Andijonning Baliqchi tumanidagi holat: qishloqda gaz balloni hayot-mamot masalasi

Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-manaviy muhitni organish hamda aniqlangan muammolarni bartaraf etishga komaklashish boyicha tashkil etilgan Respublika ishchi guruhi 29-maydan boshlab 65 ta mahallani organish ishlarini olib bormoqda, deb yozadi OzA. Foto: OzAJumladan, Respublika 5-ishchi guruhi birinchi kuni Olmas mahallasidagi ijtimoiy-manaviy muhit holatini organdi. Mahallada 2331 nafar aholi va 435 ta xonadon bolib, 86 nafar uzoq muddatga xorijga chiqib ketganlar mavjud.Tabiiy gaz quvuri Olmas mahallasiga kelmagan. Organishlar chogida 89 ta xonadonga suyultirilgan gaz ballonlariga ehtiyoj borligi, 21 nafar fuqaro bank kreditlarini olish istagini bildirdi. 1999-yilda bu yerdagi yangi uylarga kochib chiqqanmiz, deydi Olmas MFY Hayot yoli kochasi 73-uyda yashovchi Muazzam Mamarahimova. Ishchi guruhi kirgach qator muammolarni ortaga qoydik. Elektr qishda bolmaydi, kuchlanish juda past, simyogochlar eski, elektr simlari esa eskirib ketgan. Asosiy istagim gaz balloni boldi. Togri, kichkina gaz ballonimiz bor. Ammo uni imtiyozli narxda toldirib berish uchun qabul qilishmaydi. Kochadan 33 ming somga toldirib kelayapmiz, qoshimchasiga yol haqiga 10 ming som berayapmiz. Katta gaz ballonlar bozorda 300 ming sotilmoqda. Bunga qurbimiz yetmaydi. Katta ballonlarni har birini 18 mingdan mahalla fuqarolar yigini yigib, gaz idorasi orqali toldirib beradi va ikki oyga yetadi. Oilada 5 ta jonmiz. 3 ta farzandim bor. Qizimni chiqardim. Erim Qozogiston va Rossiyaga borib keladi. Ammo chet elning ham haq berishi kamayib ketdi. May oyida 205 ming som topib keldi. Nima qilsak ham shu yerda qilishimiz kerak. 12 sotixli yerimga hozir kartoshka ekib qoyganmiz. Ammo kredit olib parnik qilmoqchi edim. Shuni ham ishchi guruhiga aytdim.Muammolar yuzasidan Yol xaritasi tuzildi hamda ijrosi Ishchi guruhlari tomonidan qatiy nazoratga olingan va joyida hal qilish tamoyili asosida ishlanmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0