qirolicha kabinetida bo‘lishi ularning orasida nifoq yo‘qligini ko‘rsatgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0