Saudiya Arabistoni hukumati Jaklin Kennedi yashagan uyni 43 mln dollarga sotib oldi

Amerikaning 35-prezidenti Jon Kennedining rafiqasi yoshligida yashagan, Virjiniya shtati shimolida joylashgan hashamatli uy Saudiya Arabistoni hukumati tomonidan 43 million dollarga xarid qilindi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda. Foto: “TASS”Bu Amerika hududida xorijiy investorlar tomonidan xarid qilingan eng qimmatbaho uy hisoblanadi.Saudiya Arabistoni vakilining ma’lum qilishicha, “Merrivud” qasridan mamlakat rasmiy delegatsiyasini AQShga rasmiy tashrifi chog‘ida joylashtirish maqsadida foydalaniladi.“Saudiya Arabistoni hukumati ‘Merrivud’ning tarixiy ahamiyatini yaxshi tushunadi va uning AQSh tarixidagi o‘rniga hurmat bilan munosabatda bo‘ladi”, — deydi qirollik vakili.Ushbu ko‘chmas mulkning avvalgi egasi America Online kompaniyasining asoschilaridan biri Stiv Keys edi. U 2005-yilda ushbu hashamatli uyni 24,5 million dollarga sotib olgan edi. Potomak daryosi sohilida joylashgan uy 2,3 gektar yer maydonida joylashgan. Bino maydoni 2,137 ming kvadrat metrni tashkil etadi.AQShning bo‘lajak birinchi xonimi Jaklin Buvye bu uyda 1940-yillarda, uning onasi Standard Oil neft imperiyasi merosxo‘riga turmushga chiqqan paytda yashagan. Jaklinning turmush o‘rtog‘i 1963-yilda vafot etgan, 1968-yilda esa u yunonistonlik milliarder Aristotel Onassisga turmushga chiqqan. Jaklin 1994-yilda Nyu-Yorkda vafot etgan.

Manba: Daryo.uzшаблоны для dle 11.2
0