Ozagrotexmash Konstruktor-texnologik markazi har xil modifikatsiyadagi traktorlar oilasini ishlab chiqarmoqda

Yangi qishloq xojaligi texnikasining Milliy modellarini ishlab chiqish doirasida Ozagrotexmash OAJning Qishloq xojaligi texnikasi Konstruktor-texnologik markazi har xil modifikatsiyadagi 80, 100 va 110 ot kuchiga ega traktorlar oilasini ishlab chiqarmoqda.Hozirgi kunda ZAMIN nomli asosiy traktor loyihasini ishlab chiqish tugallandi. Traktor 110 ot kuchiga ega dvigatel, 3,5 tonnadan ortiq yuk kotarish quvvatiga ega gidronaves qurilmasi va zamonaviy traktor boshqaruv tizimlari bilan jihozlangan. Kompaniya ozbek traktori uchun xavfsizlik va ergonomiyaning zamonaviy talablariga javob beradigan kabinaning shaxsiy dizaynini ishlab chiqdi. Kabinaning tuzilishi traktorni nafaqat ichki bozorning xavfsizlik talablariga javob berib qolmay, balki tashki bozorga eksport qilish uchun ham sertifikatlash imkonini beradi. Kabinaning ichki qismi va traktorning original dizayni kompaniyaning oz brendini ifodalaydi va boshqa ishlab chiqaruvchilarning modellaridan farq qiladi.Ushbu asosiy traktorning dizayni paxtaga moljallangan, kabinasiz va traktorlarni boshqa modifikatsiyalarini ishlab chiqish imkonini beradi.Reklama huquqi asosida!

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0