Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi 25-maktabga devor, oquvchilarga esa kitob kerakligi aniqlandi

Andijon viloyatining Baliqchi tumanidagi Olmas mahalla fuqarolar yigini hududidagi 25-maktab faoliyati bilan tanishgan Respublika 5-ishchi guruhi qator kamchiliklarni aniqladi, deb yozadi Xabar.uz. Foto: Xabar.uzMaktab 420 ta oringa moljallangan bolsa-da, hozirda bu yerda 526 nafar bola tarbiyalanmoqda.Muassasaning asosiy oquv binosi 1971-yilda qurilgan va zamon talablariga mutlaqo javob bermaydi. Boshlangich sinflar uchun oquv binosi katta yolning narigi tarafida joylashgan. Transport qatnovi gavjum Mustaqillik shohkochasining ikkinchi tomoniga yurakni hovuchlab otishga togri keladi. Foto: Xabar.uz1959-yilda qurilgan bir qavatli inshoot zaxlab, shorlanib, devorlari kochib tushmoqda. Shiplari mogorlab, qorayib ketgan. Qariyb 60 yillik tarixida kapital tamirlash ishlari biror marotaba amalga oshirilmagan. 2008-yildagi joriy tamirlash ham qol uchida qilib qoyilgan.Boshlangich sinf uchun moljallangan yordamchi oquv binosi loydan qurilgan. Organish chogida sinfxonalar torligi, partalar eskiligi va yoruglik yetarli emasligi, binoning poydevori pastligi va garchi bolalar bu yerda hozir oqishni davom ettirayotgan bolsa-da, sinfxonada qolansa hid kongilni ozdirar darajada anqib turgani aniqlandi. Foto: Xabar.uzMaktabda oshxona, faollar zali, tibbiyot xonasi yoq. Kutubxonachi Dilfuza Haqqulovaning aytishicha, bu yerga oxirgi marta 2017-yilning 14-iyulida 28 nomdagi 192 dona kitob keltirilgan. May oyining 17-sanasida esa torttagina prezident asari qabul qilib olingan. Badiiy adabiyotlar mutlaqo yetishmaydi. Ijara darsliklari pala-partish terib tashlangan.Maktab atrofi ochiq-sochiq 175 metrlik qismi umuman oralmagan. Devor ornida qazib qoyilgan 1 metrlik chuqurning narigi tomonidagi loy-chang yol Hayot yoli mahallasiga olib boradi. Uning chetida uch metrlik botqoqli zovur joylashgan. Devorning bor qismi ham omonat. Maktab binolari bilan bir vaqtda qurilgan hojatxonalar sanitariya talablariga umuman javob bermaydi.Maktabning ichimlik suvi tarmogi yoq. Tuman hokimligi ichimlik suvi minorasini qurish uchun olti sotix yer ajratganiga qaramay, mutasaddilar uni qurishni paysalga solib kelishyapti. Hamshira shtati birligi ham ajratilmagan. Mehnat fani xonasidagi uskunalar manan eskirgan.Maktab direktori Avazbek Yoqubovning aytishicha, maktab devorlarini qayta tiklash uchun budjetdan 15 million som ajratilgan va iyul oyida ishlar bajariladi. Ichimlik suvi loyihasi ham ishlab chiqilgan. Boshlangich talim olish binosini qaytadan qurish 2019-yildagi Davlat dasturiga kiritilgan. Qoshimcha daromad topish uchun ekilgan 220 tup olcha bu yil hosilga kirgan. Keyingi yili yaxshi hosil bersa, sarf-xarajatlarning bir qismini qoplashi mumkin. Albatta, toqqiz yillik direktorning dehqonchilik borasida va qoshimcha foyda olib, maktabning kam-kostini togrilashga bolgan intilishi etiborga loyiq.Ammo sektor rahbari, Baliqchi tumani hokimi Jasurbek Abdurayimov maktab ahvoli bilan yaqindan tanishganmikan, degan haqli savol kishi xayolidan otadi? Tuman va viloyat, respublika talim mutasaddilari bu maktabga biror marotaba qadam ranjida qilib, yigilib qolgan muammolarni organganmikan?

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0