Ozavtosanoat avtomobillarni sotish tizimini tola qayta tashkil etadi

Ozavtosanoat mamlakatda GM Uzbekistan yengil avtomobillarini sotish tizimini toliq qayta tashkil etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda 31-may kuni bolib otgan matbuot anjumanida kompaniya boshqaruv raisi Umidjon Salimov malum qildi, deb yozadi Gazeta.uz. Foto: Gazeta.uzMaqsad quyidagicha: mijoz keladi, mashina uchun pul tolaydi va uni shu zahoti olib ketadi biz birinchi navbatda mana shuni taminlashimiz kerak. Chunki, agar odam pulining 85 foizini tolasa, bu mashina uniki, zavodniki emas. Bizning vazifamiz mijozni xarid chogida avtomobil bilan taminlash. Bizning hisob-kitoblarimiz boyicha buning uchun yiliga 220230 mingtadan ortiq hajmda avtomobil ishlab chiqarish kerak, dedi u.Dilerlarda, bosh zavoddagi omborlarda va ombor zaxiralarida avtomobillarning bolishi bularning barchasi ishlab chiqarishning umumiy hajmiga bogliq. Otgan yili GM Uzbekistan 140247 ta avtomobil ishlab chiqargan, bu 2016-yildagidan 59 foizga koproq. Eksportga 26,8 mingta avtomobil yuborilgan. Biz hajmni kopaytiramiz, dedi Umidjon Salimov.Ozavtosanoat rahbari avtomobillar savdosi tizimida dilerlar faoliyati chet el tajribasi asosida qayta korib chiqilishini aytdi. Ozavtosanoat Germaniya, Janubiy Koreya, Yaponiya, AQSh va boshqa rivojlangan mamlakatlar savdo tizimini moljallab ish tutmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0