Navoiy viloyatida pilla klaster usulida yetishtirilmoqda

Navoiy viloyatida pillachilikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ozining yuksak samaralarini bermoqda. Jumladan, mavjud tutzorlar kengaytirilib, kochatlar safi toldirildi, deya xabar beradi OzA. Foto: OzAPilla klaster usulida yetishtirilmoqda. Karmana pilla xazinasi, Navoiy ipak qurti urugi, Karmana Al-Aziz ipagi masuliyati cheklangan jamiyatlari hamda Xatirchi pilla xazinasi xususiy korxonasi bu borada ijobiy natijalarga erishmoqda. Sohada tajribaga ega qator fermer va oilaviy xojaliklar pilla parvarishidek juda nozik ishni yakuniga yetkazib, yetishtirilgan hosilni buyurtmachilarga yetkazib bermoqda, deydi Navoiy hududiy agropilla masuliyati cheklangan jamiyati bosh agronomi X.Ochilov. Ipak qurti parvarishida ularga yetakchi mutaxassislarimiz yaqindan komaklashdi. Natijada hosildorlik ortdi. Ayni kungacha tarqatilgan 1135 quti ipak qurtining hosili terilib, korxonalarga 63,3 tonna pilla topshirildi. Uning bir qismi eng sifatli nav uruglik uchun saralandi. Ortacha hosildorlik bir qutidan 56 kilogrammni tashkil etmoqda.Karmana tumanidagi Sevoltepa ravnaqi, Qiziltepa tumanidagi Nigorabonu Sevaraxon, Ahmad Namoz, Navbahor tumanidagi Qahhor Said fermer xojaliklari pillakorlari belgilangan rejani ortigi bilan bajardi.Viloyatda pilla topshirish davom etmoqda.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0