Daniyada jamoat joylarida paranji taqish taqiqlandi

Daniyada jamoat joylarida paranji taqish taqiqlandi. Tegishli qonun 31-may kuni qabul qilindi, deb xabar beradi Euronews. Foto: EuronewsDaniya Fransiya, Belgiya, Niderlandiya va Avstriya izidan borib, bunday qarorni qabul qildi.Rasman hujjatda yuzni to‘liq yopib turuvchi har qanday kiyim-kechak haqida gap boradi. Ammo bu chora birinchi navbatda mamlakatda istiqomat qiluvchi musulmonlarga qaratilganligi ayon, deyiladi xabarda.“Paranji ayol kishini Daniyadagi kabi ochiq jamiyatdan butunlay chetlatib qo‘yadi. Bu yerda odamlar o‘z yuzini yashirmasdan muloqot qiladi. Va bunga barcha fuqarolar rioya qilishi kerak”, — dedi Daniya parlamenti deputati Nosir Hodir. U paranjini taqiqlashni yoqlab ovoz berdi.Parlament binosi yaqinida paranji yopinadigan musulmon ayollarni qo‘llab-quvvatlab aksiya o‘tkazildi.Taqiq rasman 1-avgustdan kuchga kirishni boshlaydi. Qonunbuzarlar birinchi marta 1 ming krona (160 dollar)dan boshlanadigan qiymatda, uchinchi martadan keyin esa 10 ming krona (1600 dollar)gacha miqdorda jarimaga tortilishi mumkin.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0