Daniya parlamenti yuzni yopuvchi bosh kiyimlarini taqiqlash uchun ovoz berdi

Daniya parlamenti hukumatning jamoat joylarida yuzni yopuvchi bosh kiyim kiyishni taqiqlash taklifiga ovoz berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi. Foto: “RIA Novosti”Xabar qilinishicha, taklifni 75 nafar deputat qo‘llab-quvvatlagan, 30 nafar deputat esa qarshi ovoz bergan. Taqiq joriy yilning 1-avgustidan kuchga kiradi.Taqiqni birinchi marta buzganlik uchun ming Daniya kronasi (157 dollar) miqdorida jarima solish taklif qilingan. Takroriy buzishlarda jarimaning eng maksimal miqdori o‘n ming kronagacha (1568 dollar) bo‘lishi mumkin. Istisno sifatida maskaradlardagi niqoblar, ish niqoblari, shuningdek, sovuq havoda yuzni himoya qiluvchi kiyimlar taqiqqa tushmasligi belgilangan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0