GM Uzbekistan ota-ona qarovisiz qolgan bolalarni Asaka avtomobil zavodiga taklif qildi

GM Uzbekistan AJ Bolalarni himoya qilish munosabati bilan Asaka avtomobil zavodida ota-onasining qarovisiz qolgan bolalar uchun ijtimoiy xayriya tadbiri tashkil etdi. Bu haqda GM Uzbekistan Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati Daryo ga xabar berdi. Foto: GM Uzbekistan Jamoatchilik bilan aloqalar xizmatiAndijon viloyati Xalq talimi boshqarmasi tasarrufidagi Bolalar shaharchasining tarbiyalanuvchilari uchun otkazilgan tadbirdan kozlangan asosiy maqsad bolalarni Ozbekistonning eng yirik korxonalaridan biri bolgan zavoddagi avtomobil ishlab chiqarish jarayoni bilan bevosita tanishtirish va bu orqali ularning kelgusida bilim olishga bolgan ishtiyoqini oshirishdan iborat boldi.Bugungi kunda Asaka avtomobil zavodida Bolalar shaharchasining sobiq tarbiyalanuvchilari faoliyat yuritayotganiga guvoh bolgan bolajonlarning bu yerda ishlashga bolgan ishtiyoqini yanada oshirdi, deyiladi xabarda. Foto: GM Uzbekistan Jamoatchilik bilan aloqalar xizmatiZavod rahbariyati bolalarni bayram bilan tabriklab, ularning kelajakda yuksak bilim choqqilarini zabt etib, kelgusida ozlarining qatorlarida korishdan mamnun bolishlarini izhor etdi.Tadbir songgida zavodning kichik mehmonlari uchun bayramona dasturxon hamda teatr tomoshasi tashkil etilib, esdalik sovgalari topshirildi. Tadbir bolajonlarga kotarinki kayfiyat ulashdi. Foto: GM Uzbekistan Jamoatchilik bilan aloqalar xizmati

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0