May oyida Ozbekistonda tamaki mahsulotlari narxi keskin oshdi

2018-yilning may oyida istemol bozoridagi tovar va xizmatlar narxi ortacha 0,8 foizga kotarildi. Shundan, mahsulotlar narxi oy davomida ortacha 0,4 foizga hamda xizmatlar 2,1 foizga qimmatlashdi, deb yozadi Spot Davlat statistika qomitasiga tayanib. Foto: SpotJoriy yilning may oyi davomida xizmatlar tarifi narxlarining osish tendensiyasi aprel oyidagi kabi tovarlar narxlarining osishi suratidan yuqoriligini saqlab qoldi.Oziq-ovqat mahsulotlari oy davomida ortacha 0,2 foizga qimmatlashdi. Asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari ichida narxlarning osishi hamda pasayishi boyicha yetakchilik mos ravishda mevalar (osish surati 4,8%) hamda sabzavotlar (pasayishi 13,6%) guruhiga tegishlidir.Ayrim turdagi oziq-ovqat mahsulotlaridan alkagolsiz ichimliklar (0,9%) va tuxum (0,4%) narxlari birmuncha sezilarli darajada qimmatlashdi.Joriy yilning may oyida nooziq-ovqat mahsulotlar narxlarining osish darajasi birmuncha barqaror suratlarda saqlanib qoldi. Oy davomida narxlar ortacha 0,6 foizga qimmatlashdi. Tamaki mahsulotlari narxi keskin ravishda 5,9 foizga oshdi.Qomita aniqlik kiritishicha, bunga UzBAT A.O. QK AJ ishlab chiqarayotgan mahsulotlari narxini oshirishi sababchi bolgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0