Ozbekiston 2017-yilda 26,8 ming yengil avtomobil eksport qildi

Otgan yili GM Uzbekistan 140 ming 247 dona avtomobil ishlab chiqargan bolib, 2016-yil bilan taqqoslaganda osish hajmi 59 foizni tashkil etdi. Bu haqda Ozavtosanoat aksiyadorlik jamiyati tomonidan otkazilgan matbuot anjumanida malum qilindi, deya xabar beradi OzA. Foto: GM UzbekistanSamarqand avtomobil zavodida otgan yilda 3,6 ming yuk avtomobili va avtobus ishlab chiqarildi. Osish hajmi 5,5 foizni tashkil etdin. JV MAN Auto Uzbekistan qoshma korxonasida esa 1,2 ming yuk avtomobili va avtobus ishlab chiqarildi.Ozbekistonda ishlab chiqarilayotgan yengil va yuk avtomobillari, avtobuslar ichki ehtiyojdan tashqari xorijiy davlatlarga ham eksport qilinmoqda. 2017-yili 26,8 ming yengil avtomobilni eksport qildik, deydi Ozavtosanoat AJ raisi orinbosari A.Musayev. Mashinalarning asosiy qismi Rossiyaga yetkazib berilmoqda. Bu mamlakatda Ravon Nexia R3 eng ommabop va xaridorgir avtomobillar sirasiga kiradi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0