Yoshlar ittifoqiningIftixor jamoasi futbolchilarni vaxshiylarcha kaltakla?gan klub direktori va jamoa murabbiyi butun umrga futboldan chetlatildi

Yoshlar ittifoqi jamoasi Iftixor futbol klubi direktori Ahror Ergashev va jamoa katta murabbiyi Nodir Qoziboyev tajovuzkor harakatlari uchun futbol bilan bogliq har qanday faoliyat olib borishdan butun umrga chetlatildi. Bu haqda OFA matbuot xizmatimalum qildi. Foto: Oltinvodiy.uzKecha, 31-may sanasida internet nashrlarida Iftixor klubi mutasaddilari tomonidan jamoaning ikki himoyachisi Tursunboy Husanov hamda Hasanboy Ergashevlarni ayovsiz kaltaklangani haqida xabarlar paydo bolgandi. Qayd etilishicha, bu borada Ahror Ergashev hamda klub katta murabbiyi Nodir Qoziboyevning tajovuzkor xatti-harakatlari asosida surishtiruv ishlari boshlangan hamda ushbu holat yuzasidan ayni damda tekshiruv davom etmoqda.OFA birinchi vitse-prezidenti Umid Ahmadjonov vaziyatga munosabat bildirib,OFA hamda PFL bundan buyon ham oz oyinchilariga nisbatan bunday behurmatlik qiladigan va ularning huquqlarini poymol etadigan har qanday klub rahbariyati va murabbiylariga nisbatan keskin choralar korilishini bildirdi.OFA Tartib-intizom qomitasining qaroriga kora, Iftixor futbol klubi direktori Ahror Ergashev va klub katta murabbiyi Nodir Qoziboyev har qanday futbol faoliyati olib borishdan butunlay chetlatildi.Iftixor Pro-Liganing B guruhida toqqizta oyin otkazib, songgi orinlardan birini band etib turibdi. Asad Dormonov hamda Nodir Qoziboyev shogirdlari may oyida 3 oyin otkazib, Labsa klubiga 2:1 hisobida yutqazgan bolsa, Sherdor klubi bilan mezbonda 1:1 oynab, mehmonda 3:2 hisobida maglubiyatga uchradi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0