Forish tog poligonida Mudofaa vazirligi miqyosida navbatdagi musobaqa otkazildi

Jizzax shahridagi Forish tog poligonida harbiy-amaliy sportning Ofitserlar uchkurashi hamda MP-3 va KA-3 mashqlarida shtatdagi yoki shtatga ilova qilingan jadvaldagi qurollardan otish turlari boyicha MDHga azo davlatlar dostona armiyalari ortasidagi xalqaro musobaqada ishtirok etish uchun Mudofaa vazirligi terma jamoa tarkibini saralash va tanlashga bagishlangan chempionat bolib otdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiMusobaqada oliy harbiy talim muassasalaridan hamda harbiy qismlardan saralashdan otib, harbiy okrug bosqichi golibligini qolgan kiritgan 100 nafardan ziyod harbiy xizmatchilar ishtirok etdi. Ofitserlar uch kurashi bahslarida ishtirokchilar 100, 2000 va 3000 metrga yugurish hamda pistoletdan otish mashqlarini bajarishdi. Yakuniy natijalarga kora, birinchi orin Toshkent harbiy okrugi, ikki va uchinchi orinlar Sharqiy hamda Janubi-Garbiy maxsus harbiy okruglari vakillariga nasib etdi. Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiMP-3 va KA-3 qurollaridan otish mashqi shartlarida korsatilganidek, chempionat ishtirokchilari tomonidan 25 va 100 metr uzoqlikda joylashgan nishonlarga qarata belgilangan vaqt oraligida tik turgancha, tizzalab hamda yotgan holatda ot ochildi. Amaliy otish natijalariga kora, pistoletdan otish mashqida Shimoli-Garbiy harbiy okrugi vakillari 1-orin, Markaziy harbiy okrug hamda Qurolli Kuchlar akademiyasi ofitserlari 2 va 3-orinni egalladi. Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiChempionat goliblari va sovrindorlari faxriy yorliq va qimmatbaho sovgalar bilan taqdirlandi.Eslatib otamiz,MDH davlatlari dostona armiyalari ortasida harbiy-amaliy sport turining Ofitserlar uch kurashi va MP-3 va KA-3 mashqlarida shtatdagi yoki shtatga ilova qilingan jadvaldagi qurollardan otish musobaqaning xalqaro bosqichi joriy yilning avgust oyida Qirgizistonda bolib otadi. Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0