Ozbekkonsert rahbari birrovini 2 ming dollar qilgan xonandani keskin tanqid qildi (video)

Ozbekkonsert davlat muassasasida Milliy estrada sanatining yoshlar manaviy, axloqiy tarbiyasidagi orni va sanatkor odobi mavzusida yigilish bolib otdi.Yigilishda muassasa rahbariyati, sanatkorlar, OAV xodimlari qatori Daryo muxbiri Feruz Muhammad ham ishtirok etdi. Foto: Ozbekkonsert davlat muasassasi matbuot xizmatiYigilishda Ozbekkonsert davlat muassasasi rahbari toyga chiqish narx-navolari haqida alohida toxtalib otib, birrov xizmat qilish uchun ikki ming dollar narx belgilab olgan xonandani keskin tanqid qildi.Narx-navo masalasida juda ham kop etirozlar kelib tushmoqda. Biz tushunamiz, biz televideniyedagi narxni tushurishga harakat qilmoqdamiz. Iltimos, yana bir marta aytaman, iltimos, sizlar ham sal bolsa-da xalqni inobatga olinglar. Agar sanatdan ketadigan bolsang ket, nima qilasan narxingni kotarib. Ikki yil, bir yil oldin osha pulga Samarqandga toyga borgansan, hozir esa Toshkentga birrovga chiqmoqchisan. Bu gap boshqalarga ham tegishli, nima qilasizlar bunday qilib, aynan osha xonanda boyicha bizga shikoyat qilishmoqda. Muxlislar uni sanatdan ketishi uchun narxini ikki ming dollar qilib qoyganini bilmaydi, xalq uni xohlayapti va ikki ming dollar ekan deb bizga yozishmoqda. Albatta ikki ming dollarni kimning sharoiti kotaradi, u kim edi, xalq artistimidi u, birgina u emas boshqalar ham narx siyosatiga xushyor bolinglar. Sharoitdan kelib chiqqan holda ish tutsangiz yaxshi boladi. Hozir narxim tushsa reytinggim tushar ekan deydigan zamon emas. Siz narxingizni tushurmasangiz, sizga oxshagan qoshiqchi yuz mingta. Xalqni rozi qilinglar, hammamiz shu xalqning orqasidan yuribmiz-ku.Odiljon Abduqahhorov, Ozbekkonsert davlat muassasasi direktori

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0