Bekobod temir yol chegara bojxona postida 15 kg geroin ushlab qolindi

Davlat bojxona qomitasi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Ozbekistonda narkotik moddalarning davlat chegaralari orqali noqonuniy aylanishiga qarshi qaratilgan tezkor tadbirlar muntazam davom ettirilmoqda, deb xabar beradi Bojxona qomitasi matbuot xizmati. Foto: Bojxona qomitasi matbuot xizmatiBojxona va davlat xavfsizlik xizmati organlari xodimlari hamkorlikda 2018-yilning 31-may kuni Bekobod temir yol chegara bojxona postida qoshni davlatdan Ozbekiston orqali tranzit tarzida otayotgan yuk poyezdi belgilangan tartibda bojxona korigidan otkazilganida, vagonlardan birining ostki qismida koz ilgamas boshliqlarga joylashtirilgan temir qutilar xodimlarning diqqatini tortdi.Kuchli magnit vositasi komagida vagon ostiga mahkamlangan ushbu temir qutilar belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ochib korilganida, ularning ichiga polietillen oramlarda 14 kilogramm 920 gramm ogirlikdagi geroin giyohvandlik vositasi yashirilgani fosh boldi.Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 246-moddasi (Kontrabanda) 2-qismi bilan jinoyat ishi qozgatildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0