Ozbekiston Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi tadbirkorlarni ozaro manfaatli hamkorlikka taklif qiladi

Ozbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi tadbirkorlarni ozaro manfaatli hamkorlikka taklif qiladi.Bu haqdaDavlat xizmatlari agentligi Daryoga malum qildi. Foto: Prezident matbuot xizmatiOzbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, tuman (shahar) hokimliklari tomonidan ajratiladigan yer maydonlarida namunaviy loyiha asosida potensial investorlarni jalb qilish va ular bilan davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida Davlat xizmatlari markazlari binolarini qurish nazarda tutilgan.Mazkur loyihaga jalb qilingan investorlarga quyidagi imtiyoz va kafolatlar beriladi:tadbirkorlik faoliyati bilan shugullanishi uchun qoshimcha binolarni qurish uchun yer maydonlari ajratilishi;binoni qurish uchun tijorat banklari tomonidan Markaziy bankning qayta moliyalash stavkasidan yuqori bolmagan miqdorda 10 yilga (shu jumladan besh yil imtiyozli davr bilan) kreditlar berilishi;qoshimcha bino qurib bitkazilgan kundan boshlab beshyil muddatga yer soligi, mol-mulk soligi va yuridik shaxslardan olinadigan foyda soliqlaridan ozod qilinishi.Shuningdek, hamkorlikka tayyor faol investorlarga faoliyati yuzasidan boshqarmaning tajribali huquqshunoslari tomonidan beminnat huquqiy yordamlar korsatib boriladi.Murojaat uchun telefon raqamlari:Davlat xizmatlari agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi 0371-230-32-48; 0371-230-32-49.Shuningdek, tegishli tuman (shahar) Davlat xizmatlari markazlariga va hokimliklarga murojaat qilish mumkin.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0