Time jurnali muqovasi qariyb mingta dron yordamida yaratildi (video)

Time jurnali 11-iyunda sotuvga chiqadigan The Drone Age (“Dronlar davri”) soni uchun dronlar aks etgan muqovani tayyorladi, deb yozadi Buro 24/7. Muqovani yaratishda Intel kompaniyasining 958 ta droni qatnashdi, ular Kaliforniya osmonida jurnal nomini va hoshiyasini aks ettirdi, yana bir dron esa bularning barchasini havoda suratga oldi. Foto: Buro 24/7Tasvirga olish jarayoni haqidagi videorolikdan ma’lum bo‘lishicha, muqova qat’iy vertikal ko‘rinishda chiqmagan. Mutaxassislar aniqlik kiritishicha, bu ataylab qilingan, chunki aks holda, dronlar propellerdan chiqadigan havo oqimlari bilan bir-birini urib yuborgan bo‘lardi.Muqovada dronlar oralig‘idagi eng yaqin masofa — 1,5 metr, muqova balandligi esa qariyb 100 metrga yetadi.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0