Ozavtosanoat rahbari: Avtosanoat monopoliyasiga barham berish ustuvor vazifamiz

Ozbekiston avtomobil sanoati monopolizatsiyani tugatish yolidan bormoqda, dedi Ozavtosanoat kompaniyasi boshqaruv raisi Umidjon Salimov payshanba kuni bolib otgan matbuot anjumanida. Bu haqda Gazeta.uz xabar bermoqda. Foto: Gazeta.uzAvvallari milliy ishlab chiqaruvchi Chevrolet brendi bilan cheklangan bolsa, hozirda multibrending biz uchun ustuvor vazifalardan biri, dediu. Kompaniya rahbari hozirda Yevropa ishlab chiqaruvchilari, jumladan,Volkswagen, shuningdek, Xitoy vaJanubiy Koreya kompaniyalari bilan muzokaralar olib borilayotganini malum qildi.Umidjon Salimov Ozavtosanoat hukumat qarori bilan AsakadagiGM Uzbekistan avtomobil zavodi aksiyalarini sotib olmoqda:Hozirda General Motors kompaniyasi aksiyalari 10 foizni tashkil etmoqda Biz aksiyalarni toliq sotib olish jadvali asosida davom ettirayapmiz.Jarayon yakuniga yetganidan song zavod nomini ozgartiramiz. Buboshqa nom boladi. Biz hozir ushbu zavodga qanday nom berilishi haqida oylayapmiz, qoshimcha qildi u.Parallel ravishda ToshkentdagiGM Powertrain Uzbekistan motor zavodi boyicha ham muzokaralar olib borilmoqda. Hozirda ushbu zavodning 70 foiz aksiyalariGM kompaniyasiga tegishli. Kelgusida korxonadan boshqa motorlarni ishlab chiqarish uchun foydalanish masalasi muhokama qilinmoqda.Avtosanoatni monopolizatsiyadan chiqarish vazifasi davlat rahbari tomonidan yuklatilgan.Ozbekistonda nafaqat GM, balki boshqa avtoishlab chiqaruvchilar mahsulotlari ham ishlab chiqarilsin, deya takidladi Ozavtosanoat rahbari.GMtexnik hamkorlik sharoitida Ozbekistonda qoladi. Kelishuvlarga kora Ozavtosanoat General Motors modellarini ishlab chiqarishda davom etishi mumkin.Umidjon Salimov korrupsiyaga qarshi kurashish kompaniyaning ustuvor vazifalaridan etib belgilanganini qayd etib otdi:Savdoda, dilerlik markazlarida nimalar bolayotganini korib turibsiz. Sotish tizimini ozgartirish sakkiz asosiy banddan iborat bolgan siyosatimizning yana bir ustuvor maqsadlaridan. Umid qilamizki, yaqin yarim yil-sakkiz oyda biz ushbu bandlarni toliq joriy etamiz.

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0