Ozbekiston jurnalistika universiteti va MDU jurnalistika fakulteti ortasida hamkorlik memorandumi imzolanadi

Ozbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti vakillari ilgor xorijiy tajriba bilan tanishish maqsadida Osiyo va Yevropa mamlakatlari faoliyatini organa boshladi. Bu haqda universitet rektori Sherzodxon Qudratxojayev Facebookdagi sahifasida malum qildi. Foto: Facebook / Sherzodxon QudratxojayevXususan, Sankt-Peterburg universiteti qoshidagi Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar instituti hamda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti jurnalistika fakulteti faoliyatini organildi.Bu ikki oliy oquv dargohi Rossiya Federatsiyasida jurnalist kadrlarni tayyorlash boyicha eng yirik tashkilotlar hisoblanadi. Sankt-Peterburg universitetida Ozbekiston vakillarini universitetning xalqaro faoliyat boyicha prorektor S.Andryushin va mazkur institut direktori, professor A.Puyu qabul qilib, institut faoliyati haqida gapirib berdi. Bu yerda talabalarninng amaliyoti yaxshi tashkil qilingan ekan va amaliyot boyicha hisobotlarni hamda bitiruv malakaviy ishlar himoyasini asosan amaliyotda ishlaydigan jurnalistlar qabul qilar, fakultet professor-oqituvchilari bu jarayonga aralashmaskan. Jami talabalar soni bir yarim ming nafardan kop kishini tashkil etadi.Moskva davlat universiteti jurnalistika fakulteti uch yarim ming nafar talabaga ega bolib, ular kunduzgi, kechki va boshqa dasturlar boyicha tahsil oladi. Fakultet Yevropada eng yirik oliy oquv yurtlaridan biri hisoblanadi. Fakultet dekani professor Ye.Vartanova mehmonlarni fakultet multimediaviy vositalar markazi hamda kutubxonasi bilan tanishtirdi. Bu yerda tele- va radiomarkazlar mavjud bolib, talabalar video va audio materiallarni tayyorlashning barcha bosqichlarini ozlari bajaradi. Ularning ijodi mahsuli Youtube kanali va fakultet veb-saytiga joylashtiriladi. MDU jurnalistika fakulteti oqituvchilari katta miqdorda oquv va ilmiy adabiyotlarni tayyorlashga qodir va oquv jarayonini ushbu oquv qollanmalar bilan toliq ozlari taminlashadi, deya hikoya qiladi Sh. Qudratxojayev.Ozbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiya universiteti rektori Shyerzod Qudratxojayev va MDU jurnalistika fakulteti dekani Yelena Vartanova ozaro hamkorlik haqida myemorandumni imzoladi. Yaqin kunlarda boshqa davlatlar, jumladan Janubiy Koreya, Turkiya va Germaniya tajribasini organish hamda ular bilan ham memorandumlar tuzish kozda tutilmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0