Ozbekistonda tuman adliya bolimlari qanday faoliyat yuritmoqda?

OzA Milliy axborot agentligi Ozbekistonda tuman adliya bolimlari qanday faoliyat yuritayotgani borasida maqola tayyorlab chop etdi. Uni toligicha keltirib otamiz. Foto: Xabar.uzUchrashuvga taklif qilishganida zerikarli maruzaxonlikdir, deb borgim kelmagandi. Lekin bu safar vaqtim zoye ketmadi...Bu kattaqorgonlik fuqaro Sunnat Roziyevning fikrlari.Gap shundaki, Qattaqorgon tumani adliya bolimi xodimlari bu kishi yashaydigan Katta ming mahallasida uchrashuv otkazgan. Sunnat aka uchrashuvda koplab foydali huquqiy axborotlar, yangiliklardan xabardor bolish bilan birga adliya xodimlariga oylik maoshini vaqtida ololmayotganini bildirgan. Unga shu yerning ozida mehnat huquqlari tushuntirilgan. Ertasi kuni ishxonasiga borib vaziyatni organishgan. Adliya xodimlari aralashuvi bilan Sunnat aka va uning hamkasblari oylik maoshlarini vaqtida ola boshlagan. Prezident farmoni bilan tumanlarda tashkil etilgan adliya bolimlari fuqarolarga huquqlarini tushuntirish bilan cheklanib qolmay, ularning buzilgan huquqlarini tiklashda komakchiga aylanmoqda, deydi Adliya vazirligi Qonunchilik bosh boshqarmasi boshligi Xudoyor Meliyev. Muhimi, aholi viloyat markaziga yuzlab chaqirim yol bosib ovora bolib borishlariga chek qoyildi. Chunki oldin adliyaning quyi tizimi viloyat adliya boshqarmalari edi. Ayni paytda esa mamlakatimiz boyicha 200 ta tuman va shahar adliya bolimlari faoliyat yuritmoqda.Misol uchun, Kattaqorgon tumanidan Samarqand shahar markaziga, yani adliya boshqarmasiga yetib borish uchun yuz chaqirim masofani bosib otish kerak bolar, bunga taxminan 11,5 soat vaqt ketardi. Shu kuni ishi bitsa yaxshi, bitmasa yana ortga ravona bolish, bazan arzimagan bitta hujjat uchun yana shuncha chaqirim yol bosib uyga qaytishga majbur bolardi odamlar.Tuman adliya bolimlari tashkil etilgani fuqarolarning muammolarini shu yerning ozida bartaraf etishga imkon yaratdi. Tumanimizda adliya bolimi tashkil etilganiga hali kop bolmadi, deydi Kattaqorgon tumani adliya bolimi boshligi Otkir Hakimov. Ammo qisqa fursatda 33 fuqaroning muammosi hal qilindi. Sir emas, odamlarimiz kop hollarda huquqiy bilim yetishmasligi, qayerga murojaat qilishni bilmasligi tufayli sarson bolardi. Bazan shunday muammolar boladiki, ularni sud orqali hal qilish kerak. Sud ishlari esa malum miqdorda davlat bojini talab qiladi. Shuningdek, biron muammoga huquqiy tushuntirish berishda advokat xizmati korsatilishi uchun ham haq tolash kerak. Adliya bolimlarining tashkil etilgani esa odamlar uchun ham huquqiy jihatdan, ham iqtisodiy jihatdan katta qulaylik yaratdi.Masalan, fuqarolar murojaati yuzasidan sudga davo arizalari adliya bolimlari tomonidan kiritiladi. Bu fuqarodan iqtisodiy chiqim talab qilinmaydi, degani. Yoki huquqiy targibot yonalishini olaylik. Bugungi kungacha 1 ming 641 normativ-huquqiy hujjat davlat idoralariga yetkazildi. Demak, shuncha hujjatdan davlat idoralari xabardor qilindi. Bu osha idorada xodimlar qonunchilikdagi yangiliklardan vaqtida xabardor bolganini anglatadi. Bu esa ularning kelgusida fuqarolar bilan ishlashda eskirgan, yani oz kuchini yoqotgan qonun hujjatlaridan foydalanmasligi uchun muhim bolib, jamiyatda davlat idoralari xodimlari tomonidan yol qoyiladigan xato kamayishida muhim orin tutadi. Shu bilan birga, odamlarda davlat idoralariga ishonch paydo boladi. Yana bir gap. Muammolar qachon yaqqol kozga tashlanadi? Odamlar dilidagini qachon ochiq-oydin ayta olsa. Bu borada adliya bolimi sayyor qabullar davomida koplab muammolarni organib, odamlarga zarur huquqiy tushuntirishlar bermoqda. Koplab muammolar shu tariqa joyida bartaraf etilayotir. Bazi muammolar yuzasidan tekshiruvlar, bazilari yuzasidan esa sudga davo ariza kiritildi.Kattaqorgon tumani hokimligi bosh yuriskonsulti Kamoliddin Ahmedovning qayd etishicha, adliya bolimidan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni qollash masalalari boyicha maslahatlar olish imkoniyati paydo bolgan. Bu esa faoliyatimizda xato va kamchiliklar kelib chiqishining oldini olmoqda. Tumanda jinoyatchilik, huquqbuzarlik kabi illatlarning oldini olishda ham adliya bolimlarining faoliyati muhim. Bunda tuman hokimligi va boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda. Bunday imkoniyat fuqarolarning qonunlarga hurmatini, adolatni qaror topishiga ishonchini mustahkamlaydi. Adliya bolimining tashkil etilganligidan xursandmiz, deydi Kattaqorgon tumani Katta ming mahalla fuqarolar yigini raisi Elhomiddin Sharipov. Fuqarolar u yoki bu masalada mahalla idorasiga murojaat etganlarida bu masala yuzasidan huquqiy maslahat beruvchi mutaxassislarning yetarli emasligi sababli ular oz muammolariga yechim topa olmay sarson bolar va yuqori tashkilotlarga murojaat etishiga togri kelardi. Endilikda tumanimizda adliya bolimi xodimlarining ish olib borishlari uchun imkoniyat yaratilgani ovoragarchiliklarga barham beryapti. Mahallamiz aholisi soni hozirgi kunda 2,5 mingga yaqin. Ularning oziga yarasha muammolari bor. Eng muhimi, adliya bolimi xodimlari uyma-uy yurib, muammolarga yechim topishga harakat qilishyapti. Biz esa bundan juda minnatdormiz.Tuman adliya bolimlarining xalq ichiga shu tariqa chuqur kirib borayotgani muammolarni joyida hal etishga, odamlarning hayotdan rozi bolishlariga sharoit yaratayotgani quvonarli.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0