Stadiondan uchib ketmoqchi bo‘lgan g‘oz kutilmaganda tabloga urildi (video)

30-may, chorshanba kuni Detroytda mahalliy Tigers va Los-Angeles angels jamoalari o‘rtasida Beysbol asosiy ligasi (Major League Baseball) chempionatining o‘yini bo‘lib o‘tdi, deb yozmoqda TJournal. Foto: Google ImagesO‘yin vaqtida stadionga Kanada g‘ozi uchib kirdi. Arena xodimlari qushni tutishga harakat qildi, biroq buning uddasidan chiqisha olmagan. Qarsaklar ostida stadiondan uchib chiqib ketmoqchi bo‘lgan g‘oz kutilmaganda tabloga urilib ketdi.Voqea jonli efirda ko‘rsatildi, g‘ozning sarguzashtlari esa sharhlovchilar e’tiborida bo‘ldi.Keyinroq qushning sog‘ ekani hamda o‘yin ishqibozlari unga ozodlikka chiqishga yordam bergani e’lon qilindi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0