Roman Abramovich Britaniya vizasini uzaytirishdan bosh tortdi

Rossiyalik milliarder Roman Abramovich Buyuk Britaniyaning investitsion vizasini uzaytirish to‘g‘risidagi arizasini qaytarib oldi, deb xabar beradi Meduza. Roman Abramovich  Foto: “RIA Novosti”Abramovich Isroil pasportini olgani uchun Britaniya vizasiga boshqa muhtoj emas. Isroil fuqaroligi unga Britaniya hududida yarim yilgacha bo‘lish huquqini beradi.Vizaning yo‘qligi Abramovichga Britaniyada ishlashga ruxsat bermasa-da, tadbirkor “Chelsi” futbol klubi egasi hisoblanadi. Biroq Abramovich Britaniya futbol jamoasida hech qanday rasmiy lavozimda faoliyat yuritmaydi.“Chelsi” xo‘jayini jamoaning stadionini ta‘mirlashdan bosh tortgan. Bu holat “noqulay investitsion muhit” sharoiti bilan izohlanadi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0