Margilonda fuqaroning qarzdorligini yoqotish evaziga pora olgan Suvoqava hisobchisiga jazo tayinlandi

Jinoyat ishlari boyicha Margilon shahar sudi tomonidan Suvoqava davlat unitar korxonasi Margilon shahar bolimi binosida navbatdagi sayyor sud majlisi otkazildi. Bu haqda Daryo muxbiri xabar berdi. Foto: SputnikSayyor sud majlisida Ozbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi v bandi, 211-moddasi 1-qismi bilan ayblangan mazkur korxonaning sobiq hisobchisi F. P. ga oid jinoyat ishi korib chiqildi.Sud majlisida F. P. korxona hisobchisi lavozimida ishlagan vaqtida xizmat mavqeidan foydalanib, fuqaro K. Hakimovning suv istemolidan bolgan 1550000 som qarzini yoq qilib berish evaziga 900000 som pora olayotganida ushlangani malum qilindi.Sayyor sudda sudlanuvchi va guvohlarning korsatuvlari tinglandi. Sudlanuvchi ishlab kelgan korxona rahbariyati va xodimlarining fikri eshitildi.Sud yakunida F. P. ga muayyan huquqdan mahrum qilish, axloq tuzatish va jarima jazolari tayinlanib, ularning har birini alohida otash lozimligi belgilandi.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0