Ozbekistonda 2017-yili Orolboyi mintaqasida amalga oshirilayotgan ekologik tadbirlar uchun 50 mlrd som sarflandi

Parlament quyi palatasidagi Ekoharakat deputatlar guruhining yigilishida Vazirlar Mahkamasi tomonidan taqdim etilgan Ozbekiston Respublikasi davlat byudjeti va davlat maqsadli jamgarmalari budjetlarining 2017-yil hamda 2018-yilning I choragi yakunlari boyicha hisoboti muhokama qilindi. Bu haqda OzA xabar bermoqda. Foto: Liliya NikolenkoQayd etilganidek, 2017-yilda davlat budjeti daromadlari 49 trillion 681 milliard somni tashkil qilib, 2016-yilga nisbatan 21 foizga osgan. Shu bilan birga, daromadlarning bir maromda tushishi hamda budjet mablaglaridan samarali foydalanishni taminlash orqali davlat budjeti yalpi ichki mahsulotga nisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etilishi taminlangan.Davlat budjetining 2017-yildagi ijrosida atrof-muhitni muhofaza qilishga sarflangan jami xarajatlar miqdori 966,6 milliard somni tashkil etdi. Xususan, hisobot davrida Orolboyi mintaqasida amalga oshirilayotgan ekologik tadbirlar uchun 50 milliard somdan ortiq mablag yonaltirilgan.2017-yilda Ozbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Orolboyi mintaqasini rivojlantirish jamgarmasining daromadlari 189,9 milliard, jami xarajatlari 123,5 milliard somni tashkil qilgan. Dastur doirasida amalga oshirilgan xarajatlar Orolboyi mintaqasida ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatni va aholining turmush sharoitini yaxshilash va sifatini oshirishga yonaltirilganligi bilan ustuvor ahamiyat kasb etadi.Shu bilan birga, 2018-yilning I choragida davlat budjeti hisobidan tabiatni muhofaza qilish tadbirlari uchun 112 milliard som sarflangan bolib, otgan yilga nisbatan 15,6 milliard somga kamaygan.Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 20172021-yillarda maishiy chiqindilar bilan bogliq ishlarni amalga oshirish tizimini tubdan takomillashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari togrisidagi qarori bilan hududlarda sanitar-tozalash xizmatini korsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida tasdiqlangan dastur doirasida chiqindi poligonlarni tartibga keltirish, assenizator maxsus texnikasi, chiqindini elovchi elektromexanik uskunalar xarid qilish, chiqindi yigish shoxobchalari qurish va ularni konteynerlar bilan jihozlash nazarda tutilgan. Hisobot davrida ushbu maqsadlarni amalga oshirish uchun 91,9 milliard som mablag ajratilgan.Yigilishda deputatlar tomonidan atrof-muhitni muhofaza qilish, aholi salomatligini yaxshilash va ekologik muammolarni hal etish uchun davlat budjetidan ajratilayotgan mablaglardan maqsadli, samarali foydalanish hamda byudjet intizomiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni kuchaytirish, tabiiy resurslardan foydalanishga qaratilgan dasturlarning davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan chora-tadbirlar ijrosini tola taminlash yuzasidan fikrlar bildirildi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0