Hindiston janubida Nipax virusidan olganlar soni 16 taga yetdi

Hindiston janubida Nipax virusi qurbonlari soni 16 taga yetdi. Bu haqda Hindustan Times gazetasiga tayanib, RIA Novosti xabar bermoqda. Foto: APMalumotlarga qaraganda, Hindiston janubidagi Kerala shtatida 56 va 28 yoshdagi ikki kishi Nipax virusini yuqtirib olgan. Qurbonlarning ikkisi ham Kerala shtati Kojikoda shahridagi shifoxonalardan biriga olib kelingan. Oradan biroz vaqt otgach, ularning ahvoli yaxshilanishni boshlagan. Biroq keyinroq bemorlarning holati yana ogirlashib, shifokorlar ularning hayotini qutqarib qola olmagan.24-may, payshanba kuni Hindiston Sogliqni saqlash vazirligi vakili Priti Sudan Nipax virusining Kerala shtatida qayd etilganini rasman elon qildi. Priti Sudan infeksiya mahalliy xarakterga ega ekani va shifokorlar uning yoyilishini toxtatishga muvaffaq bolganini malum qilgan. Bu vaqtda 11 kishining olimi rasman tasdiqlangan edi. Ular orasida bemorlarga qaragan hamshira ham bolgan. Bir necha kundan keyin Kerala shtatida virus bilan zararlanishning yangi holati qayd etilib, natijada hafta ichida qurbonlar soni yana beshtaga ortgan.Butunjahon sogliqni saqlash tashkiloti bergan malumotlarga qaraganda, Nipax virusi 1998-yilda Malayziyadagi Kampung Sungay Nipax qishlogida aniqlangan. Oshanda virus tashuvchilari chochqalar bolgan. 2004-yili Bangladeshda ommaviy zararlanish holati kuzatilgan. Virus palma sharbati orqali tarqalgan. Keyinchalik Hindistondagi kasalxonalardan birida virusning odamdan odamga otishi qayd qilingan.Bugungi kunda na odamlar, na hayvonlar uchun virusdan vaksina ishlab chiqilmagan. Virus bilan zararlanish holatlarining 70 foizida kasallik olim bilan yakun topadi.Avvalroq,Hindistonda odamning olimiga olib keladigan darajada xavfli infeksiya qayd etilgani xabar qilingan edi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0