Tbilisida namoyishchilar hukumat va bosh vazir istefosini talab qilmoqda

Gruziya poytaxti Tbilisi markazida parlament binosi yonida toplangan namoyishchilarning ultimatumi muddati tugadi, shu tufayli ular oz talablarini keskinlashtirishga qaror qildi, deb yozadi Novosti-Gruziya. Endi Xorava kochasida oldirilgan 16 yoshli ospirinning otasi Zaza Saralidze tomonidan tashkil qilingan aksiya ishtirokchilari Gruziya hukumati va bosh vaziri Georgiy Kvirikashvilining istefoga chiqishini talab qilmoqda. Foto: Twitter / @georgiatwitsNamoyishchilar dastlab gumonlanuvchilardan birining otasi hamda ish boyicha tekshiruv boshlangach istefo bergan prokuratura xodimi hibsga olinishini talab qilgan edi. Zaza Saralidzening fikricha, aynan osha uning oglining olimini xasposhlagan va xolisona tekshiruv olib borilishiga tosqinlik qilgan.Shuningdek, aksiya ishtirokchilari ish boyicha dalillarni qalbakilashtirganlarning barchasini jazolashni soragan. Ular shafqatsiz qotillikni amalga oshirganlarning hammasini aniqlab, jazolashni ham talab qilgan.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0