BMT Qirgiziston rasmiylarini kelin ogirlash odatini bartaraf qilishga chaqirmoqda

BMT agentligi Qirgizistonda bayonot qildi. Bayonotda mamlakat rasmiylari kelin ogirlash odatini bartaraf qilish boyicha choralar korishga chaqirilgan. Bu haqda EADaily xabar berdi. Foto: EADailyBayonot yaqinda yuz bergan va keng bahslarga sabab bolgan fojia sababli qilingan. 27-may kuni militsiya bolimida 19 yoshli Burulay Turdaliyeva oldirilgan. Bundan avval esa uning otasi Turdali Kojonaliyev militsiyaga murojaat qilib, uning qizi ogirlab ketilgani va uning xohishiga qarshi turmushga berishmoqchi ekanligi haqida xabar berilgan.Bir necha soatdan song Chu viloyatining Sosnovka qishlogida YPX xodimlari ichida Burulay va ikki nafar erkak bolgan mashinani qolga olgan. IIV xodimlari hujjatlarni rasmiylashtirayotgan vaqtda qolga olinganlardan biri, 29 yoshli kuyov Burulay otirgan fuqarolar qabuli xonasiga otgan va ichkaridan eshikni yopgan. Janjal ovozini eshitgan militsiya xodimlari eshikni buzgan va kuyov qizga va oziga pichoq urganini korgan. Ular shifoxonaga olib borilgan. Qiz u yerda oziga kelmagan va vafot etgan. Kuyov esa omon qolgan va ayni vaqtda shifoxonada yotibdi.Kelin olib qochish, majburiy nikoh Qirgiziston madaniyati va ananalariga hech qanday bogliq emas va ojiz kishilarning huquqlarini buzish hisoblanadi. deyiladi bayonotda.BMT tuzilmalari bu noqonuniy amaliyotni bartaraf etishni toliq qollab-quvvatlashini malum qilgan va bu tashkilot faoliyatida Qirgiziston bilan 2022-yilgacha imzolangan kelishuvlarga muvofiq ustuvor yonalish bolishini qayd etgan.Qirgiziston ombudsmani Qubat Otorbayev Jinoyat kodeksidagi kelin olib qochganlik uchun jazoni qattiqlashtirish va uni besh yildan on yilgacha chozishni taklif qilgan.Huquq himoyachilarining hisob-kitobiga kora, Qirgizistonda har yili 812 ming nafar ayol ogirlanadi. Ogriliklarning uchdan ikki qismi kelishilmagan holatlar boladi. Ogirlangan ayollarning taminan ikki ming nafari zorlashga duchor boladi. 2012-yilda kelin ogirlaganlik uchun jinoiy javobgarlikni belgilovchi qonun qabul qilingan, biroq u ildiz otib ketgan amaliyotni hali ham toxtata olgani yoq. Bundan tashqari, huquq himoyachilari tomonidan qayd etilishicha, mamlakat militsiyasi bazan bunday hodisalarga yetarlicha etibor bermaydi va jinoiy ish qozgatmaydi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0