GM Uzbekistanning Asakadagi avtozavodi yil oxirigacha toliq Ozavtosanoatniki boladi. Avtozavod nomi ozgaradi

Ozavtosanoat kompaniyasi hozirgi vaqtda GM Uzbekistanning 90 foiz aksiyasiga egalik qilmoqda, yaqin bir yil ichida Toshkentdagi motor zavodi aksiyalarini sotib olish boshlanadi. Bu haqda Ozavtosanoat boshqaruvi raisi Umidjon Salimov 31-may, payshanba kuni bolib otgan matbuot anjumanida malum qildi. Foto: UZ24GM Uzbekistanning bosh zavodi aksiyalarini hukumat qarori bilan sotib olyapmiz. Hozirgi vaqtda sotib olinmagan faqat 10 foiz aksiya qolgan, u ham belgilangan jadval asosida yil oxirigacha sotib olinadi. Yil oxirida esa zavod nomini ozgartirishni rejalashtiryapmiz. Yangi bir nom beriladi, dedi Ozavtosanoat rahbari.Qayd etishlaricha, Asakadagi zavod quvvatlaridan foydalanish boyicha hozirgi vaqtda Yevropadagi ishlab chiqaruvchilar (ular orasida Volkswagen ham bor), Xitoydagi ishlab chiqaruvchilar, shuningdek, Janubiy Koreyadagi avtomobil ishlab chiqaruvchilar bilan muzokaralar olib borilmoqda.Mavzuga doir: Ozavtosanoat elektromobillar ustida ish olib boryapti. Bir oy ichida sinov uchun ikki elektrokar Toshkentga keltiriladiOz navbatida, General Motors bilan hamkorlikda Toshkentda qurilgan motor zavodi GM Powertrain Uzbekistan zavodi boyicha ham muzokaralar olib borilmoqda.Bu korxonada General Motorsning ulushi 70 foizdan ortiq. Ushbu zavod boyicha muzokaralarda muhokama qilinishi kerak bolgan bir-ikki masala qolgan. Shulardan biri zavod quvvatlaridan General Motorsnikidan boshqa muqobil motorlarni ishlab chiqarishda ham foydalanish. Uch oy ichida muzokaralar yakunlanishi, shundan song zavod aksiyalarini sotib olishga kirishish kutilmoqda, dedi Salimov.Mavzuga doir: Toshkentdagi Turin politexnika universiteti haydovchisiz harakatlanuvchi avtomobil loyihasini tayyorlayapti

Manba: Daryo.uz dle 11.2
0