8-iyun kuni Orol boyicha xalqaro konferensiya bolib otadi

7?8-iyun kunlari Toshkentda Orol fojiasi oqibatlarini yumshatish boyicha hamkorlikdagi harakatlar: yangicha yondashuvlar, innovatsion yechimlar va investitsiyalar mavzusida xalqaro konferensiya bolib otadi. Bu haqda Ozbekiston ekologik harakati matbuot xizmatiga asoslanib,Gazeta.uzxabar berdi. Foto: Gazeta.uzMalum qilishicha, konferensiyani otkazishdan kozda tutilgan maqsad Orolni qutqarish xalqaro jamgarmasi (OKXJ) faoliyati doirasida mintaqa davlatlarining Orolboyi muammolarini hal etishga qaratilgan amaliy harakatlarini kelishish, Orolboyi mintaqasida ekologik va ijtimoiy iqtisodiy vaziyatni yaxshilashga qaratilgan loyihalarni amalga oshirish boyicha hamkorlik qilish yollarini muhokama qilish va belgilab olish, shuningdek, ularni amalga oshirish uchun investitsiyalarni jalb qilishdan iborat.Konferensiyada Markaziy Osiyo mamlakatlari parlamentlari deputatlari, vazirlik va idoralari rahbarlari, xorijiy mutaxassislar, 20 dan ortiq xorijiy davlatlarning yetakchi mutaxassislari, BMT, OQXJ, MOMEM, Jahon banki ekspertlari, xorijiy kompaniyalar, xalqaro tashkilotlar, yetakchi moliya institutlari vakillari ishtirok etadi.Konferensiya ishtirokchilari Orolboyiga, jumladan, Nukus, Muynoqdagi Kemalar qabristoniga va boshqa obyektlarga tashrif buyurib, hududdagi ekologik vaziyat bilan bevosita tanishish imkoniyatiga ega boladilar. Mahalliy aholi hamda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari bilan uchrashuvlar otkaziladi.Anjuman Ozbekiston ekologik harakati, Ozbekiston Tashqi ishlar vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Ozbekiston Fanlar Akademiyasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0